Hujjat kuchini yo‘qotgan


Download 283.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/21
Sana21.06.2023
Hajmi283.18 Kb.
#1638501
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
63-280~1

Keyingi
 tahrirga qarang.
“O‘zbekenergo” AJning tuman (shahar) energiya bilan ta’minlash korxonasiga;
“O‘ztransgaz” AJning tuman (shahar) gaz bilan ta’minlash korxonasiga;
b) kelishish uchun:
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish
va ulardan foydalanish ilmiy ishlab chiqarish bosh boshqarmasining hududlararo (hududiy) davlat
inspeksiyalariga — madaniy meros yodgorliklari muhofaza qilinadigan hududda joylashgan yer
uchastkalari bo‘yicha;
tegishli hududlar va inshootlaridan rejim asosida foydalanadigan hamda ulardan
foydalanadigan tashkilotga — yer uchastkalari sanoat yerlari, temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari,
aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlardagi yerlar tarkibiga kirgan hududlarda joylashganda.
Yer uchastkalarining joylashuvi ularning bosh rejalarida, shuningdek, BRLda belgilangan
hamda shaharsozlik hujjatlarida nazarda tutilgan funksional maqsadiga mos keladigan aholi
punktlaridagi yer uchastkalari bo‘yicha davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmatining
hamda ichki ishlar organlari yong‘in xavfsizligi bo‘limining (boshqarmasining) xulosasini olish talab
etilmaydi.
21. Vakolatli tashkilotlar taqdim etilgan materiallarni ikki ish kuni mobaynida kelishadi yoki yer
uchastkalarining taklif etilayotgan maqsadiga mosligi yoki mos emasligi haqida xulosalar
tayyorlaydi.
Xulosalar ijobiy yoki salbiy qaror tarzida tayyorlanadi. Salbiy xulosada me’yoriy-huquqiy
hujjatning aniq normasiga tayangan holda muayyan yer uchastkasidan yakka tartibda uy-joy
qurish uchun foydalanish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi.
Ijobiy qaror qilingan taqdirda, kelishuv hech qanday eslatma va shartlarsiz, tegishli yer
uchastkasi bo‘yicha vakolatli tashkilotning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadigan rozilik
rezolyutsiyasi yoki ko‘chirilgan nusxasi orqali amalga oshiriladi. Kelishuvdan o‘tkazish rad etilgan
taqdirda xabarnoma tayyorlanib, unda me’yoriy-huquqiy hujjatning aniq normasiga tayangan
holda, muayyan yer uchastkasidan yakka tartibda uy-joy qurish uchun foydalanish imkoni
yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi.
Ro‘yxatdagi yer uchastkalari bo‘yicha berilgan kelishuv va xulosa natijalari “YERELEKTRON”
AAT orqali tumanlar (shaharlar) hokimliklariga yuboriladi.
22. Ro‘yxatda nazarda tutilgan yer uchastkasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilish tuman
(shahar) hokimi vakolatiga kirmagan taqdirda, tuman (shahar) hokimligi vakolatli tashkilotlarning
ijobiy kelishuvi yoki ijobiy xulosasi olingandan so‘ng keyingi ish kunidan kechikmasdan tegishli
ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklariga yer uchastkasiga umrbod meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini
auksionda realizatsiya qilish orqali berish uchun taqdimnoma yuboradi.
23. Taqdimnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
ushbu Nizomning 
16-bandida 
nazarda tutilgan bo‘sh yer uchastkasini tanlash materiallari;


08.04.2023, 16:19
63-сон 28.01.2019. Yer uchastkalari berish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishning zamonaviy va shaffof mexa…
https://lex.uz/ru/docs/-4182210?ONDATE=29.01.2019
7/28
tuman (shahar) qurilish boshqarmasi (bo‘limi)ning xulosasi;
vakolatli tashkilotlarning xulosalari va vakolatli tashkilotlar bilan ijobiy kelishuv to‘g‘risidagi
axborot.
Taqdimnoma va unga ilova qilingan hujjatlar “YERELEKTRON” AAT orqali elektron raqamli
imzo bilan tasdiqlangan elektron hujjat shaklida yoki ularning ko‘chirilgan nusxalari shaklida
yuboriladi.
24. Taqdimnomada qayd etilgan bo‘sh yer uchastkasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, Toshkent shahar hokimligi vakolatiga
kirgan taqdirda, taqdimnoma va unga ilova qilingan hujjatlar kelib tushgandan so‘ng besh ish
kunida ular ko‘rib chiqiladi va quyidagilar haqida qaror qabul qilinadi:
tuman (shahar) hokimligi tomonidan yakka tartibda uy-joy qurishga mo‘ljallangan tegishli
bo‘sh yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqining auksionga
qo‘yilishiga roziligi to‘g‘risida;
tegishli bo‘sh yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqining
auksionga qo‘yilishini asoslangan sabablar ko‘rsatilgan holda rad etish to‘g‘risida.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklarining qarori keyingi ish kunidan kechiktirmasdan “YERELEKTRON” AAT orqali tegishli
taqdimnoma kiritgan tuman (shahar) hokimligiga yuboriladi.
25. Tuman (shahar) hokimligi xulosalar (qarorlar) kelib tushgandan keyin bir ish kuni
mobaynida ro‘yxatni qayta ko‘rib chiqadi, undan salbiy xulosalar berilgan yer uchastkalarini
chiqarib tashlaydi.
Ro‘yxatda qolgan yer uchastkalari tuman (shahar) hokimligi tomonidan bir kun muddatda
davlat korxonasi filialiga yuboriladi, davlat korxonasi qurilish bo‘limi bilan birgalikda besh ish kuni
mobaynida 0,04 gektargacha va ushbu hajm doirasidagi bo‘lgan har bir yer uchastkasiga (lotga)
individual raqam beradi, chegara burilishi nuqtalari koordinatalari hamda burilish nuqtalari
o‘rtasidagi chegara chizig‘i uzunligini ko‘rsatgan holda yer uchastkasi rejasini tuzadi, chegaradosh
yerlar chegaralarini tavsiflaydi hamda bir ish kuni mobaynida tuman (shahar) hokimligiga
yuboradi.
26. Davlat korxonasi filialining chegara burilishi nuqtalari koordinatalari hamda burilish
nuqtalari o‘rtasidagi chegara chizig‘i uzunligini ko‘rsatgan holda yer uchastkasi rejasini tuzish,
chegaradosh yerlar chegaralarini tavsiflash hamda yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada)
belgilash bo‘yicha ishlari narxi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi
186-son qarori ilovasidagi Kadastr ishini tayyorlash va ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr
hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari narxlarini belgilash 
tartibining 
3.1 -bandidagi
yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun
ajratiladigan yer uchastkalariga kadastr ishini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish
narxidan kelib chiqib belgilanadi.
27. Lotning eng past narxi yer uchastkasining joylashuviga bog‘liq holda, har chorakda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi va viloyatlar moliya bosh boshqarmalari,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar davlat soliq boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi va viloyatlar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalarining tavsiyalari asosida
ushbu Nizomning 
26-bandida
ko‘rsatilgan ishlar qiymatini qo‘shgan holda belgilanadi hamda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
Sotiladigan lotning eng past narxi auksion o‘tkazilayotgandagi boshlang‘ich narx
hisoblanadi.

Download 283.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling