Elektron – kovak o’tish (r-n o’tish)


Download 117.95 Kb.
bet5/5
Sana30.04.2023
Hajmi117.95 Kb.
#1404462
1   2   3   4   5
Bog'liq
ELEKTRON – KOVAK O’TISH

2.5. R-n o’tishning teshilish turlari

YUqorida aytib o’tilganidek, uncha katta bo’lmagan teskari kuchlanishlarda I0 qiymati katta emas. Teskari kuchlanishmalum chegaraviy qiymatga UCHEG etganda, teskari tok keskin ortib ketadi, o’tishning elektr teshilishi yuz beradi.


O’tishning teshilish turlari ikki guruҳga bo’linadi: elektr va issiqlik. Elektr teshilishining ikkimexanizmimavjud: ko’chkisimon va tunnel teshilish.
Ko’chkisimon teshilish nisbatan keng r-n o’tishlarda sodir bo’ladi. Bunday o’tishda teskari kuchlanishda elektron va kovaklar zarba ionizatsiyasi uchun etarli bo’lgan energiya oladilar va natijada qo’shimcha elektron-kovak juftlar ҳosil bo’ladi. Bu juftliklarning ҳar bir tashkil etuvchisi, o’z navbatida, elektrmaydonida tezlashib, yana yangi juftlikni yuzaga keltiradi va x.z. Zaryad tashuvchilarning bunday ko’chkisimon ko’payishi natijasida o’tishdagi tok keskin ortadi.
Tor r-n o’tishga ega bo’lgan yarim o’tkazgichlarda tunnel effektiga asoslangan tunnel teshilish sodir bo’ladi. UTES UCHEG etganda zaryad tashuvchilarning bir soҳadan ikkinchisiga energiya sarf qilmasdan o’tishiga imkon yaratiladi (tunnel effekti). UCHEGning yanada ortishi bilan shuncha ko’p zaryad tashuvchilar tunnel o’tishi sodir etadilar va teskari tok keskin ortib boradi.
R-n o’tishda issiqlik teshilishi teskari tok o’tish natijasida o’tishning qizishi ҳisobiga sodir bo’ladi. Teskari tok, issiqlik toki bo’lib, u ortgan sari qizish ҳam ortadi. Bu ҳolat tokning ko’chkisimon ortishiga olib keladi, natijada r-n o’tishda issiqlik teshilishi yuz beradi va u ishdan chiqadi.


Nazorat savollar
1. R-n o’tish nima va u qanday aniqlanadi ?
2. R-n o’tishga to’ғri va teskari kuchlanish berilganda qanday ҳodisalar sodir
bo’ladi ?
3. Asosiy bo’lmagan zaryad tashuvchilarning injektsiyasi va ekstraktsiyasi nima?
4. O’tishdagi kuchlanish o’zgarganda injektsiya va ekstraktsiya toklari qanday
o’zgaradi ?
5. Nima sababli r-n o’tish to’siq siғimi deb ataladigan siғimga ega ?
6. Teskari kuchlanish orttirilsa r-n o’tishdani to’siq siғimi qanday o’zgaradi?
7. R-n o’tishning diffuziya siғimi nima ?
8. Real diod tuzilmasi idellashtirilgan r-n o’tishdan nimasi bilan
farq qiladi ?
9. R-n o’tish toki temperaturaga qanday boғliq ?
10. R-n o’tishda qanday teshilish turlarimavjud va ulardagi farq nimada ?
Download 117.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling