Hujjat kuchini yo‘qotgan
-bob. Yer uchastkalari ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilish tuman (shahar) hokimining
Download 283.18 Kb. Pdf ko'rish
|
63-280~1
5-bob. Yer uchastkalari ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilish tuman (shahar) hokimining
vakolatiga kirmaydigan yer uchastkalari ajratish bo‘yicha materiallarni kelishish tartibi 29. Yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilish tuman (shahar) hokimi vakolatiga kirmagan taqdirda, tuman (shahar) hokimligi vakolatli tashkilotlarning ijobiy kelishuvi yoki ijobiy xulosasi olingandan so‘ng yer uchastkasi ajratish uchun keyingi ish kunidan kechikmasdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdimnoma yuboradi. 30. Taqdimnomaga quyidagilar ilova qilinadi: ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni ilova qilgan holda yer uchastkasi ajratish haqidagi hujjatlar yig‘ma jildi; vakolatli tashkilotlarning xulosalari va kelishuvlari. Taqdimnoma va unga ilova qilingan hujjatlar “YERELEKTRON” AAT orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron shaklda yoki ularning ko‘chirilgan nusxalari yuboriladi. 31. Taqdimnomada qayd etilgan yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, tuman (shahar) hokimi vakolatiga kirgan taqdirda, taqdimnoma va unga ilova qilingan hujjatlar kelib tushgandan so‘ng uch ish kunida ularni ko‘rib chiqadi va quyidagilar haqida qaror qabul qiladi: taqdim etilgan materiallarga muvofiq yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida; yer uchastkasining joylashgan joyi o‘zgartirilgandan keyin yer uchastkasi ajratilishi mumkinligi to‘g‘risida asoslangan sabablarni ko‘rsatgan holda; asoslangan sabablarni ko‘rsatgan holda yer uchastkasi ajratishni rad etish to‘g‘risida. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori keyingi ish kunidan kechiktirmasdan “YERELEKTRON” AAT orqali tegishli taqdimnoma kiritgan tuman (shahar) hokimligiga yuboriladi. 32. Yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kirgan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimligi taqdimnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni olgandan so‘ng keyingi kundan kechiktirmasdan “YERELEKTRON” AAT orqali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yer uchastkalari ajratish masalasini ko‘rib chiqish haqida xat yuboradi. Xatga tuman (shahar) hokimligining taqdimnomasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimligining qarori loyihasi va ushbu Nizomning 30-bandida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinadi. Agar yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilish Toshkent shahar hokimi vakolatiga kirmasa, u holda Toshkent shahar hokimi vakolatli tashkilotlarning ijobiy kelishuvi yoki ijobiy xulosasini olgandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmasdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga o‘z qarorining loyihasini, hujjatlar yig‘ma jildini va vakolatli tashkilotlarning ijobiy kelishuvlari yoki ijobiy xulosalari bo‘yicha materiallarni ilova qilgan holda xat yuboradi. 33. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘n ish kuni mobaynida yig‘ma jild va materiallarni ko‘rib chiqadi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, Toshkent shahar hokimligining qarori loyihasini yer uchastkasi joylashgan joyi bo‘yicha tegishli kompleks rahbari tomonidan viza qo‘yish yo‘li bilan kelishadi hamda uni keyingi ish kunidan kechiktirmasdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, Toshkent shahri hokimligiga, shuningdek, tegishli taqdimnomani kiritgan tuman (shahar) hokimligiga yuboradi. Istisno holatlarda, qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qaror chiqariladi. 08.04.2023, 16:19 63-сон 28.01.2019. Yer uchastkalari berish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishning zamonaviy va shaffof mexa… https://lex.uz/ru/docs/-4182210?ONDATE=29.01.2019 24/28 Tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishib olingandan keyin bir ish kuni davomida hujjatlar to‘plamini va vakolatli tashkilotlarning ijobiy kelishuvlari yoki ijobiy xulosalari bo‘yicha materiallarni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, Toshkent shahri hokimligining qarorini ilova qilgan holda, davlat korxonasi filialiga, Toshkent shahar davlat korxonasiga yuboradi. 34. Tanlangan yer uchastkasining joylashgan joyiga rozilik berilmagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlar yig‘ma jildini ko‘rib chiqqandan keyin bir kun davomida asoslangan sabablarni ko‘rsatgan holda, “YERELEKTRON” AAT orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, shuningdek tegishli taqdimnoma kiritgan tuman (shahar) hokimligiga xat yuboradi. 35. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlari ushbu Nizom 31- bandining uchinchi xatboshida nazarda tutilgan qarorni chiqarganda yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rozilik bermagan holatlarda, tuman (shahar) hokimligi uch ish kuni davomida yer uchastkasining joylashgan joyini qayta ko‘rib chiqadi hamda yer uchastkasini ajratish materiallarini vakolatli tashkilotlar bilan ushbu Nizomning 16 ― 27-banlarida belgilangan tartibda kelishish (xulosa olish) uchun takroran yuboradi. Bunda, yer uchastkasini tanlash bo‘yicha takroran yuborilgan materiallar vakolatli tashkilotlar tomonidan ikki ish kunida ko‘rib chiqilishi lozim. Vakolatli tashkilotlar bilan yer uchastkasi ajratish materiallari kelishilgandan (xulosa olingandan) so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ushbu Nizomning 29 — 34-bandlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun takroran yuboriladi. Download 283.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling