Elektrokimyoviy davolash va diagnostika usullari


Download 44.31 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi44.31 Kb.
#1046632

Elektrokimyoviy davolash va diagnostika usullari

Elektrokimyoviy tahlil usullariModdalarning tuzilishi va ularning reaksuyaga kirishish qobiliyatini o’rganish bilan bog’liq muhim masalalar kimyo fanining rivojlanishidagi asosiy omillardan hisoblanadi. Ma’lumki, moddalarning tuzilishi va ularning fazoviy holatlari bir qancha klassik usullar: oksidlanish-qaytarilish, degidrogenlash reaksiyalari va turli xil hosilalarini olish orqali o’rganilib kelingan va shuning bilan bir qatordaa ularning fizikaviy doimiyliklari ham aniqlanib, ma’lum kerakli ma’lumotlar olinishiga erishilgan, ammo bu usullar yordamida masalani hal etish uzoq vaqtni va moddani yetarli miqdorda bo’lishligini talab etadi. Adabiyotlardan olingan ma’lumotlarga binoan, sinxona daraxti po’stlog’idan ajratib olingan biologik faol modda-xinin alkaloidining tuzilishini aniqlashga 100yildan ortiq vaqt sarf bo’lgan, aynan shunday misollarni kimyo fanidan bir qanchsini keltirish mumkin. Kimyo fanining juda ko’p nazariy masalalarini aniq, tezkorlik bilan hal etishda fizikaviy usullar o’zining o’rni bilan ajralib turadi.


Fizik-kimyoviy usullarni quyidagi masalalarni hal etishda ishlatish mumkin:
Reaksiya mahsulotlari va reaksion aralshmaning tarkibini sifat va miqdoriy tahlil qilish;
Tajribada olingan moddalarning molekulyar tuzilishining to’g’riligi haqida xulosa qilish;
Molekulalarning geometrik parametrlarini miqdoriy baholash va molekulada atomlarning fazoviy joylanishini aniqlash;
Molekulaning dinamik xossalarini tekshirish, atomlarning harakatchanligini o’rganish va bunga to’siq bo’ladigan holatlarni bilish;
Molekuladagi atomlarning va atom guruhlarining o’zaro ta’sirlanishlarini baholash;
R
eaksiyalar kinetikasi va mexanizmini, hamda oraliq moddalarning tuzilishini o’rganish.

Fizik-kimyoviy usullarning rivojlanishi va ular yordamida moddalarning tuzilishi bilan bog’liq bo’lgan masalalarni hal etishdagi muammolar asosan XX asrga to’g’ri kelib, keng miqyosda amaliyotga ishlatilishi esa 1950 yillardan boshlanadi.Fizik-kimyoviy usullarning rivojlanishida rus olimlaridan akademiklar: V.I.Goldanskiy, Yu.N.Molin, E.T.Lipmaa, akademiya muxbir a’zosi V.L.Tolpoze va professorlar T. Aleksanyan, Yu.D. Buchachenko, Yu.Ustinyuk va boshqa yirik olimlar o’z hissalarini qo’shganlar.


Respublikamizda fizik-kimyoviy usullar yordamida moddalarning tuzilishini o’rganish bilan bo’g’liq bo’lgan muhim masalalarni o’rganishda akademiklar:
O.S.Sodiqov, T.F.Oripov, professorlar: X.A.Aslonov, V.B.Leontyev, Yu.T.Toshpo’lativ, M.R.Yagudayev va bir qancha olimlar hissa qo’shganlar hamda ilmiy maqolalar chop etganlar.
Hozirgi vaqtda kimyoning turli sohalarida sifat va miqdoriy tahlillarni otkazishda optik tahlil usullarining ahamiyati ortib bormoqda. Chunki bu usullar o'zining umumiyligi, sezgirligi, ayrim moddalarning to'g'ridan-to'g'ri aniqlash imkoniyatiga egaligi ekspresligi (tahlil o'tkazish vaqtining qisqaligi), avtomatlashtirilganligi bilan ajralib turadi.
Download 44.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling