Elektron biznesdagi tovar va xizmatlarning xususiyatlari 1
Internetdagi moliyaviy tizimlar. Internet-banking
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
EB Yakuniy sh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ozbekiston Respublikasining elektron tijorat sohasidagi huquqiy asoslari
Internetdagi moliyaviy tizimlar. Internet-banking:
konsepsiya, bank xizmatlar bozori, afzalliklari. Internet-banking – bu mijozlarning depozit hisobvaraqlarini, jumladan bank kartalariga ochilgan hisobvaraqlarini, internet orqali boshqarish huquqini beruvchi tizimdir. Bu xizmat turi mijozning masofadan bank bilan bog‘langan holda real vaqt davomida to‘lovlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan tizimdir. Foydalanuvchi tizimga veb-brauzer orqali qiradi. Internet- banking tizimi bankning veb-serverida joylashtiriladi. Foydalanuvchi bankning veb-saytida barcha o‘z ma’lumotlari (to‘lov hujjatlari va hisobvaraqlardan ko‘chirmalar)ni ko‘rib chiqish imkoniyatiga ega. Internet-banking xizmati orqali mijoz o‘z ish joyida yoki boshqa o‘ziga qulay sharoitda: to‘lovlarni o‘tkazish; to‘lov o‘tishi bosqichlarini kuzatish; barcha hisobotlarni olish kabi amaliyotlaridan istalgan vaqtda foydalanish imkoniyatini yaratadi. Internet-banking orqali mijoz o‘z ish joyidan internet orqali bank saytiga ulanib, o‘z hisobraqamiga tushayotgan pullarni ko‘rishi va pul o‘tkazmalarini tayyorlab bankka uzatishi mumkin bo‘ladi. O`zbekistonda Internet-bankingni rivojlantirish istiqbollari Internet-banking foydalanuvchilarining yuqori o`sish dinamikasi bilan belgilanadi. Ammo, agar bugungi kunda mamlakatimizda 7,1 milliondan ortiq abonent Internet foydalanuvchisi bo`lsa, u holda Internetbankingning qamrovi atigi 0,3 foizni tashkil etadi, rivojlangan mamlakatlarda bu ko`rsatkich o`rtacha 40-50 foizni tashkil etadi. O'zbekiston Respublikasining elektron tijorat sohasidagi huquqiy asoslari Elektron hujjat aylanishining huquqiy asosi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hisoblanadi • O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi; • "Axborotlashtirish to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi; • "Telekommunikatsiyalar to'g'risida"; • "Elektron raqamli imzo"; • "Elektron tijorat"; • "Elektron to'lovlar to'g'risida"; • "Elektron va mashina dastgohlari va bazalari uchun huquqiy organ dasturi to'g'risida"; Xalqaro savdo (Yunistrol) huquqi bo‘yicha OON komissiyasi, 1996 yilda "Elektron tijorat to‘g‘risida" qonun qabul qildi. Bu qonun o‘zida shartnomalarning yuridik kuchi bilan bog‘liq bo‘lgan, shartnoma originali va nusxalari bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal etish modelini aks etadi. 1999 yilda elektron imzolarni ishlatish uchun huquqiy asoslari direktivasi qabul qilingan. Bu elektron tijorat sohasidagi Yevropa va xalqaro huquqlarning shakllanishidagi navbatdagi qadam bo‘ldi, chunki u elektron tijorat sohasidagi kelajakdagi rivojlanishi va mukammallashuvining asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatib beradi. Direktivada raqamli imzoni yaratish uchun ishlatiladigan belgilarga bo‘lgan talablar shakllantirilgan. Bundan tashqari shartnomani qo‘llagan tomonning imzosi va uning elektron nusxasining muvofiq kelish - kelmasligini aniqlashga yordam beruvchi sertifikat nomli hujjat ko‘zda tutiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling