Ventilyasiya xajmining normotiv kattaligini uglerod (IV) oksidining mikdorini xisobga olgan xolda bitta odamga bir soatda
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
gigiena
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI M.X.Nurmuxamedova, H.A.Nazarova GIGIENA O’zbekiston respublikasi So’g’liqni saqlash vazirligi tomonidan Oliy ta’lim bo’yicha farmatsevtika institutlari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan TOSHKENT 2007 yil KIRISH Farmasevtika institutlar va fakultetlarda gigiena fanini o’qitishdan maqsad, bo’lajak provizorlarda gigiena asoslarini ilm sifatida shakllantirish, mamlakat aholisini dori preparatlari bilan ta’minlashdagi muammoli masalalarni hal etishda bevosita aloqador ekanligini va asosiy o’rin egallashini tushuntirishdan iborat. Gigiena darsligining mazmuni va vazifalari sog’liqni saqlash tizimida olib borilayotgan profilaktik chora – tadbirlarini ochib berish, aholini sog’lomlashtirish muammolariga qaratilgan. Bu bo’lajak provizorlarga dori preparatlari va ularning shakllarini, dorixona muassasa va korxonalarida, ish faoliyatlarida profilaktik chora – tadbirlarni ishlab chiqarishda fikr yuritishga yordam beradi. Darslikda inson organizmiga doimo ta’sir etuvchi atrof muhit omillari suv, havo, tuproq, oziq- ovqat mikroflorasining umumnazari gigienik jihatlari bayon etilgan. Bu bo’limlarni yoritishda an’anaviy usullardan foydalanibgina qolmay, balki muallif zamonaviy gigienaning ilmiy asoslari va ilg’or tajribalariga suyangan holda darslik yaratildi. Atrof muhitga gigienik хаrakteristika berishda oxirgi yillarda rasmiy hujjatlar, uslubiy ko’rsatma, sanitary qoidalaridan foydalanilgan. Gigienaning nazariy qismini amaliy sanitary tavsiyalari va talablar asosida chuqur o’rganish, bo’lajak provizorlarda mustahkam bilim egallashlarida va bilimlar amaliy faoliyatni olib borishlarida yordam beradi. Dorixona korxonalari, muassasa va kimyo – farmasevtika sanoatidagi ishlab chiqarish jarayoni zamonaviy gigienik talablar asosida olib boriladi. Turli xil dori preparatlarini ishlab chiqarishda qo’llaniladigan texnologik jarayon va asbob – uskunalarning loyihasiga isitish, havo almashtirish, yoritish, ichki pardozlariga qo’yiladigan zamonaviy talablarni aks ettiradi. Bu darslik farmasevtika institutlari va tibbiyot oliygohi fakulteti talabalariga mo’ljallangan bo’lib, bulardan dorixona xodimlari ham foydalanishlari mumkin. Darslikdan ma’lum darajada texnolog – mutaxassislar, hamda dori tayyorlash jarayoniga aloqador bo’lgan shaxslar ham foydalanishlari mumkin. Mualliflar darslik hajmidagi barcha taklif va e’tirozlarni qabul qiladilar. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling