Elektrolitlarda elektr toki Reja
Download 0.85 Mb.
|
Elektrolitlarda elektr toki
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Galvanik elemen.
Galvanotexnika. Metalldan yasalgan detallar va asboblarni zanglamaydigan qoplama bilan qoplash usuli galvanotexnika ham sanoatda keng qo`llaniladi.Tez oksidlanadigan metallardan yasalagn narsalarning sirti qiyin oksidlanadigan: nikel, kumush, rux va boshqalar balan qoplanadi. Nikellangan buyumlar: samovar, choynik, pichok, qoshiq, sanchqilar shu usul bilan hosil qilinadi.
Narsalarning sirtini oksidlanmaydigan metallar bilan qoplashga galvanostegiya deyiladi. Bu usul eng arzon, qulay va tez bajariladigan usuldir. Masalan nikel bilan qoplash kerak bo`lgan buyumni yaxshilab tozalab so`ngra elektrolitik vannaga tushiriladi. Vannaga nikelning ikkilamchi tuzining ammiakdagi eritmasi solinadi. Anod sifatida nikel parchasi olinsa, buyum katod vazifasini o`taydi. Ma’lum vaqt tok o`tkazilib, nikel qatlamining kerakli qalinligi hosil qilinadi. Buyumlarni kumush yoki oltin bilan qoplashda kumush va oltin tuzlarining eritmalaridan foydalaniladi. Biror shaklni hosil qilish uchun buyum sirtiga metallni elektrolitik chuktirish usuliga galvanoplastika deyiladi.Galvanoplastika 1836 yilda rus fizigi B.Yakobi tomonidan kashf etilgan bo`lib, tezda sanoatda keng qo`llanila boshladi. 3. Galvanik elemen. U turli baraeleflar (naqsh), xaykalchalar nusxasini tayyorlashda, kredit kartochkalari va boshqa kog`ozlarni chiqarish uchun klihe tayyorlashda foydalaniladi. Agar eritmaga metall elektrod tushirilsa, unda elektrodning manfiy ionlari metal sirtiga kelib kristall panjaradagi musbat ionlarni sug`urib oladi. Shu bilan birga teskari jarayon, metal ionlarining elektrodda yopishishi ham ro`y beradi. Agar elektrolitning kationlari elektrod metalining ioni bo`lsa juda ham yaxshi bo`ladi. Metall ionlarining eritmaga o`tishi natijasida, metal- manfiy, eritma esa musbat zaryadlanib qoladi, ya’ni eritmadan metalga yo`nalgan elektr maydoni vujudga keladi va u metalning yana erishiga to`sqinlik qiladi. Bordi-yu dastlab teskari jarayon eritma ionlarining elektrodda yopishib qolishi jadalroq ro`y bersa, unda elektrod musbat zaryadlanib qoladi. Har ikkala holda ham, metal va eritma orasida paydo bo`lgan potentsiallar farqi elektrodning emirilish va kristallanish tezligini tenglashtirib turadi.Bu potentsiallar farqi mazkur metalning mazkur eritmadagi elektrolitik potentsiali deyiladi. Agar eritmaga turli metallardan yasalgan ikkita elektrod botirilsa, ularning elektrolitik potentsiallari farqiga teng bo`lgan potentsiallar farqi vujudga keladi. Shunday qilib, metal va elektrolitlarning kimyoviy ta’sir energiyasi elektr maydon energiyasiga aylanadi. Kimyoviy reaktsiya energiyasini bevosita elektr energiyaga aylantirib boradigan qurilmaga galvanik elementlar deyiladi. Galvanik elementning tuzilishiga, yopiq zanjirda elektr tokini vujudga keltiradigan metal va elektrolit o`rtasidagi o`zaro ta’sir asos qilib olingan. Bu hodisa XVIII asr oxirida italiyalik olim L.Galvani tomonidan ochilganligi sababli, yangi tok manbalari uning sharafiga galvanik elementlar deb atalgan. Galvanik elementlar biror elektrolitga tushirilgan ikkita turli materiallardan yasalgan elektrodlardan iborat bo`ladi. Italiyalik fizik A.Volta mis va rux plastinkalarni sulfat kislota eritmasiga tushirib birinchi galvanik elementni yasagan.Volta elementining EYuK 1,1V bo`lgan. Volta elementi ishlaganda uning musbat qutblarida vodorod ajraladi, manfiyida esa ruxning erishi ro`y beradi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling