Elektron hukumat tizimi va uning ahamiyati Reja Elektron hukumat «Elektron hukumat»


Download 39.72 Kb.
bet1/2
Sana11.05.2023
Hajmi39.72 Kb.
#1454264
  1   2
Bog'liq
Elektron hukumat tizimi va uning ahamiyati




Elektron hukumat tizimi va uning ahamiyati


Reja

1. Elektron hukumat


2. «Elektron hukumat» tizimi loyihalari
3. Elektron hukumat axborot tizimini rivojlantirish.

Elektron hukumat — Barcha ham „ichki“, ham „tashqi“ aloqalar va jarayonlar majmuasi bo'lib, tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan quvvatlanib va taʼminlanib turadigan hukumat. Kommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan Internet) orqali axborotga ishlov berish, uni uzatish va tarqatishni elektron vositalari asosida davlat boshqaruvini tashkil qilishni, davlat hokimiyati organlarini barcha boʻgʻinlari tomonidan fuqarolarning barcha toifalariga elektron vositalar bilan xizmatlar koʻrsatish, oʻsha vositalar yordamida fuqarolarga davlat organlarining faoliyati haqida axborot berish. „Elektron hukumat“ tushunchasi 1990-yillarning boshida paydo boʻlgan, lekin amaliyotga soʻnggi yilardan boshlab tatbiq qilina boshladi. Elektron hukumatni ishlab chiqish bilan birinchi galda AQSh va Angliya, hamda Italiya, Norvegiya, Singapur, Avstraliya va ayrim boshqa davlatlar (Fransiya, Germaniya, Katar, BAA va h.k.) shugʻullandilar. Elektron hukumatning uch asosiy rivojlanishi tizimi ajratiladi:- hukumat- aholi (G2C);- hukumat — biznes (G2B);- hukumat — hukumat (G2 G).Oʻzbekistonda ham elektron hukumat barpo qilish ishlari boshlab yuborilgan. Jahon tajribasiga mavjud amaliyotga koʻra, u ikki oʻzaro bogʻlangan, lekin funksional jihatdan mustaqil qismlardan, Hukumat Intranetidan va tashqi infratuzilmadan tarkib topgan. Hukumat Intraneti axborot tizimining ichki infratuzilmasini qamrab oladi, u davlat tuzilmalari tomonidan davlat korporativ vazifalarini amalga oshirishdagi oʻzaro munosabatlarda foydalaniladi. Tashqi infratuzilma, davlatni fuqarolar (G2C) va tashkilotlar (G2B) bilan oʻzaro ishlashini taʼminlaydigan ommaviy axborot infratuzilmasini qamrab oladi. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) taraqqiy etishi bilan hayotimizni qulayliklar bilan boyitish maqsadida taqdim etilayotgan tejamkor va ishonchli imkoniyatlardan biri «Elektron hukumat» tizimining joriy etilishidir. Ma’lumki, «Elektron hukumat» tizimi jahon amaliyotida o‘zining afzalliklarini namoyon etib ulgurgan tizim hisoblanadi. O‘zbekistonimizda ham keng miqyosda rivojlanib borayotgan mazkur tizim mamlakatimiz davlat hokimiyati organlari, biznes sohasi, ayniqsa, fuqarolarga turli davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan axborot xizmatini taqdim etadi. Mazkur dolzarb masala haqida batafsil ma’lumotlar olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi direktori Sherzod Habibullaxo‘jayevga savollar bilan murojaat etdik.
— «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazining asosiy vazifalari nimalardan iborat?

— O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi huzuridagi «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi (keyingi o‘rinlarda markaz) «Elektron hukumat» tizimi borasida jahondagi rivojlanish odimlari hamda xorijiy mamlakatlar tajribasini tahlil qilish va tadqiq etish asosida takomillashtirish va yanada rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqish maqsadida tashkil etilgan.


Bundan tashqari, markaz davlat organlarida foydalaniladigan ma’lumotlar bazasi va axborot-resurslarini loyihalashtirish, ishlab chiqish va mujassamlashtirish mexanizmini nazarda tutadigan «Elektron hukumat» tizimini shakllantirishga yagona texnologik yondashuvni ta’minlashi, loyihalarini amalga oshirishni ta’minlovchi me’yoriy-huquqiy bazaning tashkil etilishiga yordam berishi zarur. Markazning muhim vazifalaridan yana biri davlat organlari faoliyatining funksional va operatsiya jarayonlarini tizimli asosda qayta tashkil etish, davlat xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq biznes jarayonlarini boshqarishning innovatsion mexanizmlarini joriy etish, takomillashtirish va optimallashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlashdan iboratdir. Shuni ham ta’kidlash lozimki, markaz «Elektron hukumat» tizimining samarali joriy etilishi uchun amaldagi me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha tahlil va takliflarni tayyorlaydi.
Shu bilan birga, markaz tizimli monitoring o‘tkazish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish holati va rivojlantirishga baho berish, jumladan, axborot tizimlari va resurslaridan foydalanish samaradorligini o‘rganish, shuningdek, «Elektron hukumat» tizimi doirasida davlat organlari faoliyatiga AKT’ni joriy etishning samaradorligini baholashning reyting tizimini yuritish ishlarini olib boradi.
Bundan tashqari, «Elektron hukumat» tizimi loyihalarini amalga oshirishda interaktiv davlat xizmatlarini taqdim etish va foydalanish samarali tayanch ko‘rsatkichlari usullarini ishlab chiqish ham markazning muhim vazifalaridan hisoblanadi. Yana shuni ham ta’kidlash zarurki, O‘zbekistonda elektron hukumat tizimini joriy etish: interaktiv xizmatlar imkoniyatini taqdim etish; hokimiyat organlari hisobotlarining ochiq-oydinligi; xizmatlarga ulanishning qulayligi va individuallashtirilganligi; siyosiy jarayonlarda fuqarolar ishtirokining axborotlashganligi va natijaliligi; axborotlarning erkin almashinuvi; aholi va biznes sohasiga davlat xizmatlari ko‘rsatishni optimallashtirish; fuqarolar o‘z-o‘ziga xizmat imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash va kengaytirish; mamlakat rahbariyatining barcha saylovlar hamda davlat boshqaruvi jarayonlarida ishtiroklari darajasini oshirish va boshqalarni yanada yaxshilashga qodir davlat boshqaruvining mukammal elektron apparatini yaratishdan iborat.
— Markaz va mintaqaviy bo‘linmalar tashkiliy tuzilmasi va ularda faoliyat yurituvchi xodimlar tarkibi borasida to‘xtalsangiz.
— O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi huzuridagi «Elektron hukumat» tizimida har biri o‘z vazifalariga ega bo‘lgan, bir necha bo‘limdan tashkil topgan quyidagi yettita departament mavjud:
Strategik rejalashtirish va prognozlash departamentining vazifalari — «Elektron hukumat» tizimini joriy etish va yanada rivojlantirish rejalarini tuzish, zamonaviy va xalqaro tendensiyalarning tayanch rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash, shuningdek, tizimni samarali joriy etishga ta’sir etuvchi dalillarni jamlash va tahlil etish, maxsus tadqiqotlarni tayyorlashdan iborat.
Operatsion va funksional jarayonlarini optimallashtirish departamenti mavjud jarayonlar bo‘yicha tahlil o‘tkazish hamda davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari faoliyati jarayonlari operatsion va funksional jarayonlarini tizimli optimallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, «Elektron hukumat» tizimini joriy etish doirasida aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, shuningdek, interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish va foydalanishda samarali ko‘rsatkichlarni aniqlash usullarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
AKT’ni joriy etish holatini tahlil etish va holatini baholash departamentining asosiy vazifalariga: davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, mahalliy hokimiyat organlari, shuningdek, mintaqalarda AKT joriy etilishi holatining monitoringi, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlariga AKT joriy etilishi holatini tahlil etish va baholash kiradi.
Elektron hukumat axborot tizimini rivojlantirish departamenti majburiyatlariga elektron hukumat arxitekturalarini va axborot tizimlari majmuasini rivojlantirish, shuningdek, axborot tizimlarida ekspertiza o‘tkazish vazifalari kiradi.
Navbatdagi bo‘linma — Elektron hukumat axborot-resurslarini rivojlantirish departamenti — elektron hukumat ma’lumotlar bazasini markazlashtirish, idoraviy axborot-resurslari, shuningdek, interaktiv xizmatlar yagona portalini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.
Mintaqalarda «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish departamenti — kompyuterlashtirish markazlarini muvofiqlashtirish va mintaqalarda foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash markazlarini rivojlantirish ishlari bilan shug‘ullanadi.
Bulardan tashqari, markaz tarkibida Ixtisoslashgan tuzilmaviy bo‘linmalar faoliyatlarini muvofiqlashtirish departamenti ham faoliyat yuritadi, uning majburiyatlariga davlat organlari va xo‘jalik boshqaruv organlari, shuningdek, mahalliy hukumat organlari maxsus bo‘linmalarining faoliyatlarini muvofiqlashtirish kiradi. Yuqorida sanab o‘tilgan departamentlardan tashqari, Markaz tuzilmasiga moliyaviy, xalqaro, shuningdek, boshqa bo‘lim ma’muriy xodimlari xizmatlari ham kiradi.
Markaz xodimlari tarkibi — juda xilma-xil bo‘lib, ham ko‘p yillik tajribaga ega, ham yosh mutaxassislardan tashkil topgan. Markazni malakali xodimlar bilan to‘liq ta’minlash uchun hozirgi vaqtda 500dan ortiq nomzod-izlanuvchilar rezyume (ma’lumotnomalari) ko‘rib chiqilmoqda. Hozirgi davrda markazda 74 nafar xodim faoliyat yuritadi. Ulardan, 5 nafari «Iste’dod» Respublika Prezidenti jamg‘armasi granti sohiblari, bir xodimimiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat Boshqaruvi Akademiyasining doktorlik ilmiy darajasi izlanuvchisi, 2 nafar xodim Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti doktorlik ilmiy darajasi izlanuvchilaridir, 35 nafar xodim magistr, 36 nafari bakalavr darajasiga ega mutaxassis, 10 nafar xodim AQSH, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Germaniya, Avstraliya, Shveytsariya, Rossiya kabi xorijiy mamlakatlar oliy ta’lim muassasalarida tahsil olgan mutaxassislar, shuningdek, 10 nafari chet ellarda malaka oshirganlik sertifikatiga ega xodimlardir.
Shuni ham ta’kidlash zarurki, markaz malakali xodimlarni saralab olishga yo‘naltirilgan o‘z ishlarini davom ettirib, Toshkent shahridagi 12ta yetakchi oliy ta’lim muassasalari, xususan, Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiyasi Universiteti, Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universiteti, Toshkentdagi Menejmentni rivojlantirish Singapur instituti va boshqa OTMlarning bitiruvchi hamda magistrlari bilan uchrashuv-suhbatlar o‘tkazmoqda. Mazkur oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilaridan ko‘plab rezyume (obyektivkalar) qabul qilingan. Ularning safidan munosiblarini saralab olish hamda kelgusida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi «Elektron hukumat» o‘quv markazida malaka oshirishlarini rejalashtirganmiz. Shundan keyin muvaffaqiyat bilan attestatsiyadan o‘tgan talabgorlarni ishga qabul qilish uchun suhbatga taklif etiladilar.
— Markaz faoliyati, dastlabki natijalar borasida so‘z yuritsangiz.
— Markaz tashkil etilganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q, biroq shunga qaramay, talaygina ishlar amalga oshirildi. Sohaga oid qonunchilik-me’yoriy bazasi shakllantirildi va yanada takomillashtirish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. Davlatimiz tomonidan 2013–2020 yillarda O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish dasturi qabul qilinib, unda aholining davlat hokimiyati organlari bilan elektron shaklda o‘zaro aloqalarda bo‘lishini ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimida «yagona oyna» tamoyilini joriy etish bo‘yicha vazifalar belgilandi. «Elektron hukumat» axborot tizimlarini va ma’lumotlar bazasi komplekslarini yaratish bo‘yicha tadbirlar belgilab berildi. «Elektron hukumat» tizimini joriy etish bo‘yicha taklif etilgan choralar samaradorligini baholash uchun davlat organlarida interfaol xizmatlarning turli sohalari va yo‘nalishlari bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar va indikatorlar ishlab chiqildi.
Bundan tashqari, vazirliklar va idoralar tomonidan kelishish uchun Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga taqdim etilgan Davlat rahbariyati va Hukumati darajasida qabul qilinadigan me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari har tomonlama o‘rganildi hamda «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi Qonun loyihalari bo‘yicha takliflar taqdim etildi. Hozirgi davrda hujjat idoralararo ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan; «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi Qonun; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha «yagona oyna» mar-kazlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoni; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-noyabrdagi «Tadbirkorlik subyektlarini Internet tarmog‘i orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mexanizmini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 312-sonli Qarori va qator boshqa hujjatlar.
Davlat organlari faoliyati funksional va operatsion jarayonlarini qayta tashkil qilish, shu jumladan, davlat xizmatlarini taqdim etish bilan bog‘liq bo‘lgan biznes-jarayonlarini boshqarishni yaxshilash, takomillashtirish va innovatsion mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan ishlar faol olib borilmoqda. Barchaga ma’lumki, elektron hukumat tizimini yaratish kam vaqt sarflab, yanada samarali boshqaruvni ta’minlash bilan birga, jamiyat hamda hukumat o‘rtasidagi aloqalarni tubdan o‘zgartirishni ham ta’minlaydi.
Hozirgi holatga kelib, Markaz xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi bilan hamkorlikda Toshkent shahri yo‘lovchi transporti ishini tashkil etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan. Xususan, «8-Avtosaroy» OAJ ish jarayonini maqsadli o‘rganish o‘tkazildi. Ish jarayonlarini o‘rganish natijalari bo‘yicha aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va boshqaruv tizimini yaxshilash bo‘yicha takliflar va tavsiyalar bilan Axborot-tahliliy ma’lumotnoma taqdim etildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi ushbu hujjatni «Toshshahartransxizmat» tizimi boshqa avtoparklarida hisobga olish uchun va xulosalari hamda tavsiyalaridan amaliy foydalanishni tavsiya etdi.
Shu bilan birga Markaz xodimlari tomonidan AKT’ni rivojlantirish va Davlat bojxona qo‘mitasi (DBQ) va «Toshkent-tovar» (TIY tovar posti) tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida eksportni bojxona rasmiylashtirish amallarini maqsadli o‘rganish o‘tkazildi.
Bundan tashqari, hozirga kelib, Markaz tomonidan «Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi» xodimlari bilan hamkorlikda ko‘chmas mulkka huquqlar o‘zgarishini davlat ro‘yxati xizmatlari operatsion jarayonlarini o‘rganish va yaxshilash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish ishlari yakunlandi va «O‘zbekenergo» DAK hamda Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan hamkorlikda yer uchastkalari berish, qurilishga ruxsat berish hamda elektr quvvati ta’minoti obyektlariga ulanish masalalarini o‘rganish davom ettirilmoqda.
Davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi holati va rivojlantirilishini tizimli monitoring qilish doirasida, Markaz xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi Qarorining bajarilishi yo‘lida yilning 1-choragi bo‘yicha 123ta ixtisoslashtirilgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tizimi bo‘limlari hamda mahalliy hukumat organlarida davlat hokimiyati axborot faoliyatini joriy etish va rivojlantirish holatini baholash o‘tkazilib, unda axborot tizimlari va resurslarini joriy etish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish samaradorligini reytingli baholash tizimining joriy etilishi o‘rganildi.
Elektron hukumat arxitekturasini hamda axborot tizimlarini rivojlantirish va axborot tizimlari ekspertizasini o‘tkazish yo‘nalishi bo‘yicha qator ishlar olib borilmoqda. Markazga kelishuv bo‘yicha texnik loyihalar, texnik topshiriqlar, TIA va OTIH, konsepsiyalar va takliflar kelib tushadi, xodimlar tomonidan ularning ekspertizasi o‘tkaziladi va ular bo‘yicha ko‘rsatmalar hamda takliflar ishlab chiqiladi. Ular orasida EHAT «E-hujjat» versiyasini yaratish, mobil qurilmalarda «E-XAT» dan foydalanish uchun; yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha «Newjob» hisobot yuritishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi kabi va ko‘plab boshqa loyihalarni ko‘rsatish mumkin.
Qo‘shimcha qilib, bugungi kunda elektron hukumat tizimining samarali elementlari sifatida 20dan ortiq loyihalar amalga oshirilganligini ta’kidlab o‘tish lozim. Shu jumladan: Tashkilotlar hamda yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida elektron-axborot o‘zaro munosabatlari infratuzilmasi tizimini tashkil etuvchi elementi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali — gov.uz har qanday fuqaro yoki korxona, tashkilot, muassasa vakili O‘zbekiston davlat hokimiyati barcha elementlari bo‘yicha to‘la axborot olishi hamda bevosita gov.uz portali orqali elektron ko‘rinishda davlat hokimiyati u yoki bu organiga rasmiy so‘rovnoma jo‘natishi mumkin. Bundan tashqari, mazkur portalda Asosiy davlat interfaol xizmatlari to‘la reyestri berilgan.
Internet tarmog‘ida my.gov.uz manzilida «yagona oyna» rejimida davlat interfaol xizmatlari Yagona portalining ishga tushirilishi ushbu yo‘nalishdagi ishlarning mantiqiy davomi hisoblanadi. Ushbu portal 2013-yil 14-fevralda davlatimiz rahbarining Farmoniga muvofiq, «Obod turmush yili» Davlat dasturiga asosan va 2012-yil 30-dekabrda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holda, Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 378-sonli Qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Davlat interfaol xizmatlari yagona portali fuqarolar va davlat organlari o‘rtasidagi ko‘prik hisoblanib, u turli xususiyatdagi hayotiy muammolarni hal etish imkonini beradi. Turli masalalar bo‘yicha tegishli davlat organlariga murojaatlar eng ommaviy xizmatlardan biri hisoblanadi. Ommaviy xizmatlardan biri turli masalalar bo‘yicha tegishli davlat organlariga murojaat etish bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi vaqtda uy-joy-kommunal xizmatlari, ta’lim, sog‘liqni saqlash bo‘yicha ko‘plab savollar bilan murojaat etadilar. Bugungi kunda yagona portal orqali 20tadan ortiq yo‘nalish bo‘yicha 300dan ortiq interaktiv xizmat ko‘rsatiladi. Ular orasida, jumladan, statsionar telefon aloqasi xizmatlariga ulanish va yuridik hamda jismoniy shaxslar uchun internet, soliqlar bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma olish, telekommunikatsiyalar va boshqa sohalar bo‘yicha litsenziyalar olish kabi xizmatlar avtomatik rejimda taqdim etiladi.
Bundan tashqari, 2014-yil 25-yanvar kunidan boshlab portal orqali tadbirkorlar bevosita O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga o‘z murojaatlarini jo‘nata olish imkoniga ega bo‘ldilar. Yangi xizmat turli talabnomalarni ko‘rib chiqish muddatini asoslanmagan tarzda cho‘zish, kreditlar yoki yer uchastkalari ajratilishi tartibining buzilishi, xususiy tekshiruvlar va moliya-xo‘jalik faoliyatiga boshqa noqonuniy aralashuvlar, tadbirkorlikning rivojlanishi uchun subyektiv omillar va byurokratik to‘siqlar kabi muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan.
Shu bilan birga, interaktiv davlat xizmatlari yagona portali onlayn rejimida, «O‘zbektelekom» AK taqdim etadigan telekommunikatsiya xizmatlariga so‘mli onlayn plastik kartochkalaridan foydalanib, to‘lovni amalga oshirish imkonini beradi. Yaqin vaqtlarda, «O‘zbekenergo» DAK xizmatlariga to‘lovni amalga oshirish bo‘yicha servis ishga tushadi. Shuningdek, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi mutaxassislari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa vazirlik hamda idoralar bilan hamkorlikda davlat bojlari va boshqa yig‘imlar onlayn-to‘lov masalalari qayta ishlanmoqda. Bulardan tashqari, xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish, elektron hukumat sohasida ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar o‘tkazish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning turli tarmoqlarida axborot tizimlarini joriy etish, jumladan, «elektron ta’lim», «elektron sog‘liqni saqlash», «elektron soliq solish», «elektron bojxona» va boshqalar ko‘zda tutilgan.
— Markazning xalqaro hamkorlik sohasidagi asosiy yo‘nalishlari, kelgusi rejalaringiz haqida ham so‘zlab bersangiz.

— «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi «Elektron hukumat» axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha jamlangan ilg‘or tajribalarni o‘rganish, eng yaxshilarini o‘zi mas’ul bo‘lgan faoliyatda qo‘llash maqsadida xorijiy hamkorlari bilan xalqaro aloqalarni faol va bevosita yo‘lga qo‘ymoqda hamda rivojlantirmoqda. Bugungi kunda elektron hukumatni rivojlantirish sohasida tajriba almashish yo‘li bilan hamkorlik, tadqiqotlar, davlat boshqaruvini modernizatsiyalash jarayonlari bilimlari hamda zamonaviy usullarini o‘rganishni ko‘zda tutuvchi Davlat boshqaruvi Koreya instituti (KIPA) va Axborot jamiyati masalalari bo‘yicha milliy agentlik (NIA) bilan o‘zaro hamjihatlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.




Download 39.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling