Hujjat kuchini yo‘qotgan


Download 283.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/21
Sana21.06.2023
Hajmi283.18 Kb.
#1638501
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
63-280~1



08.04.2023, 16:19
63-сон 28.01.2019. Yer uchastkalari berish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishning zamonaviy va shaffof mexa…
https://lex.uz/ru/docs/-4182210?ONDATE=29.01.2019
1/28
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.08.2021
Hujjat 29.01.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
YER UCHASTKALARI BERISH VA YAKKA TARTIBDAGI UY-JOY QURISH UCHUN YER
UCHASTKALARIGA MEROS QILIB QOLDIRILADIGAN UMRBOD EGALIK QILISH HUQUQINI
REALIZATSIYA QILISHNING ZAMONAVIY VA SHAFFOF MEXANIZMLARINI JORIY ETISH
BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Yer uchastkalari berishning zamonaviy va shaffof mexanizmlarini joriy etish va tartib-
taomillarini jadallashtirish va soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish va yer uchastkalariga meros qilib
qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risida nizom 
1-ilovaga
muvofiq;
Keyingi
 tahrirga qarang.
Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun berish tartibi to‘g‘risida nizom 
2-ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomlar talablariga joylarda so‘zsiz amal qilinishi yuzasidan
nazoratni ta’minlasinlar.
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyundagi 493-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik
va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron auksion orqali doimiy
foydalanishga berish tartibi to‘g‘risidagi 
Nizomga 
(O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 6-son, 158-
modda) 
3-ilovaga 
muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Keyingi
 tahrirga qarang.
4. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-dekabrdagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan Yakka
tartibda uy-joy qurilishi to‘g‘risidagi Nizomning 
II
 va 
III boblari 
(O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y.,
12-son, 97-modda);
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-maydagi 150-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilish
sohasida ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish tartibotlarini amalga oshirish muddatlari va
qiymatini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 

va 
3-ilovalari
,
shuningdek,
 II bobi 
(O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 5-son, 33-modda).
5. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat
qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan me’yoriy-huquqiy
hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda
O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi
raisi A.X. Abdullayev zimmasiga yuklansin.

Download 283.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling