NAZARIY
Gidroliz turlari haqida malumot
Gidroliz turlari
Tarkibi jihatdan turli xil (nordon, o’rta yoki asosli) tuzlar suvda eritilganda ularning boshlang’ich tarkibi hamma vaqt ham saqlanib qolmaydi. Ko’pincha, tuzlarning suvdagi eritmalari kislotali (masalan, CuCl2 eritmasi) yoki ishqoriy (Na2CO3 eritmasi) xususiyatga ega bo’ladi.
Bunday gidroliz reaksiyasida suv ionlari va tuz ionlari orasida almashinuv jarayoni sodir bo’ladi.
Shunday jarayon (gidroliz reaksiyasi)da qatnashuvchi modda — tuzning zarrachasi — kationi, anioni yoki bir vaqtning o’zida ularning ikkalasi ham qatnashishi mumkin. Gidroliz jarayonida, albatta, eritmadagi kation yoki anion bilan suv molekulalari qatnashadi, odatda, bu jarayonda suv molekulasining dissotsilanish muvozanati 2H2O = H3O+ + OH– o ‘ng tomonga siljiydi, hosil bo’lgan ionlarning biri tuz kationi yoki anioni bilan qiyin dissotsilanadigan elektrolit, asos yoki nordon tuz hosil qilishi natijasida eritma muhiti o ‘zgaradi.
Bu jarayonlarning sodir bo’lishida tuzning kationi va anionining xususiyatlari (kationning qutblovchilik xossasi, zaryadi, nisbiy elektrmanfiyligi, elektron juftini akseptorligi) muhim rolni o ‘ynaydi. Oddiy qilib aytganda, tuzning kationi, yoki anioni, yoxud anioni bilan kationi suvning H+ kationi yoki anioni HO– bilan suvda yomon dissotsilanadigan asos, kislota, nordon yoki asos tuz qoldig’ini hosil qilishi gidroliz jarayonining asosiy mohiyatidir.
NAZARIY
Kation bo’yicha gidrolizga uchraydigan moddalar
by adminNoyabr 30, 2022
Yandex Games
AD•16+
Бесплатная игра «Funny Shooter: Уничтожь Всех»
Стратегии • Гонки • Казуальные игры • Симуляторы
Узнать больше
Do'stlaringiz bilan baham: |