Hujjat kuchini yo‘qotgan


-bob. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini auksionsiz berish tartibi


Download 283.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/21
Sana21.06.2023
Hajmi283.18 Kb.
#1638501
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
63-280~1

2-bob. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini auksionsiz berish tartibi
6. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun 0,04 gektargacha va ushbu hajm doirasidagi yer
uchastkalari auksionsiz:
halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar oilalariga;
Keyingi
 tahrirga qarang.
davlat va xususiy uy-joy fondidagi o‘zlari egallab turgan uy-joyni tuman (shahar)
hokimliklariga o‘tkazayotgan fuqarolar va mulkdorlarga beriladi.
Yer uchastkasini berish bo‘yicha imtiyozlar bir oilaga bir marta (mulkdorning nomiga) beriladi
va oilaning boshqa a’zolariga tatbiq etilmaydi.
7. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasini olishga ariza tuman (shahar)
hokimligiga beriladi.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
buyurtmachilarning doimiy yashash joyi bo‘yicha uy-joy kadastr hujjati nusxasi (mavjud
bo‘lgan taqdirda);
mazkur Nizomning 
6-bandida 
ko‘rsatib o‘tilgan fuqarolar toifalarining birortasiga
mansublikni tasdiqlovchi hujjat.


08.04.2023, 16:19
63-сон 28.01.2019. Yer uchastkalari berish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishning zamonaviy va shaffof mexa…
https://lex.uz/ru/docs/-4182210?ONDATE=29.01.2019
4/28
8. Ariza tuman (shahar) hokimi boshchiligidagi doimiy amal qiluvchi yer uchastkalarini berish
(realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish komissiyasi (keyingi o‘rinlarda komissiya deb ataladi)
tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Komissiya tarkibiga yer resurslari va davlat kadastri, qurilish, ekologiya va atrof-muhitni
muhofaza qilish, sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari, fuqarolar yig‘inlari vakillari,
shuningdek, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari tuman (shahar) kengashi raisi
kiritiladi.
9. Komissiya arizani olgandan keyin o‘n kun muddatda uni ko‘rib chiqadi va yer uchastkasi
berishning maqsadga muvofiqligi yoki yer uchastkasi berish asoslangan holda rad etilganligi
haqida xulosa beradi.
10. Komissiyaning ijobiy xulosasi asosida tuman (shahar) hokimi yakka tartibda uy-joy qurish
uchun yer uchastkasi berish haqida bir kun muddatda qaror qabul qiladi.
11. Tuman (shahar) hokimining qarori asosida tuman (shahar) qurilish bo‘limi (keyingi
o‘rinlarda qurilish bo‘limi deb ataladi), yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining
tuman (shahar) filiali (keyingi o‘rinlarda davlat korxonasi filiali deb ataladi), “Qurilishda muhandislik
izlanishlari, geoinformatika va shaharsozlik kadastri loyiha ilmiy-tadqiqot instituti” davlat unitar
korxonasi filiali (“O‘zGAShKLITI” DUK filiali deb ataladi) bilan birgalikda uch kun muddatda yer
uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilashni amalga oshiradi, shuningdek, yer uchastkasi
oluvchiga quyidagi hujjatlarni beradi:
tuman (shahar) hokimi qaroridan ko‘chirmani;
yakka tartibda uy-joy qurish BRL (yakka tartibda uy-joy qurish uchun mo‘ljallangan yer
uchastkalari massivi bosh rejasi) nusxasini, uchastka chegaralarini belgilagan holda.
Yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash hamda uchastka chegaralarini
belgilagan holda yakka tartibda uy-joy qurish BRL (yakka tartibda uy-joy qurish uchun
mo‘ljallangan yer uchastkalari massivi bosh rejasi)dan nusxani tayyorlash bo‘yicha olib boriladigan
ishlar uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida to‘lov undiriladi, to‘lov quyidagicha
taqsimlanadi:
Keyingi
 tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdoridagi summa — qurilish bo‘limi hisob
raqamiga;
Keyingi
 tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining 80 foizi miqdoridagi summa — davlat korxonasi filiali hisob
raqamiga;
Keyingi
 tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdoridagi summa — “O‘zGAShKLITI” DUK filiali hisob
raqamiga.
Keyingi
 tahrirga qarang.
Shuningdek, davlat korxonasi filiali belgilangan tartibda yer uchastkasiga meros qilib
qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini ro‘yxatga oladi.
12. Yer uchastkasini olish huquqiga ega bo‘lgan va ariza bergan barcha fuqarolarga yer
uchastkalarini berish imkoni bo‘lmagan holatlarda, tuman (shahar) hokimligi yakka tartibda uy-joy
qurish uchun yer uchastkasini olishga ariza berganlarning hisobini jahon Internet tarmog‘i orqali
ariza berganlar o‘zining ro‘yxatdagi o‘rnini kuzata oladigan elektron shaklda olib boradi.
Navbat tartibida yer uchastkalarini olishga ehtiyojmand fuqarolar ro‘yxati tuman (shahar)
hokimi tomonidan har olti oyda kamida bir marta tasdiqlanadi.
13. Ariza berganlar ular tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilgani haqida, yer uchastkasi berilishining
mo‘ljaldagi muddatini ko‘rsatgan holda xabardor qilinishi lozim.

Download 283.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling