Hujjat kuchini yo‘qotgan


Download 283.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/21
Sana21.06.2023
Hajmi283.18 Kb.
#1638501
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
63-280~1

jamoat ehtiyojlari — quyidagilarni:
jismoniy shaxslarga, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, shuningdek, yuridik shaxslarga
tegishli binolar va inshootlar, hududlarga olib keluvchi avtomobil yo‘llari va piyoda yo‘laklarini;
tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar yuridik shaxslarga, shuningdek, jismoniy shaxslarga
tegishli binolar va inshootlar hamda hududlarda o‘tkaziladigan muhandislik-kommunikatsiyalarini;
ariqlar, kanallar va boshqa suv arteriyalari, havzalarni, aholini suv bilan ta’minlashga
mo‘ljallangan, yashil o‘simliklar va qishloq xo‘jaligi ekinlarini;
davlat ta’lim va davolash muassasalari, internatlar, mehribonlik uylarini, shuningdek, davlat-
xususiy sheriklik asosida;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan hamda qonun hujjatlarida
taqiqlanmagan manbalardan shakllantiriladigan boshqa mablag‘lardan moliyalashtiriladigan
maydonlar, shuningdek, dam olish parklari, alleyalar, xiyobonlar, dam olish zonalari, ko‘llar, suv
havzalari va boshqa rekreatsion obyektlarni;
Maqsadli dasturlar doirasida qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha va shaharlarda
arzon uy-joylar qurish ehtiyojlari.
3. Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun berish mazkur Nizomning ilovasiga
muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
4. Yer uchastkalarida qurilishlarni olib borishda shaharsozlik, iqtisodiy, sanitariya talablari va
boshqa talablar qonun hujjatlarida belgilanadi.
Yo‘l yoqasidagi infratuzilma obyektlarini davlat-xususiy sherikligi shartlarida qurish uchun yer
uchastkalari berilganda, yer uchastkasini oladigan tadbirkorlik subyektlari O‘zbekiston Respublikasi
avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining tegishli hududiy bo‘linmasi bilan kelishgan holda, avtomobil
yo‘llari bo‘ylab hududlarni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish majburiyatini oladilar.
5. Yuridik yoki jismoniy shaxslarning egaligida, foydalanishida, ijarasida yoki mulkida bo‘lgan
yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun berish faqat bu yer uchastkasi belgilangan
tartibda ulardan olib qo‘yilganda (sotib olinganda) amalga oshiriladi.
Bunda, davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish to‘g‘risida qaror
qabul qilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya
muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 1-avgustdagi PF-5495-son
Farmoniga 
muvofiq faqat yer uchastkasi olib qo‘yilishi rejalashtirilayotgan manfaatdor shaxslar
bilan ochiq muhokama o‘tkazilganidan, shuningdek, foyda va xarajatlar baholanganidan keyin yo‘l
qo‘yiladi, yer uchastkalarini olib qo‘yishda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan turar joy va
ishlab chiqarish binolari, boshqa imoratlar va inshootlarning buzilishiga esa — ko‘chmas mulkning
bozor qiymati va olib qo‘yish sababli mulkdorga yetkazilgan zararning o‘rni to‘liq qoplanganidan
keyin ruxsat beriladi.
Yer uchastkasini olib qo‘yish haqidagi qaror bosh rejalarga, shuningdek, aholi punktlarini
batafsil rejalashtirish va qurish loyihalariga muvofiq qabul qilinadi

Download 283.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling