Elektromobil


Download 34.6 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi34.6 Kb.
#1558189
Bog'liq
1-amaliy elek


1 – amaliy mashg’ulot
Mavzu: Kirish. Elektr va gibrid transport vositalarining tasnifi, umumiy dizayni va qo‘llanilishi.
Elektromobil — akkumulyatorlar batareyasi oʻrnatilgan bir yoki bir necha elektr dvigatel yordamida harakatlanadigan avtomobil. 20-asrning boshlarida Gʻarbiy Yevropa va AQShda elektromobildan taksi, pochta furgoni, kommunal xoʻjalik mashinalari, yengil avtomobillar sifatida foydalanilgan. Fransiyalik Camille Jenatzy elektromobil tezligini 100 km/soatga yetkazgan. Biroq, tezlikning cheklanganligi va energiya sigʻimining pastligi (20 W/soat kg gacha), akkumulyatorlar batareyasining massasi kattaligi elektromobilning rivojlanishiga toʻsqinlik qiddi. 1960-yillardan boshlab ichki yonuv dvigatel avtomobillardan chiqadigan gaz havoni zaharlashi va shovqinni kuchaytirishi tufayli elektromobildan shahar transportida foydalanishga ehtiyoj ortdi. Elektromobildagi akkumulyatorlar batareyasining bir galgi zaryadi (energiya zaxirasi) 100 km gacha yoʻl yurishga yetadi. Elektromobillarning akkumulyatorlari maxsus zaryadlash stansiyalarida zaryadlanadi. Oʻzgaruvchan tok dvigatelidan foydalanilganda uni oʻzgarmas tokka aylantiruvchi oʻzgartirgich boʻladi.
Elektromobillar shaharda foydalanishga moʻljallangan; yurish qismi, kuzovi yengillashtirilgan, alohida transmissiyali va akkumulyatorlar batareyalari almashtirish qulay qilib ishlanadi. Akkumulyatorlar batareyalari kuzov ostiga joylashtiriladi, tok dvigatelga tiristorli boshqarish bloklari orqali keladi. Dvigatel yetakchi koʻprikli bloklarga (oldiga yoki orqasiga) yoki kardanli harakat bloklariga, yoxud gʻildiraklarga oʻrnatiladi. Elektromobildan foydalanish shaharlarda shovqinni va havoning buzilishini kamaytiradi, suyuq yonilgʻini tejashga imkon beradi. Elektr energiya suyuq yoki gazsimon yoqilgʻidan bevosita avtomobilning oʻzida hosil qilinadigan elektromobillar ham bor. Elektromobil, asosan, AQSh, Angliya, Rossiyada ishlab chiqariladi. AQSH va Germaniyada bir galgi zaryadi 200 km gacha yoʻl yurishga yetadigan elektromobillarning eksperimental nusxasi yaratilgan (2005).
Elektromobillarning umumiy tarkibi

  1. Reduktor

  2. Elektromotor

  3. Invertor

  4. Tortuvchi akkumlyator batareyasi

  5. BMS (tortuvchi akkumlyatorga tegishli)

  6. Kontroler

  7. Yordamchi akkumlyator 12V

  8. Pechka

  9. Radiator

  10. Konditsioner radiator

  11. AC – port Konditsioner kompressori

  12. EEB (electron boshqaruv bloki)

1.1 – rasmda elektromobilning strukturasi qisman ko’rsatilgan

1.1-rasm
Elektromabilning strukturasi :
1. Zaryadlovchi qurilma : Elektr transport vositasini zaryadlovchi mos keladigan rozetkadan yoki zaryadlovchidan o'zgaruvchan tokni olib, bort kompyuteri chipi yordamida avtomobil akkumulyatorini zaryad qilish uchun uni DC ga aylantirish orqali ishlaydi. Bu samaradorlikni oshirishga va batareyaning ishlash muddatini uzaytirishga yordam beradi
2. Zaryadlash ulagichi : Tashqi manbadagi doimiy tokni elektromobil zaryadlash qurilmasiga o’tkazib beradi
3. Orqa batareya va monitoring avtomatik o’chirish tizimi: Ushbu tizim orqa batareyalarda zaryad to’lganda rele orqali tashqi manbadan uzadi
4. Blok pitaniya: bu qurilma elektr qurilmalari uchun tokni taqsimlaydi
5. 12V li batareya: bu batareya orqali boshqaruv bloki ishlaydi va bazi jihozlar tok blan taminlanadi
6. Elektromotor: butun kozovni harakatga keltiradi
7. EBB: bu elector qurilmalarini nazorat qiladi
8. Sovutish tizimi: EBB va elektromotorni sovitadi
9. Old batareya va avtomatik o’chirish tizimi: old batareya zaryadlanib bo’lgan elektr tokini uzadi
10. Tormozning vakum nasosi: Elektromobil tormozlanshini taminlaydi 1.2-rasmda eng sodda elektromobil tasvirlangan


1.2-rasm
Elektromobillar, umumiy qismlardan tashkil topgan va har bir qismning o'ziga xos vazifalari mavjud.
1. Akkumulyatorlar: Akkumulyatorlar, elektromobilning yurish uchun zaruri elektr energiyasini saqlash uchun ishlatiladi. Akkumulyatorlar o'zlarida bir necha batareyadan iborat bo'lib, elektr energiyasini saqlash uchun kimyoviy reaktsiyalar ishlatiladi.
2. Elektr motorlar: Elektr motorlar, elektr energiyasini mekanik energiyaga aylantirish uchun ishlatiladi. Akkumlyatordan olingan elektr energiyasi, motorlardagi tizimlar tomonidan ishlatiladi va ayni paytda, yo'l harakatiga aylanadi.
3. Kuchli boshqaruv tizimi: Kuchli boshqaruv tizimi, elektromobilning barcha modellari uchun juda muhim tizimdir. Bu tizim, akkumulyatorlardan kelgan elektr energiyasini, elektr motorlarga yo'naltirish, tizimni boshqarish va umumiy tizimning yaxshi ishlashini ta'minlash uchun zaruri.
4. Harakat sensorlari: Harakat sensorlari, elektromobilning tezligini, burilishini va hajmini kuzatib borish uchun ishlatiladi. Bu sensorlar, elektromobilning boshqaruv tizimida ishlatiladigan ma'lumotlarni to'plash uchun juda muhimdir.
5. Elektronik tizimlar: Elektronik tizimlar, elektrik qismlarning elektronik tarzda boshqarilishini ta'minlaydigan kompleks qurilmalardir. Bu tizimlar, akkumulyatorlardan kelgan elektr energiyasini tizimga ko'chirish, yo'l harakatini boshqarish, tezligi va burilishni kuzatish va boshqa muhim vazifalarni bajarish uchun zarur bo'ladi.
6. Boshqa qurilmalar va modullar: Elektromobillarning ko'plab boshqa qurilmalari va modullari, qurilish materiallari, yengil yo'l harakatiga mos qilingan o'rinlarni olish uchun juda muhim. Bu qurilmalar, tizimga kiruvchi va chiquvchi modullar, chet tillari, kuzatuvchilar va boshqa muhim qurilmalardan iborat.

Xulosa:
Elektromobilning umumiy qismlari, elektromobilni yurishga tayyorlash va yaxshi ishlashini ta'minlash uchun muhimdir. Ushbu qismlarning bir-biri bilan yaxshi ishlashi, elektromobilni yuqori samaradorligini taminlaydi.
Download 34.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling