Hujjat kuchini yo‘qotgan
Download 283.18 Kb. Pdf ko'rish
|
63-280~1
boshlang‘ich narx — lot elektron onlayn-auksionga qo‘yiladigan dastlabki narx;
“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasining texnik ishdan chiqishi — ishtirokchilardan birining elektron onlayn-auksion tartibotida ishtirok etishi imkoniyatini istisno etadigan yoxud operator xodimi tomonidan elektron onlayn-auksion o‘tkazishga xizmat ko‘rsatilishi imkoniyatini istisno etadigan elektron savdo maydonchasining texnik nosozliklari; auksion ishtirokchisi — elektron onlayn-auksionda ishtirok etishga buyurtma bergan va unda ishtirok etishga qo‘yilgan jismoniy shaxs; elektron onlayn-auksion — auksion shaklidagi elektron savdolar usuli bo‘lib, unda lotlar Internet tarmog‘ida “E-IJRO AUKSION”da potensial xaridorlarning undan teng foydalanish huquqi asosida amalga oshiriladi. 4. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish “E-IJRO AUKSION ” yagona savdo maydonchasida elektron auksionlar o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi . Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari mazkur Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan alohida toifadagi fuqarolarga ularning arizalari asosida auksionsiz beriladi. Yer uchastkalari faqat shaharsozlik hujjatlari (aholi punktining bosh rejasi va aholi punkti tegishli qismining BRL) bilan ta’minlangan aholi punktlari hududlarida beriladi (auksionga qo‘yiladi). Aholi punkti bosh rejasida yakka tartibda uy-joy qurish nazarda tutilgan aholi punkti qismlarining BRL bo‘lmagan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari tomonidan belgilangan tartibda tuman (shahar) hokimliklari taqdim etgan yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun bo‘sh yer uchastkalari ro‘yxati asosida BRL ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi ta’minlanadi. Yakka tartibli uy-joy qurilishi uchun BRL ishlab chiqishni moliyalashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning tegishli mahalliy budjetlari maxsus g‘aznachilik hisobvaraqlariga yer uchastkalariga umrbod egalik qilish huquqini auksionlarda realizatsiya qilishdan, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan amalga oshiriladi. 5. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini berish va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni realizatsiya qilish mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. Auksion ishtirokchisi elektron onlayn-auksion orqali yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun bitta yer uchastkasini bir yilda bir marta sotib olish huquqiga ega. Download 283.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling