Elektrokimyoviy analiz usullari faniga kirish


Potensiometrik analiz usulining


Download 1.25 Mb.
bet7/34
Sana18.06.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1597450
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34
Bog'liq
Elektrokimyoviy analiz usullari faniga kirish

Potensiometrik analiz usulining
tasnifi va qo‘llanilish sohalari.

Amalda qo‘llaniladigan analiz jarayonlaridagi vazifalariga ko‘ra potensiometrik analiz usullari bevosita potensiometriya va potensiometrik titrlash usullariga tasniflanishi mumkin.




Bevosita potensiometriya usuli elektrod potensialini aniq o‘lchashga (Emuv.) va Nernst tenglamasi bo‘yicha eritmadagi potensial aniqlovchi ionning aktivligini hisoblashga asoslangan. Bevosita potensiometriyaning o‘rganish predmeti qaytar oksidlanish-qaytarilish tizimlari bo‘lishi mumkin. Potensiometrik analiz usuli eritmadagi ionlarning aktivligini bevosita o‘lchaydigan yagona usul hisoblanadi. Bevosita potensiometriyaga quyidagi usullar kiradi (7-jadval):



  1. pH-metriya-potensiometriyaning klassik usullaridan bo‘lib, muhim qo‘llanilishi sohasi bo‘lgan pH ni aniqlashdan tashqari protolitlarning dissotsiatsiyasi konstantalarini, ligandlardan hosil bo‘lgan va protolitik xossalarga ega bo‘lgan komleks birikmalarning barqarorligini topishda ham foydlaniladi. Usul ko‘p komponentli muvozanatdagi sistemalarni o‘rganishda yetarli darajada samarilidir.




  1. Ionometriya-zamonaviy progressiv usul bo‘lib, pH-metriya rivojlanishining mantiqiy davomi hisoblanadi va unda membranali ion selektiv elektrodlarni o‘rganish bo‘yicha nazariy va amaliy tadqiqotlar olib boriladi. Ionometriya tadqiqot va analiz usuli sifatida tabiiy va atrof-muhit ob’yektlari, ishlab chiqarishning barcha texnik va texnologik sohalarida keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda.




  1. Redoksmetriya-oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari va tizimlarini o‘rganishning potensiometrik usuli hisoblanadi. Bevosita redoksmetrik o‘lchashlar asosida standart va oksidlanish-qaytarilish potensiallari, binobarin, tadqiq qilinadigan tizimlarning o‘ziga xos redoks reaksiyalari uchun muvozanat konstantalari hamda boshqa termodinamik va kinetik kattaliklarini aniqlash imkoniyatlari katta.




  1. Metall elektrodlar asosida bevosita potensiometriyadan cho‘ktirish-eritish va kompleks hosil bo‘lishiga asoslangan kimyoviy reaksiyalarni o‘rganishda foydalaniladi. Kam eruvchan elektrolitlarning eruvchanlik ko‘paytmasi qiymati va kompleks birikmalarning barqarorlik konstantalari aynan shu usul yordamida aniqlanadi.

Bevosita potensiometrik o‘lchashlar usuli bundan tashqari aktivlik koeffitsiyentlari, kimyoviy, kimyoviy reaksiyalarning stexiometrik koeffitsiyentlari, kimyoviy va elektrokimyoviy reaksiyalarda ishtirok etuvchi elektronlar soni va hokazo muhim tavsiflarni aniqlashda ham xizmat qiladi.



Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling