Elektroliz to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar Elektrolitlarning eritmalari. Elektrolitik dissocilanish nazariyasi


Download 97.5 Kb.
bet1/7
Sana01.05.2023
Hajmi97.5 Kb.
#1418206
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Elektroliz va elektrolitlar


Elektroliz va elektrolitlar


REJA:



  1. Elektroliz to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar

  2. Elektrolitlarning eritmalari.

  3. Elektrolitik dissocilanish nazariyasi.

  4. Boskichli dissocilanish.

  5. Kuchsiz elektrolitning dissosilanish konstantasi

  6. Kuchli elektrolitlarning eritmadagi holati.

  7. Ionli reaksiyalar.

  8. Eruvchanlik ko‘paytmaasi.



Elektroliz to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar
Elektrkimyo kimyoviy va elektr energiyalar orasidagi bog‘lanishlarni va bir—biriga o‘zaro o‘tishlarini o‘rganadi, Masalan, kimyoviy reaksiya (galvanik elementlarda) elektr energiya manbai bo‘lishi mumkin; elektr energiya (doimiy tok) o‘z navbatida elektrodlar yordamida kimyoviy sistemaga kiritilsa kimyoviy reaksiya—elektroliz, ya’ni elektrolitni parchalab elektrodlarda ionlarning razryadlanishi mahsulotlarini hosil bo‘lishiga olib keladi. Sanoatda elektr energiyasi ta’sirida sodir bo‘ladigan oksidlanish—qaytarilish jarayonlariga elektroliz deyiladi. Elektroliz elektrolitik vanna yoki elektrolizyorlarda amalga oshiriladi.
Elektr o‘tkazuvchi materiallarning ikki turi mavjud. Birinchi turdagi o‘tkazgichlar metall yoki elektron o‘tkazgichlar deyiladi. Ularga metallar, ularning qotishmalari, ko‘mir, grafit va h.k. kiradi.
Ikkinchi turdagi o‘tkazgichlar—elektrolitlar bo‘lib, ularga tuzlar, kislotalar, asoslarning eritmalari yoki suyuqlanmalari kiradi. Ular ion o‘tkazgichlar deyiladi. Miqdoriy tarafdan elektroliz jarayoni Faradey qonunlariga bo‘ysunadi.

    1. Elektrolitlarning eritmalari.

1. Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini o‘tkazadigan moddalari elektrolitlar deyiladi. Elektrolitlarga hamma kislota, asos va tuzlar misol bo‘la oladi. Bu moddalar eritmalarda yoki suyuqlanmalarda ionlarga parchalanadi. Masalan:


KOH↔K++OH-


KCl↔ K++Cl-




Musbat zaryadlangan ionlar kationlar, manfiy zaryadlangan ionlar esa anionlar .
Elektrolit molekulalari ionlarga parchalangani uchun eritmada zarrachalar soni ortadi. Shuning uchun suyultirilgan noelektrolit erit-malar uchun aniqlangan Vant-Goff va Raul qonunlarining matematik ifodasini elektrolitlarga kullashda tuzatma koeffitsent (bu koeffitsent Vant-Goffning izotonik koeffitsienti deb ataladi) ni (i) kiritish kerak. U vaqtda Vant-Goffning qonunining tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: P=CRTi. Raul qonunining tenglamasi Δt=KCi shaklida yoziladi. Izotonik koeffitsent tajribada topilgan osmotik bosim, elektrolit eritmasining bug‘ bosimini hamda eritmaning muzlash temperaturasining kutarilishini xuddi shu parametrlarini nazariy xisoblab topilgan qiymatlaridan necha marta kattaligini ko‘rsatadi, ya’ni :

P' ∆P' ∆t'qaynash ∆t'MUZ


I = —— = —— = ———— = ————
P ∆P ∆tqaynash ∆tMUZ

Bu yerda : P', ∆P', ∆t'qaynash, ∆t'MUZ-tajribada topilgan, P, ∆P, ∆tqaynash, ∆tMUZ- nazariy hisoblab topilgan qiymatlar.


Shunday qilib, noelektrolit eritmalar uchun izotonik koef-ficient birga teng, elektrolit eritmalar uchun hamma vaqt birdan katta.



Download 97.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling