Elektromanfiylik, Kimyoviy bog`ning asosiy xususiyati va bog`ning hosil bo`lish mexanizmi. Kimyoviy bog`ning asosiy turlari,ion, kavalent,donor-aksiptor,vodorod,metallar Reja
Download 29.58 Kb.
|
elektromanfiylik kimyoviy bogning a
Kovalent bog`lanish
Atom tuzilishining electron nazariyasi yuzaga kelgandan so`ng, 1916 yilda L`yuis va 1927 yilda V.Geytler va F. London vodorod molekulasining bhosil bo`lishinin nazariy o`rganib, qo`yidagi fikrni ilgari surdilar. Ma`lumki,vodorod molekulasi ikkita vodorod atomining birikishidan hosil bo`ladi. H+H=H2 Alohida turgan vodorod atomlarini H(a) va H (b) deb belgilasak, ularning electron formulasini 1s1(a) va 1s1 (b) bo`lib, ularning asosida hosil bo`layotgan H2molekulasining to`lqin funksiyasi ikki xil yozilishi mumkin.Bu elektronlarning yadroda almashina oloshi tufayli ro`y beradigan holat. Ψ1= φ(a)1φ(b)2 va Ψ11= φ(a)1φ(b)2 Hosil bo`layotgan molekulaning funksiyasi bu ikki holat funksiyalarini “chiziqli kombinasiyasi” sifatida yozilishi mumkin. Ψmolekula=C1 Ψ1+C2 Ψ2=C1 Ψ (a)1 Ψ(b)2+ C2 Ψ(b)2 Ψ(a)2 Bundan shunday xulosa kelib chiqadi,vodorod atomlari r-masofaga o`zaro yaqinlashganda, 1-vadorod atomining elektroni 2-vodorod atomi yadrosiga,2-vodorod atomi elektroni 1-vodorod atomi yadrosiga tortiladi.Shu vaqtda , bir xil zaryadli bo`lgani uchun,elektronlar o`rtasida o`zaro va yadrolar o`rtasida itarilish kuchlari yuzaga kelib, r=0,074A˚ Masofada tortishuv kuchlari bilan itarilishkuchlari tenglashadi. Natijada 2 yadroli va ikki elektronli sistema xisil bo`ladi.Bu xolat uyz berishi uchun, 1-vodorod atomida electron spini (↑)to`g`ri , 2-vodorod atomi spini (↓)teskari yunalgan bo`lishi shart.Agar bus hart bajarilmasa(↑↑) yoki ikkiala yadro o`rtasidagi elektronlar bo’lutining zichligi miniumal (Ψmol =0)bo`ladi va kimyoviy bog`lanish yuzaga kelmaydi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, kovalent bog`lanishga ta`rif bersak:kovalent bog`lanish-elektron juftlari vositasida hosil bolgan bog`lanishdir. Bunda kimyoviy bog`lanish ishtorok etuvchi atomlardagi bir yoki bir necha toq spinli elektronlar boshqa atomlardagi toq spinli elektronlar bilan electron juftlari hosil qilib, har bir electron jufti bitta kimyoviy bog`lanish hosil qiladi.Shunga ko`ra,atomlar o`rtasida bir bog`,qo`sh bog`, uch bog` hosil bo`ladi.Elektron juftlari bir xil element yoki turli element atomlari o`rtasida hosil bo`lishi mumkin: H • + • H = H׃ H, •O• + •O• =O׃O Kovalent bog`lanish hosil bo`lishida, atomning tashqi electron qavatidagi barcha toq elektronlar va ba`zi hollarda juft elektronlar ham ishtirok etadi.Bu elektronlar soniga ko`ra birikmalarda har bir element atomining valentligi(hosil qilgan bog`lanishlar soni) aniqlanadi. Har qanday kovalent bog`lanish qo`yidagi xossalari bilan boshqa bog`lanishlardan ajralib turadi. Kovalent bog`lanish yunaluvchanlik hossasiga ega. Kovalent bog`lanish s-,p-,d-elektron orbotallardagi elektronlarning o`zaro juftlashuvi sababli yuzaga keladi.ma`lumki,bu orbital fazoda ma`lum yunalish(X,Y,Z) bo`yicha joylashgan.Shu sababli,har bir bog`lanishning hosil bo`lishida toq elektronlar joylashgan electron orbitallari bir-birlari bilan aniq yunalish bo`yicha “qoplanib” kimyoviy bog` hosil qiladi. Agar ularning yunalishlari bir-birlariga mos kelmasa, bu toq elektronlar o`zaro juftlasha olmaydi va kimyoviy bog` xosil bo`lmaydi. Hosil bo`lgan kimyoviy bog`lar ham fazoda o`z yunalishlariga egha bo`ladi.Bu bog`larning fazoda joylashuviga ko`ra σ-“sigma” va π-“pi” bog`lanishlar bor.Sigma bog`lanish ikkiala birikuvchi atomlarning yadrolarini tutashtiruvchi to`g`ri chiziq (chiziqlar) bo`ylab joylashgan bog`lanishdir. π-bog`lanish fazoda σ-bog`lanishga nisbatan perpendikulyar joylashgan tekislik bo`yicha p-elektron orbitallarining o`zaro qoplanishidan hosil bo`ladigan bog`lanishdir. π-bog`lari asosan qo`shbog` yoki uchbog`lar hosil bo`lganda yuzaga keladi.Barcha birlamchi bog`lar, qo`sh va uchbog`lardan bittasi σ-bog`lardir,qolganlari π-bog`lar bo`lib, ular σ-bog`lanishga nisbatan kuchsizdir. Kovalent bog`lanish to`yinuvchanlik xossasiga ega.Chunki bu bog`lanish to` elektronlarni juftlashishi xisobiga hosil bo`lganligi uchun atomda nechta toq electron bo`lsa, u shunch kovalent bog` hosil qiladi.Masalan:vodorod atomida bitta toq ellektron bor,shuning uchun u bitt kovalent bog` hosil qiladi,kislorodda ikkita toq electron-2 ta kovalent bog` hosil qiladi,azotda uchta toq elektron-3 ta kovalent bog` hosil qiladi.Boshqacha qilib aytganda, kovalent boglanishda ishtirok etuvchi atomlar o`z toq elektronlarini soniga teng bog`lar hosil qilib,valentliklarini to`yintiradi.Lekin kovalent bog`lar donor-akseptor mehanizm bo`yicha ham hosil bo`la oladi.Shuning uchun azotning maksimal valentligi to`rtga teng. Kovalent bog`lanish qutbli va qutbsizga bo`linadi.Bu bog`lanishning donor-akseptor turi mavjud bo`lib,alohida o`rganiladi.
Download 29.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling