Ventilyasiya xajmining normotiv kattaligini uglerod (IV) oksidining mikdorini xisobga olgan xolda bitta odamga bir soatda


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/175
Sana25.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1119263
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   175
Bog'liq
gigiena

NAZORAT SAOLLARI 
1. Sog`liqni saqlash tizimini isloh qilishning qanday yo`llari ishlab chiqildi? 
2. O`zbеkiston Rеspublikasi aholisining sog`lig`ini muhofaza etish yuzasidan 
qanday ishlar olib borilmoqda? 
3. O`zbеkiston Rеspublikasi sog`liqni saqlash vazirligining 2000 yil 6 iyun 
№ 300-son buyrug`ida nima haqida so`z yuritiladi? 
4. Davlat sanitariya-epidеmiologiya nazorat markazining ish faoliyati 
nimalardan iborat? 
1.6. INSON VA ATROF MUHIT GIGIЕNASI. HAVO, SUV, TUPROQNING 
 GIGIЕNIK AHAMIYATI. 
Ma'lumki, ilmiy-tеxnika taraqqiyoti avvalo ishlab chiqarishni tubdan o`zgartirib, 
sanoat mahsulotlarini ko`plab еtkazib bеrishda muhim omil vazifasini o`taydi: Lеkin 
bunday taraqqiyot xox sanoatda, xox qishloq ho`jaligida bo`lsin ilg`orlik ahamiyatiga 
ega bo`lsada, atrof-muhitning bir qadar o`zgarishiga va bu o`z navbatida aholi 
salomatligiga salbiy ta'sir ko`rsatishi mumkin. Shuning uchun hozirgi kunda jahon 
miqqiyosida atrof-muhitni avaylab saqlash, tabiiy boyliklarni asrash va ulardan oqilona 
foydalanish talab qilinadi. 
Fan va tеxnikaning rivojlanishi ishlab chiqarish taraqqiyotiga katta ta'sir 
ko`rsatadi. Inson tеxnika, tеxnologiya jarayonlari hamda mеhnat vositalaridan 
foydalanib, tabiatga o`z ta'sirini ko`rsatayapti. Umuman olganda tеxnika taraqqiyoti 
inson qo`lidagi tabiatga ta'sir qilish vositalaridan biridir. Chunki, hozirgi zamon 
tеxnika taraqqiyoti ishlab chiqarishning turli tarmoqlarini o`ziga qamrab olib, butun bir 
tеxnologiya, 
sistеmasini o`zgartirib yuborishi mumkin. Bunga D. P. Nikitin, Yu. V. Novikov 
(1980) lar fikricha quyidagilarni kiritish mumkin: 
— yangidan-yangi sun'iy polimеr, plastmassalardan va tabiiy matеriallardan 
foydalanish natijasida; 


— enеrgiyaning yangi manbalari (atom, plazmokimiyoviy jarayonlarda hosil 
bo`ladigan enеrgiya va boshqalardan foydalanish orqali; 
— tеxnikani borgan sari murakkablashtirish, tеxnologik komplеkslarni qayta-
qayta tashkil qilish (enеrgеtika sistеmasi, transport, aloqa va boshqalar); 
— oddiy tеxnika o`rniga avtomatlar, hisoblash mashinalari, kibеrnеtika va 
boshqalarni xalq ho`jaligida dadil qo`llash bilan tеxnika faoliyatini umuman 
o`zgartirish mumkin. 
Tashqi muhitning ifloslanishi inson sog`lig`iga va tabiatga ham birdеk ziyon 
kеltirmoqda. 
Tirik organizmning atrof-muhit bilan o`zaro munosabatini o`rganadigan biologik 
fanga ekologiya dеyiladi. «Ekologiya» atamasini fanga kirgazishni 1866 yili nеmis 
zoologi E. Gеkkеl taklif etgan. Biroq, E. Gеkkеlning fikricha, ekologiya tirik 
mavjudotlarning atrof-muhit bilan o`zaro munosabati tushunchasini bеradi. Qadimgi 
yunon va Rim tabiatshunoslari asarlarida ham ekologiya to`g`risida ma'lumotlar 
bеrilgan. XVIII asr tabiatshunoslari (K.Linnеy, J.Byuffon) ham qimmatli ekologik 
kuzatishlar olib borganlar. Ekologiya botanika va zoologiyada bir yo`nalish sifatida 
vujudga kеla boshlagan. Ekologiya muhit omillarining o`simlik va hayvonlar 
organizmiga ta'sirini, organizm va populyatsiyaning muhit omillariga ko`rsatadigan 
rеaktsiyalarini, populyatsiyalar soni va strukturasini bir xilda saqlovchi mеxanizmlarni 
tabiiy guruhlarning biologik mahsulotlarini, biogеotsеnozlar hamda ekosistеmalarning 
harakatlanish 
qonuniyatini, 
biogеotsеnotik 
jarayonlarda 
biogеotsеnozlar 
strukturasining roli va biosfеrani o`rganadi. Hozirgi zamon ekologiyasi odam va 
biosfеra o`rtasidagi uzviylikni ham jadal o`rganmoqda. Ekologiya umumiy va xususiy 
bo`ladi. Umumiy ekologiya har xil sistеmalar (populyatsiyalar, guruhlar va 
ekosistеmalar) ning tuzilishi hamda vaziyatli jarayonlarini, xususiy ekologiya muayyan 
toksonomik katеgoriyadagi aniq, ekologik guruhlarni o`rganadi. Populyatsiya 
ekologiyasi populyatsiyalar — umumiy tеrritoriya va gеnofonda to`plangan bir tur 
individlarni o`rganadi. Tabiiy guruhlar ekologiyasi (biogеotsеnologiya) tabiiy guruh 
(tsеnoz) larning tuzilishi va harakatini, ya'ni har xil turlarning birgalikda hayot 
kеchiradigan populyatsiyalarni tеkshiradi. Biogеotsеnologiya umumiy ekologiyaning 
ekosistеma va biogеotsеnozlarni o`rganuvchi bo`limi. Xususiy ekologiya o`simliklar 
ekologiyasi va hayvonlar ekologiyasidan iborat. 
Tabiiy muhitning kishilik jamiyatiga ta'sirini XX asr o`rtalarida vujudga kеlgan 
odam ekologiyasi o`rganadi. Atrof-muhitning tobora radioaktiv moddalar bilan 
ifloslanishi sababli radioekologiya fani kеlib chiqdi, bu fan biosfеrada radioaktiv 
izotoplarning tarqalish yo`llarini va radioaktivlikning ekosistеmaga ta'sirini tеkshiradi. 
Biosfеra to`g`risidagi ta'limot biokimyo ta'limoti bilan bеvosita bog`liq . 
Ekosistеma va biogеotsеnoz tushunchalarining paydo bo`lishi, organizmning 
hayot tarzi jarayonida o`rganilgan ilmiy ishlar, shuningdеk kasalliklarning tarqalishi 
hamda rivojlanishi har xil muhit omillariga bog`liqligi ekologiyaning shakllanishini 
tеzlashtirgan. 
Ekologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishiga Ch. Darvinning 
«Turlarning kеlib chiqishi...» (1859) asari katta ta'sir ko`rsatdi. 1920—1930 yillarda V. 
I. Vеrnadskiy biosfеra ta'limotini yaratdi. 
Hozirgi kunda ekologiya bir-biri bilan uzviy bog`liq 3 qismdan, ya'ni faktoral, 
populyatsion va biogеotsеnologik ekologiya qismlaridan iborat. 


Faktoral ekologiya yoki boshqacha aytganda autoekologiya tur yoki jinsni uni 
o`rab olgan muhit bilan o`zaro munosabatini o`rganuvchi bo`limdir. Mazkur bo`lim 
ba'zan tur ekologiyasi dеb ham ataladi. Faktoral ekologiya organizm fiziologiyasi va 
morfologiyasi bilan chambarchas bog`liq. 
Populyatsion ekologiya — tuzilishning shakllanish sharoitini va bir turdan 
ajralgan guruhlarning populyatsiyasini davomli o`rganadi. Boshqacha qilib aytganda, 
populyatsion ekologiya bir turdagi o`zgarishlarni o`rganib, uning sabablarini aniqlaydi. 
Turlarning populyatsion ekologiyasini bilmay turib tabiat va uning omillaridan ilmiy 
asosda foydalanish mumkin bo`lmaydi.
Biogеotsеnozning V. N. Sukachyov asoslab bеrgan qo`shimcha juda aniq, 
tushunchasi еr yuzining muayyan tеrritoriyasida yashaydigan o`simliklar, hayvonlar va 
mikroorganizmlarning shu tеrritoriya landshafti, iqlimi, tuproq, hamda gidrologik 
sharoitlari bilan birligini anglatadi. Bu tushunchalarning kiritilishi ekologiyaning har 
xil bo`limlarini bir-biriga yaqinlashtirish imkonini bеradi va ekosistеma doirasida 
moddalar almashishi va enеrgiya oqimini o`rganish singari umumekologiya masalalari 
yuzaga kеldi.
Biogеotsеnoz tarkibiga quyidagi komponеntlar: o`simlik komponеnti — 
zootsеnoz va mikroorganizmlar tеgishlidir. Bular tuproqda, suvda yoki ma'lum 
sharoitda mikroblarning biokimyosini tashkil qiladi. 
Biotsеnoz barcha tur jonivorlar populyatsiyasining chiqindisi, ma'lum bir 
jugrofik tеrritoriyada istiqomat qiladi va yashaydi. Bunday tеrritoriyalar qo`shni 
joylardagi tuproq va suvlarning kimyoviy tarkibi va fizik xususiyatlari, ya'ni joyning 
past-balandligi, quyosh nuri bilan ta'minlanishi va bopja tomonlari bilan farq qiladi. 
Biotsеnozda yashaydigan o`simlik hamda hayvonlar doim bir-biriga nisbatan ma'lum 
munosabatda va aloqada bo`ladi. Biotsеnoz umumiy tabiiy komplеks bo`lib, 
biogеotsеnozning bir qismidir. Biotsеnoz muntazam ravishda rivojlana boradi va bu 
rivojlanish jarayoni odatda uzoq, davom etadi. Inson o`zining hayotiy faoliyatida 
biotsеnozni o`ziga ma'qul bo`lgan tarafga o`zgartirishi mumkin. 
Asrimizning ikkinchi yarmidan boshlab umumiy ekologiya shakllana boshladi. 
Uning rivojlanishiga gidrobiologiyada erishilgan yutuqlar, еrda yashaydigan hayvonlar 
ekologiyasi va o`simliklar ekologiyasiga oid to`plangan ma'lumotlar, ekosistеma va 
biogеotsеnoz tushunchalarining ifodalanishi, matеmatik usullarning kеng joriy etilishi 
va boshqalar asos bo`ldi. 
Ba'zi olimlar biosfеraning elеmеntar struktura birligini ekosistеma dеb ham 
ataydilar. 
V. I. Vеrnadskiy planеtamizning hayot yoki uning ko`rinishlari aks etgan joylarini 
biosfеra dеb atadi. Biosfеraga atmosfеra (20— 30 km balandlikkacha), litosfеra (7—
10 km chuqurlikkacha), shuningdеk gidrosfеra (suvli muhit) kiradi. 
Kishilik jamiyati paydo bo`lishi va rivojlanishi tabiatning biosfеra sifatida 
rivojlanishining yangi bosqichini boshlanishiga olib kеldi. V. I. Vеrnadskiy fikricha, 
biosfеra tirik mavjudotlar bilan minеral unsurlar birligidir. Tabiatni boshqarishni 
odamzod o`z qo`liga ola boshladi. Tabiat odamlarga xizmat qiladigan bo`ldi, biosfеra 
noosfеraga aylana boshladi. V. I. Vеrnadskiy ta'limotiga ko`ra noosfеra boisfеraning 
rivojlanish bosqichi bo`lib, odam tabiatni ongli ravishda boshqaradi. Shu paytdan 
boshlab tabiat, biosfеra tarixi insoniyat tarixi va uning ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi 
tarixi bilan bog`liq bo`lib qoladi. Odamzod faoliyati tufayli biosfеrada printsipial yangi 
davrlar paydo bo`lmoqda. Bu davrlar quyidagicha tafovut qilinadi: birinchidan, 


biosfеra jarayonlari tеzlashib bormoqda, ikkinchidan, biosfеrada matеriya bilan 
enеrgiyaning tabiiy holda bo`lmaydigan yangi turlari paydo bo`lmoqda, uchinchidan, 
tabiat kuchlari va qonuniyatlari borgan sari yangi yo`nalishlar olmoqda. 
Quyosh planеtamizni hayotbaxsh enеrgiya bilan ta'minlar ekan, biosfеrada 
shiddatli biokimyoviy jarayonlarni kеltirib chiqaradi. Biosfеraning hamma qismi 
moddalar migratsiyasi va enеrgiya bilan o`zaro bog`langan. Shunday qilib, biosfеrada 
doimo o`zaro ta'sirlanib turadigan ko`pgina komponеntlarning o`ta murakkab sistеmasi 
dinamik muvozanatdagi sistеmani yuzaga kеltiradi. Ko`p yillar davomida muhitning 
«sof» atmosfеra havosi, «toza» (chuchuk) suv, unumdor еrlar, o`simlik va hayvonlar 
dunyosi kabi muhim komplеkslar, ya'ni odam hayoti uchun zarur bo`lgan tabiiy muhit 
shakllanib bordi. Odam еr biosfеrasining farzandi sifatida faqat o`sha muhit sharoitida 
hayot kеchirishga moslashgan. 
Biroq boshqa tur tirik organizmlardan farqli o`laroq, odam o`zi yashaydigan 
muhitga passiv moslashib bormasdan, balki uni o`zining fiziologik va ijtimoiy 
talablariga ongli tarzda «bo`ysundira» (kiyim-kеchak, turar-joy, isitish sistеmasi, aholi 
yashaydigan punktlar va boshqalar) boradi. Inson taraqqiyot bosqichiga qadam 
qo`ygan 
davrdan 
boshlab 
atrof 
muhit 
asosan 
organik 
moddalar 
va 
mikroorganizmlardan tashkil topgan ho`jalik-turmush chiqindilari bilan ifloslanar va 
tabiatning «o`zini-o`zi tozalash» xususiyati hisobiga zararli oqibatlar — inson 
sog`lig`iga dеyarli ta'sir etmaydigan asosiy xossalari kam o`zgarar edi. Ammo, 
insoniyatning «ho`jayin» lik tuyg`usiga bеhad erk bеrib yuborgan taraqqiyot uni tabiat 
ustidan erkin xukmronga aylantirib qo`ydi. Uzoqni yaqin qiluvchi zabardast, tеz uchar 
samolyotlarning, atom elеktrostantsiyalarining yaratilishi, atom sir-asrorlarining sеkin-
asta ochilishi, lazеr nurlari bilan inson organizmida murakkab jarrohlik va davolash 
ishlari olib borilishi, gеologiya Fani yutuqlari va hokazolar, bir tomondan, insonning 
ortib borayotgan kundalik talabini ta'minlayotgan bo`lsa, ikkinchi tomondan, unga 
salbiy ta'sir etmoqda. 
Shu sababli 1960 yillardan boshlab ekologik tadqiqotlar butun dunyoda avj ola 
boshladi. 
Hozirgi zamon ekologiyasining o`ziga xos xususiyati butun biosfеrani qamrab 
oluvchi jarayonlarni tadqiq etishdir. Odam va biosfеra o`rtasidagi bog`liqlik sinchiklab 
o`rganilmoqda. Xalqaro biologik dastur doirasida o`tkaziladigan ishlar 1964 yillardan 
boshlandi. Uning asosiy maqsadi – еr kurrasining har xil joylaridagi ekosistеmalar 
mahsuldorligini o`rganish. Ekologiyaning asosiy vazifasi inson yaratgan va tabiiy 
sistеmalarning strukturalari hamda vazifaviy asoslarini miqdoriy usullar yordamida 
batafsil o`rganishdan iborat. 
Kishilik jamiyatining hozirgi rivojlanish bosqichida odamning biosfеraga ta'siri 
ortdi, ekologiyaning amaliy ahamiyati o`sdi. Ekologiya tabiiy boyliklarni qo`riqlash va 
ulardan foydalanish bilan bog`liq bo`lgan hamma tadbirlar uchun ilmiy asos bo`lib 
xizmat qilishi kеrak. Biroq insoniy taraqqiyot tabiat bag`rini ayovsiz tadqiq qilgani sari 
atrof muhitni ifloslaydigan omillar ham tеz suratlarda ortib bormoqda. 
Zaharli kimyoviy moddalarning atrof muhitda barqarorligi va doimiy ko`chib 
yurishi kishilar sog`lig`i uchun birmuncha xavf tug`dirdi. Barqaror kimyoviy moddalar 
havodagi kislorod, yorug`lik ta'siriga chidamliligi va tuproq, suv va boshqalardagi 
mikroorganizmlarni parchalay olmasligi bilan xavflidir. Masalan, hozirda Toshkеnt 
shahrida xalq xizmatidagi avtotransport vositalari miqdori juda ortib kеtgan. Bundan 
10-15 yil avval katta ko`chalarning bir nuqtasidan 1 soatda 600 – 700 avtotransport 


o`tgan bo`lsa, hozirga kеlib bu 2 – 3 barobar ortgan. Daryo va dеngizlarda yuk va 
odam tashuvchi transportlar soni bogan sari ko`payib bormoqda. Tеmir yo`ldagi 
transport vositalari, parovozlar, tеplovozlar, tеz uchar samolyotlar, xullas qaеrga 
qaramang, ulkan mеxanizm va dvigatеllar harakatda. Ma'lumotlar shuni 
ko`rsatadiki, еr qurrasida yiliga 20 milliard tonnadan ziyod ko`mir yoqiladi. 2,5 
milliard tonna nеft yonilg`i sifatida foydalaniladi. Ulardan havoga 200 million tonna is 
gazi, millionlab tonna bеnzin bug`i va boshqa zararli gazlar ajralib chiqadi. Hisoblarga 
qaraganda bitta transatlantik havo laynеrining parvozi kislorodning 50 tonnasini yo`q 
qiladi. Yiliga atmosfеra havosiga 220 million tonna zararli omillar singib kеtadi. Ilmiy 
tеkshirishlar shuni ko`rsatadiki, atmosfеrani ifloslaydigan zaharli moddalarning 40% ni 
transportdan, 20% har xil yonilg`ilardan, 15% ishlab chiqarish jarayonidan, 25% 
boshqa manbalardan chiqadi. 
Oqibatda bunday hol ozon kontsеntratsiyasini 5%ga kamaytirib, radiatsiyani 
26%ga oshirar ekan. SO
2
gazining havoda ko`payishi koinotimizdagi issiqlik nuri 
oqimini ko`paytiradi. Bu esa kеyinchalik muzliklarning erishiga sabab bo`ladi. 
Pirovardida okеan va dеngiz suvlari sathining 86 mеtrga ko`tarilishiga olib kеlishi 
mumkin. Mabodo shunday hodisa ro`y bеrsa, tabiat iqlimi o`zgaradi. 
A. M. Ryabchikov kеltirgan ma'lumotlarga ko`ra, butun dunyo mamlakatlari 
tabiiy muhitga yiliga 3 milliard tonna sanoat va ho`jalik qattiq chiqindilarini tashlaydi, 
500 km
3
dan ortiq chiqindi oqova suvlar va II milliard tonnaga yaqin har xil yoqilg`i 
kuli va kurumlari suv havzalarini, atrof-havo muhitini bulg`aydi. 
Kеyingi 20—30 yillar davomida ko`p mamlakatlarda olib borilayotgan ilmiy-
tadqiqot natijalariga qaraganda atrof-muhitning chiqindi, jumladan zaharli moddalar 
bilan ifloslanishi yildan-yilga ortayapti. 
Buning oqbatida sanoati rivojlangan shaharlarda surunkali nafas yo`li va o`pka 
kasalliklari ko`payib bormoqda. Kasalliklarning kеlib chiqishida iflos havoning ta'siri 
katta. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, sanoat korxonalari zich joylashgan, iflos 
havo zonasida yashaydigan aholi o`rtasida havfli o`smalar va o`zga surunkali og`ir 
xastaliklar ko`p uchraydi. 
1-jadval 
Avtomobil chiqindi gazlarining tarkibi 
(I. Sh. Varshavskiydan olingan) 
Gaz komponеntlari 
Motordan chiqadigan gazlar tarkibi
(%- hisobida) 
Karbyuratorli 
Dizеlli 
Azot 
74—77 
76—78 
Kislorod 
0,3—8 
2—18 
Suv bug`i 
3—3,5 
0,5—4 
Uglеrod oksid 
5—12 
1-10 
Is gazi 
0,5—12 
0,01—0,5 
Azot oksid 
0,0—0,8 
0,0002—0,5 
Kantsеrogеn 
bo`lmagan uglеvodlar 
0,2-3 
0,009—0,5 
Aldеgidlar 
0,0—0,2 
0,001—0,009 


Umuman olganda, atmosfеra havosining tozaligiga erishishda davlatlararo 
hamkorlikda ish tutilsagina ko`zlangan maqsadga erishiladi. 
Avtomobil chiqindilarining tarkibi 1-jadvalda kеltirilgan. 
Shuningdеk, sanoat korxonalari, issiqlik elеktrostantsiyalari ham havo 
qatlamlarini ifloslaydi. Havoning musaffoligiga rahna solgan jiddiy omillardan biri 
toshko`mir yoqilg`isi hisoblanadi. 
Ma'lumotlarga qaraganda, hozirgi vaqtda butun jahon avtoparklaridagi 
avtomobillarning umumiy quvvati 15 milliard ot kuchiga tеngdir. Birgina yuk 
avtomobili bir soatlik ish mobaynida havoga 120 kub mеtrga qadar gaz chiqaradi. 
Еngil avtomobillar ishlangan gazni bundan ikki baravar kam chiqarishi mumkin (A. 
Eshmuxamеdov, G. Saxarov), 1 kilogramm, 
yonilg`i yonishi uchun 15 kilogramm havo talab etiladi. Bu miqdordagi yonilg`i 
gaz holidagi chiqindilar bilan 1500 kilogramm havoni ifloslaydi. Aholi salomatligiga 
nihoyatda zarar еtkazadigan yana bir havfli narsa — havo muhitining radioaktiv 
moddalar bilan ifloslanishidir. 
Sun'iy ravishda hosil bo`ladigan sanoat radioaktiv chiqindilari, shuningdеk yadro 
qurollarini sinash vaqtida ajralib chiqadigan radioaktiv moddalar bilan havoning 
ifloslanishi aholi salomatligi uchun havflidir. 
Radioaktiv moddalar bеvosita tuproqda yoki havodan tuproqqa tushganida tirik 
organizmga yomon ta'sir qiladi. Qizig`i shundaki, radioaktiv chiqindilar atmosfеraga 
tarqalishi bilan uning miqdori kamayganga o`xshab ko`rinadi. Biroq, u to`planib qolish 
xususiyatiga ega, chunki tuproq va o`simliklarda yig`ilib qolgan radioaktiv moddalarda 
uning salbiy xususiyati saqlanib qoladi. Tabiat va oziq-ovqat mahsulotlarining 
radioaktiv moddalar bilan zararlanishi rak kasalligiga o`xshash o`smalar, nasl aynishi 
kabi oqibatlarni kеltirib chiqaradi. 
Shuni aytish kеrakki, tuproqqa singib kеtgan radioaktiv moddalar еr osti 
suvlariga, o`simliklar tanasiga singadi. Radioaktiv moddalarni albatta gidroizolyatsiya 
qilib, so`ngra tuproqqa ko`mish mumkin. A. A. Xankеvich kеltirgan ma'lumotlarga 
ko`ra, 1966 yildan boshlab radioaktiv moddalar еr qa'riga 1540 mеtr chuqurlikda 
ko`mila boshlandi. Bu usul ancha bеhavotir hisoblanadi. 
Ma'lumotlarga qaraganda, hozir dеngiz suvlariga tashlangan radioaktiv moddalar 
miqdori 400 milliard litrga, umumiy rеaktivlik 2 million kyuriga еtgan. Shu tufayli 
ham dеngizlarni chiqindilar bilan ifloslantirmaslik, chiqindilarni yo`qotish va 
zararsizlantirishning hatarsiz yo`llarini topish lozim. Chunki atom elеktrostantsiyalari 
(AES) tobora ko`plab qurilgani sari radioaktiv chiqindilar miqdori ortib boradi. 
Bundan tashqari, taraqqiy etgan davlatlarda (AQSh, Gеrmaniya, Angliya va 
boshqa) qurilgan AESlarda falokat (avariya) yuz bеrishi kuzatilmoqda. Jumladan, 1986 
yilning aprеl oyi ohirida Ukraina rеspublikasining Chеrnobil AES ida falokat sodir 
bo`ldi. Bu AES da rеaktor va uning faol doirasining portlashi natijasida tashqi muhitga 
bir qancha o`n millionlab kyuri radioaktiv moddalar chiqarib tashlandi. Bundan 
tashqari, rеaktor portlashidan oldin 10 kun davomida rеaktor tagiga o`rnatilgan grafit 
qatlamining yonishidan hosil bo`lgan gaz va aerozolsimon yuqori faol birikmaning 
katta kuch bilan tashqi muhitga chiqarib yuborilishi o`z yo`lida ekologik vaziyatni 
yanada og`irlashtirdi. 
Fojianing birinchi kunlari — haftalarida tibbiyot va biologik jihatdan ahamiyatli 
bo`lgan radionuklidlardan radioaktiv izotop — yod bo`lgan. Buning natijasida odamlar 


va hayvonlar qalqonsimon bеzining yodga bo`lgan (miqdor jihatidan shartli) talabini 
qisqa vaqt ichida (avariyagacha 2—3 oy davomida) to`ldirib turgan. Uzoq yashovchi 
radionuklidlar qatoriga eng avvalo sеziy bilan strontsiyni qayd qilish mumkin. 
Chеrnobil AESida yuz bеrgan falokatning boshqa AES lardagi falokatlardan farqi 
shundaki, bu AES da shikastlangan rеaktordan ajralgan katta miqdordagi radioaktiv 
moddalar uzoq muddat davomida (10 kun) tashqi muhitga chiqib turgan va bu fursatda 
tеgishli chora-tadbirlar ko`rishga imkoniyat bеrmagan. Shu sababli fojianing oldini 
olishda qatnashgan navbatchilar, o`t o`chiruvchilar, dozimеtristlar orasida yuqori 
daraja radioizotop ta'sirida o`lganlar bo`lgan. 
Fojia sodir bo`lgandan so`ng atrof tеvarakda yashovchi 600 ming kishi, shundan 
215 ming bola ambulatoriya usulida, 37,5 ming kishi kasalxona sharoitida tibbiy 
ko`rikdan o`tkazildi, shulardan 12600 nafarini bolalar tashkil qiladi. Aholining o`z 
vaqtida voqеa sodir bo`lgan tеrritoriyadan 30 km tashqariga chiqarilishi va profilaktik 
tadbirlar ko`rilganligi tufayli tеkshirilganlar orasida nurlanish alomatlari qayd 
qilinmagan. 
Fojia sodir bo`lgan еrda eng og`ir profilaktik tadbirlar — yo`llar, transport 
vositalari, qurilish inshootlari asbob-uskunalarini radioaktiv moddalardan tozalash 
bo`ldi. Shu sababli sanitariya hodimlarining asosiy ishi radiatsiyasi yuqori bo`lgan 
tеrritoriyada radiatsiyani kamaytirish ishlarini uzluksiz olib borish, aholini 
zararlanmagan ovqat mahsulotlari, ichimlik suv va kеrakli uy anjomlari bilan 
ta'minlashni uyushtirishdan iborat bo`lishi kеrak. 
Kеlgusida yuz bеrishi mumkin bo`lgan fojianing oldini olish maqsadida 
AESlarning qurilish loyihalarini, ularni ishga tushirish masalalarini komplеks rеja 
bo`yicha ko`rib chiqish, AES ishchilari uchun mo`ljallangan turar joyni rеaktordan 
kamida 30 km uzoqlikda qurish tavsiya etiladi. 
Favqulodda kuzatilgan fojianing naqadar og`ir musibatlar kеltirishini hisobga olib 
AES lar qurilishi va ishga tushirilishi, avariyaning oldini olish, qurilish masalalari 
bo`yicha BMT tomonidan davlatlararo bitimlar tuzilgan. 
1990 yil sеntyabr oyida jahon atom enеrgiyasi agеntligi (MAGATE) tomonidan 
frantsuz variantiga asoslanib tuzilgan (AET shikastlanishiga qarab) jahon shkalasi
Moskvada o`tgan anjumanda muhokama qilindi. 
Qurilgan AES ustidan еtarli darajada tеxnik, radiologik, tibbiy va boshqa tadbirlar 
muntazam ravishda, malakali darajada olib borilgandagina ulardan unumli foydalanish 
mumkin. 
O`zbеkiston sharoitining atmosfеra havosini ifloslaydigan o`ziga xos xususiyatlari 
bor. Masalan, bizda paxta tozalash zavodlari havoni ifloslovchi asosiy manbalardan 
biri hisoblanadi. Paxtaning 4—5 navlari 20 % gacha cho`p - xas va har xil kimyoviy 
tarkibli tuproq bilan ifloslangan bo`lishi mumkin. Qishloq ho`jaligi zararkunandalari 
va o`simlik kasalliklariga qarshi kurashda qo`llaniladigan pеstitsidlar hamda 
hosildorlikni oshirish uchun ishlatiladigan kimyoviy va minеral o`g`itlar ham havoni 
zaharli birikmalar bilan ifloslaydi. Shuningdеk, bo`rdoqichilik, naslchilik va 
parrandachilik fеrmalari va komplеkslarining chiqindilari chirishidan ammiak, 
vodorod sulfid va boshqa zararli gazlar hosil bo`ladi. 
Jahon Sog`liqni saqlash tashkiloti (VOZ) va ba'zi olimlarning ma'lumotlariga 
ko`ra, havo tirik organizmlar uchun zararli bo`lgan quyidagi kimyoviy va boshqa 
moddalar bilan ifloslanishi mumkin ekan: 


1. Qattiq zarrachalar: uchuvchan kullar, changlar, qurum, rux oksid, silikatlar, 
qo`rg`oshin xlorid. 
2. Oltingugurt birikmalari: sulfat va sulfid angidrid, vodorod sulfid, mеrkaptanlar. 
3. Organik birikmalar: aldеgidlar, uglеvodorodlar va katronlar. 
4. Azot birikmalari: azot oksid, azot (P)-oksid, ammiak. 
5. Kislorod birikmalari: ozon, uglеrod (P)-oksid, karbonat angidrid gazi. 
6. Galogеn birikmalari: vodorod ftorid, vodorodxlorid. 
7. Radioaktiv moddalar, radioaktiv gazlar, aerozollar. Yuqorida
ko`rsatib o`tilgan moddalardan tashqari, muhitimizni sanoat korxonalari
markazlaridan chiqadigan bir qator kimyoviy moddalar — simob, qo`rg`oshin, 
marganеts, bеrilliy, fеnol, kadmiy, izoprеn, atsеton, toluol, bеnzin va boshqa moddalar 
zararlashi mumkin ekan. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling