Hujjat kuchini yo‘qotgan
-bob. Yer uchastkasi ajratish materiallarini vakolatli organlar bilan kelishish tartibi
Download 283.18 Kb. Pdf ko'rish
|
63-280~1
3-bob. Yer uchastkasi ajratish materiallarini vakolatli organlar bilan kelishish tartibi
21. Qurilish bo‘limi, qurilish bosh boshqarmasining ijobiy xulosasi yoki tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligi kengashi kelishuvi olingan kundan keyingi ish kuni mobaynida tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligi yig‘ma jildni quyidagi vakolatli organlarga yuboradi: a) xulosa olish uchun: tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limiga, Toshkent shahrida — Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasiga; tuman (shahar) yong‘in xavfsizligi bo‘limiga, Toshkent shahrida esa — Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining yong‘in xavfsizligi boshqarmasiga; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasiga, viloyat yoki Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga; tuman (shahar) davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga, Toshkent shahrida esa — Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati shahar markaziga; O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasiga — aholi punktlaridan tashqarida joylashgan yer uchastkalari bo‘yicha, — bo‘lajak qurilish uchastkasining yer qa’rida foydali qazilmalar yo‘qligi haqida; Keyingi tahrirga qarang. Keyingi tahrirga qarang. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi huzuridagi tuman yo‘llardan foydalanish korxonasiga; “Suvoqova” DUK, “Suvsoz” DUK tuman (shahar) filialiga; Keyingi tahrirga qarang. “O‘zbekenergo” AJ tuman (shahar) energiya bilan ta’minlash korxonasiga; “O‘ztransgaz” AJ tuman (shahar) gaz bilan ta’minlash korxonasiga; b) kelishish uchun: tuman (shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limiga — qishloq xo‘jaligi maqsadlariga mo‘ljallangan yerlardan bo‘sh yer uchastkasi ajratilganda; O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab-chiqarish bosh boshqarmasining hududlararo (hududiy) davlat inspeksiyalariga — madaniy meros yodgorliklari muhofaza qilinadigan zonada joylashgan yer uchastkalari bo‘yicha; tegishli hududlar va inshootlaridan rejim asosida foydalanadigan hamda ulardan foydalanadigan tashkilotga — bo‘sh yer uchastkalari sanoat yerlari, temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlardagi yerlar tarkibiga kirgan hududlarda joylashganda; O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmatining hududiy organlariga — bo‘sh yer uchastkasi avtomobil turar joylari va yo‘l harakati xavfsizligiga ta’sir qiladigan boshqa obyektlar uchun ajratilganda. Yer uchastkalarining joylashuvi ularning bosh rejalarida, shuningdek batafsil rejalashtirish loyihalarida belgilangan hamda shaharsozlik hujjatlarida nazarda tutilgan funksional maqsadiga mos keladigan aholi punktlaridagi yer uchastkalari ajratish materiallari bo‘yicha davlat sanitariya- epidemiologiya nazorati xizmatining hamda ichki ishlar organlari yong‘in xavfsizligi bo‘limining xulosalarini olish talab etilmaydi. 22. Vakolatli tashkilotlar yig‘ma jild kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida yig‘ma jildni kelishadi yoki tegishli xulosalar beradi. 23. Vakolatli tashkilotning xulosasi “YERELEKTRON” AAT orqali vakolatli tashkilotning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron shaklda yoki xulosaning ko‘chirilgan nusxasi tarzida tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligiga yuboriladi. Bunda ijobiy yoki salbiy xulosa berilishi mumkin. 08.04.2023, 16:19 63-сон 28.01.2019. Yer uchastkalari berish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishning zamonaviy va shaffof mexa… https://lex.uz/ru/docs/-4182210?ONDATE=29.01.2019 22/28 Ijobiy xulosada yer uchastkasidan foydalanish huquqi egasiga nisbatan shaharsozlik, sanitariya, tabiatni muhofaza qilish, yong‘inga qarshi va boshqa norma hamda qoidalarga rioya etish talablari bayon etiladi. Salbiy xulosada me’yoriy-huquqiy hujjatning muayyan normasiga tayangan holda bo‘sh yer uchastkasini ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi. 24. Yer uchastkalari ajratish materiallarini kelishish tegishli yer uchastkasi bo‘yicha rozilik rezolyutsiyasini vakolatli tashkilotning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlash yo‘li bilan “YERELEKTRON” AAT orqali amalga oshiriladi. Kelishuv hech qanday izohlar va shartlarsiz amalga oshiriladi. Kelishuv rad etilgan holatda, tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligiga “YERELEKTRON” AAT orqali vakolatli tashkilotning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzda xat yoki xatning ko‘chirilgan nusxasi me’yoriy-huquqiy hujjatning muayyan normasiga tayangan holda, bo‘sh yer uchastkasini ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablarini ko‘rsatib yuboriladi. 25. Vakolatli organ bilan kelishilmaganda yoki salbiy xulosa olinganda, tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligi yer uchastkasi ajratish materiallarini qayta ishlab, ularni ushbu Nizomga muvofiq takroran kelishish (ular bo‘yicha xulosa olish) huquqiga ega. 26. Vakolatli tashkilotlar salbiy xulosa bergan taqdirda yoki kelishuvni rad etish to‘g‘risida xat yo‘llagan taqdirda, tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligi vakolatli tashkilotlarning e’tirozlaridan kelib chiqqan holda uch ish kuni davomida yer uchastkasining joylashgan joyini va yer uchastkasi ajratish materiallarini qayta ko‘rib chiqib, vakolatli tashkilotlarning xulosa va xatlarini ilova qilgan holda ularni davlat korxonasining filialiga, Toshkent shahar davlat korxonasiga qayta ishlash uchun yuboradi. Bunday holatlarda davlat korxonasining filiali, Toshkent shahar davlat korxonasi uch ish kuni davomida yer uchastkasini ajratish materiallarini qayta ishlaydi va tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligiga takroran yuboradi. Bunda yer uchastkasi ajratish materiallarini qayta ishlash va yangilangan materiallar tayyorlash ishlari uchun to‘lov undirilmaydi. 27. Ajratiladigan yer uchastkasining joylashgan joyi qayta ko‘rib chiqilgandan so‘ng va qayta ishlangan materiallar olingach, tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligi keyingi ish kunidan kechiktirmasdan yer uchastkasi ajratish materiallarini ushbu Nizomning 17 ― 24–bandlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun vakolatli tashkilotlarga takroran yuboradi. Bunda takroran yuborilgan yer uchastkasi ajratish materiallari ikki ish kunida ko‘rib chiqilishi kerak. Download 283.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling