Elektron biznesdagi tovar va xizmatlarning xususiyatlari 1
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
EB Yakuniy sh
Reklama faoliyatinig ahamiyati va rivojlanish tarixi Reklama ingliz tilidan olingan bo‘lib, “qichqirmoq” ma’nosini anglatadi. Reklama faoliyati insoniyat tarixida oldi-berdi jarayonlarining boshlanishi bilan tarkib topgan. Reklama faoliyatining kelib chiqish tarixi qadimga borib taqaladi. Eng qadim davrlarda kurash tushuvchi polvonlarni davrada va boshqa joylarda ularning janglari haqida jar solib gapirganlar. Reklamaning yana boshqa bir ko‘rinishi bu tamg‘a bo‘lgan, sotuvchilar ularni o‘z tovarlariga bosganlar. Reklama AQSHda eng katta ravnaqqa erishdi. Benejamin Franklin Amerika reklamasining otasi hisoblanadi. U 1728-yilda Amerika ro‘znomalari orasida eng katta nusxa va eng ko‘p hajmdagi reklama e’lonlariga erishdi. Xozirgi vaqtda, ayniqsa bozor iqtisodiga o'tish jarayonida reklama juda katta ahamiyatga ega bo'lib boryapti. Chunki ijtimoiy hayotni bugungi kunda reklamasiz tasavvur etib bo'lmaydi. Mahsulot ishlab chiqarish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotish uchun har bir korxona, shaxs o'ziga xaridor chaqiradi. Bu jarayonda esa, albatta, reklamadan foydalaniladi. Reklamaning turlari, xillari, ko'rinishi va namoyish etilishi xilma-xil bo'lib, u reklam qiluvchilarga bog'liq. Respublikamizda 1998 yilda “Relama to'g'risida” Qonun qabul qilinib, u bugungi kunda ijtimoiy hayotimizda tatbiq qilinmoqda. Internet reklama turlari Internet reklama dunyo miqyosida ommabob bo'lib va kompaniyalar internet reklamasi orqali o'z mijozlarini topmoqda bu esa barcha ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga muhim axamiyatga egadir. Hozirgi kunda internet reklamaning bir necha turlari mavjud: 1. Kontekstli Reklama 2. Displey (Banner) reklama 3. Teaser Reklama 4. Ijtimoiy tarmoqlarda maqsadli reklama: VKontakte, Odnoklassniki, Facebook, Instagram. 5. Push xabarnomalari. 6. IOS va Android platformalari uchun mobil dasturlarda reklama. 7. Qalqib Chiquvchi Oynalar (Pop-Up Va Pop-Under) 8. Elektron Pochta xabarnomalarida reklama 9. Tematik saytlarda va onlayn platformalarda reklama (forumlar va bloglar, xabar taxtalari, ijtimoiy tarmoqlar guruhlari, katta portallar va boshqalar). Onlayn platformalardan foydalangan holda savdo qilish, agar u an'anaviy usullarni almashtirmasa, ular bilan raqobatlashishi va shu bilan birga yangi imkoniyatlarni taklif qilishi mumkin. So'nggi tendentsiyalarga amal qilgan an'anaviy ommaviy axborot vositalari tobora ko'proq dunyo tarmog'iga kirib bormoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling