Elektron grafiklar qurishning texnologik asoslari. Elektron grafik tasvirlar qurishning zamonaviy usullari


Elektron grafiklar ko’rishning texnologik asoslari. Elektron grafik tasvirlar qurishning zamonaviy usullari


Download 48.5 Kb.
bet2/2
Sana09.03.2023
Hajmi48.5 Kb.
#1256260
1   2
Bog'liq
Ma`ruza 9 Komp’yuter grafikasi va dizaynda dasturiy vositalar

Elektron grafiklar ko’rishning texnologik asoslari. Elektron grafik tasvirlar qurishning zamonaviy usullari.
Grafikaning texnologik asoslarini qurishda uning ko’rkamligini ham nazarda tutish zarur.
Grafikaning ko’rkamligini oshiruvchi va uning yuklanish tezligini kamaytiruvchi vositalardan biri bu rang berish usulidir. Lekin rang grafikada aralash - quralashlikni keltirib chiqarmasligi kerak. Masalan, alohida regionlarda aholining zichligini yoki kasallik tarqalishi grafikasini ifodalash, go’yoki bu regionlar orasida uzviy bog’liqlikni ifodalagandek taassurot qoldiradi. Bunday holda ifodalanayotgan qiymatiga qarab bir xil rangni to’q yoki och holatini ishlatgan maqsadga muvofiq bo’ladi.
Amaliy dasturlar paketlarining (ADP) keng tarqalishi shu bilan asoslanadiki, tasvirni kommunikatciya texnologiya vositasi sifatida qabul qilish inson uchun tabiiyroq bo’lib bu usulda ham etarli aniqlikka erishish mumkin.
Mashina grafikasini passiv va interaktiv bo’laklarga ajratish mumkin. Bundan 20 yillar avval ulug’ olimlarni, san`at ustalarini, sportchilarni, multiplikatcion filmlar qaxramonlarini (masalan, bo’ri, quyon rasmlari), Albert Eynshteyn rasmini alfavit raqamli chop etish qurilmalardan chiqarish keng tarqalgan edi. Bunda rasm ma`lum nuqtalarga bir xil belgilarni qog’oz sathiga tushirish orqali, rang tafovut esa ba`zi bir joylarda shu belgilarni bir necha marta urib (to’q rang), ba`zi bir joylarda bir marta tushirib (och rang) hosil qilinardi. Tasvirni bunday usulda hosil qilish passiv mashina grafikasiga tegishlidir.
Interaktiv mashina grafikasi(IMG)da tasvirning holati, uning shakli, mazmuni, o’lchamlari va rangi monitor ekranida interaktiv qurilmalar yordamida dinamik ravishda uzluksiz o’zgartirilib, boshqarib turiladi.
Zamonaviy shaxsiy kompyuterlarda hosil qilinadigan grafikalar amaliy jihatdan qaraganda hammasi interaktivdir.
Passiv mashina grafikasiga planshetli va barabanli grafik quruvchi qurilmalar, shuningdek printer, kino va videokameralar yordamida hosil qilinadigan tasvirlar kiradi.
Bu qurilmalar yordamida hosil qilinadigan tasvirga bevosita ta`sir qilib bo’lmaydi. Monitor qurilmasida tasvir hosil qilish jarayonini sichqoncha, klaviatura, skaner qurilmalari yordamida istagancha boshqarish mumkin.
Yuqorida ko’rib o’tilgan hamma tasvir hosil qilish usullarining umumiy tomoni shundaki, bu erda tasvir raqamli protcessor yordamida hosil qilinadi.
Grafik tasvirni hosil qilishni zamonaviy usullari bilan yaxshiroq tanishish uchun kompyuter grafikasining uch turda – rastrli (nuqtali yoki pikselli), vektorli (ob`ektli), fraktal hosil qilinishini ko’rib chiqamiz. Bu uch turning asosiy farqi ekran yuzasida yorug’lik nuri haraktlanishining turlichaligidadir. Ularning to’la farqi keyingi mavzularda chuqurroq ko’rib o’tiladi.
Nazorat uchun savollar

  1. Tasvirlashning grafik tili nima?

  2. Grafika necha elementga bo’linadi?

  3. Eksplikatciyaning mohiyati nima?

  4. Grafik qiyofa nima?

  5. Passiv mashina grafikasini nima?

  6. Interaktiv mashina grafikasi nima?

Download 48.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling