Elektron darsliklar yaratish texnologiyasi. Muallif:Turdiboyeva Dilshoda Nomozboy qizi 103-guruh MBT yo’nalishi talabasi Samarqand Davlat Chet Tillar Instituti Hozirda deyarli barcha sohaning elektron nashrlari mavjud . Lekin hammasini ham foydali deya olmaymiz. Ma’lumot undan foydalanilgandagina kerakli bo’lishi mumkin. Shunday ekan elektron darsliklar tayyorlashda ham ushbu jihatga e’tibor qaratish zarur. Ayni paytdagi axborot texnologiyalari sohasida gipermedia tizimlarini qo’llash rivojlanib bormoqda. Bunday texnologiyalar asosida an’anaviy o’quv matnini yanada takomillashtirilgan o’quv materiali asosida kengaytirish va chuqurlashtirish hamda kurslar va animatsion lavhalardan foydalanish yo’li bilan almashtirish g’oyasi yotadi. Unda bu yoki u holda ajratib berilgan matn lavhalari orasida o’zaro bog’lanish tugunlari barpo etiladi. Gipermatn murakkab darajada tashkil etilgan o’quv materiallari tizimi bo’lib , ko’plab statistik va dinamik axborotlarni o’zida mujassamlashtiradi hamda umumlashgan tarmoq tuzilishiga ega bo’ladi. Gipermatn hujjatlarini ishlab chiqishda ushbu instrumental vositalar :Microsoft Front-Page , Alliare Home Site , Microsoft Power Point, Microsoft Word va boshqalardan foydalaniladi. Elektron darslik yohud o’quv qo’llanma uchun illyustrativ materiallarni yaratishda , shuningdek , skanerlar, video ushlash va yig’ish platalari, tovush platalari kabi aparatli vositalardan foydalaniladi. Matnli protsessorlar va maxsus dasturlar yordamida elektron darsliklarni yaratishda , o’quvchida undan qisman foydalana olmaslik bilan bog’liq muammolar ham tug’ilishi tabiiy. Foydalanuvchi darslikni yaratish dasturiga ega bo’lishi zarur bo’ladi. Shuningdek , darslikni internet tarmog’iga joylashtirish bilan bog’liq muammo ham tug’iladi. HTML gipermatn hujjatlaridan foydalanishda bunday muammolar tug’ilmaydi. - Elektron darsliklar yaratuvchi dasturlarning nomlari har xil , lekin ularni boshqarilish tamoyillari deyarli bir xil bo’ladi. Ularning bazilari qo’shimcha imkoniyatlari mavjudligi va ularda darslik tayyorlash qulayligi bilan farqlanadi.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |