Hujjat kuchini yo‘qotgan


-bob. Yer uchastkasi ajratish materiallarini tayyorlash tartibi


Download 283.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/21
Sana21.06.2023
Hajmi283.18 Kb.
#1638501
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
63-280~1

2-bob. Yer uchastkasi ajratish materiallarini tayyorlash tartibi
6. Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlash
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat


08.04.2023, 16:19
63-сон 28.01.2019. Yer uchastkalari berish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishning zamonaviy va shaffof mexa…
https://lex.uz/ru/docs/-4182210?ONDATE=29.01.2019
19/28
qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi deb ataladi) quyidagi vakolatli
organlari tomonidan amalga oshiriladi:
tumanlar (shaharlarda) — yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman
(shahar)lardagi filiallari (keyingi o‘rinlarda davlat korxonasi filiali deb ataladi) tomonidan;
Toshkent shahrida — Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi
(keyingi o‘rinlarda Toshkent shahar davlat korxonasi deb ataladi) tomonidan.
7. Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallarni mazkur
Nizomning 
21-bandida 
nazarda tutilgan vakolatli tashkilotlar bilan kelishish tuman (shahar)
hokimligi, Toshkent shahar hokimligi tomonidan “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot
tizimi orqali amalga oshiriladi.
8. Yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlash ishlari mahalliy davlat hokimiyati
organining qarori bilan belgilangan yer uchastkasi ajratilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs —
buyurtmachi hamda davlat korxonasi filiali, Toshkent shahar davlat korxonasi tomonidan
shartnoma asosida bajariladi.
9. Mahalliy davlat hokimiyati organining qarori bilan belgilangan buyurtmachi yer
uchastkasini ajratish uchun tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligiga ariza beradi.
10. Tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligi buyurtmanoma kelib tushgandan keyin bir ish
kuni mobaynida uni tegishli ravishda davlat korxonasi filialiga, Toshkent shahar davlat korxonasiga
yuboradi.
11. Davlat korxonasi filiali, Toshkent shahar davlat korxonasi yetti ish kuni mobaynida
buyurtmanoma asosida shartnoma hujjatlarini tayyorlaydi va buyurtmachi bilan yer uchastkasi
ajratish materiallarini tayyorlash yuzasidan shartnoma tuzadi.
12. Yer uchastkasini ajratish materiallarini tayyorlash uchun davlat korxonasi filiali, Toshkent
shahar davlat korxonasi tomonidan “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi tasdiqlagan Yer tuzish,
davlat yer kadastri va yerlarni monitoring qilish bo‘yicha loyiha-izlanish ishlariga ketadigan
vaqtning namunaviy me’yorlari to‘plamiga muvofiq haq undiriladi.
13. Davlat korxonasi filiali, Toshkent shahar davlat korxonasi buyurtmachi bilan shartnoma
tuzilgandan keyin yigirma ish kuni davomida elektron shaklda yer uchastkasi ajratish haqida
hujjatlar yig‘ma jildini tayyorlaydi va uni “YERELEKTRON” AAT orqali tuman (shahar), Toshkent
shahar hokimligiga yuboradi.
14. Yer uchastkasini ajratish haqidagi hujjatlar yig‘ma jildiga (keyingi o‘rinlarda hujjatlar yig‘ma
jildi deb ataladi) quyidagilar ilova qilinadi:
yer uchastkasi, jumladan, maydoni (gektarda), yer uchastkasining yer fondi toifasi, mavjud
majburiyatlar, qaysi maqsadga mo‘ljallanayotganligi, ball boniteti va boshqalar haqida qisqacha
ma’lumot;
yer uchastkasini topografik xaritada (koordinatali nuqtalari bilan), yer uchastkasining
chegaralari va manzillarini (aholi punkti va ko‘chalar, ko‘cha bo‘lmaganda esa — mavjud obyektdan
metr hisobidagi masofa ko‘rsatiladi) M 1:500 dan M 1:1000 gacha kattalikda ko‘rsatilgan holda
joylashtirish rejasi;
chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari ko‘rsatilgan vaziyat bilan bog‘liq sxema;
yer uchastkasining kamida ikki tomondan o‘rab turgan obyektlar bilan birgalikdagi fotosurati
(15x20 sm);
yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilayotgan fuqarolar va yuridik
shaxslarning ro‘yxati, ularning buziladigan uy-joyi, ishlab chiqarish va boshqa qurilmalari, inshootlar
va daraxtzorlari;
qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarish nobudgarchiliklari va zararlar miqdori,
shuningdek, buziladigan binolar va inshootlar, ko‘p yillik daraxtzorlarni baholash haqidagi
ma’lumotlar.
15. Ushbu Nizomning 
14-bandida 
qayd etilgan barcha materiallar mavjud bo‘lmasa yoki ular
tegishli sifatda (boshqacha masshtabda, noaniq tasvirda) taqdim etilmasa, tuman (shahar),
Toshkent shahar hokimligi davlat korxonasining filialiga, Toshkent shahar davlat korxonasiga


08.04.2023, 16:19
63-сон 28.01.2019. Yer uchastkalari berish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishning zamonaviy va shaffof mexa…
https://lex.uz/ru/docs/-4182210?ONDATE=29.01.2019
20/28
kelgusi ish kunidan kechiktirmasdan hujjatlar yig‘ma jildini qayta tayyorlash uchun yuboradi.
Bunda bartaraf etilishi lozim bo‘lgan kamchiliklar ko‘rsatiladi.
Davlat korxonasining filiali, Toshkent shahar davlat korxonasi tuman (shahar), Toshkent
shahar hokimligi ko‘rsatgan barcha kamchiliklarni besh ish kunida bartaraf etadi va materiallarni
tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligiga “YERELEKTRON” AAT orqali takroran yuboradi.
16. Tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligi ushbu Nizomning 
14-bandida 
nazarda tutilgan
barcha materiallar bilan birga hujjatlar yig‘ma jildini olgandan so‘ng, uni besh ish kuni davomida
o‘rganadi va xulosa olish uchun tuman (shahar) qurilish bo‘limiga (keyingi o‘rinlarda qurilish bo‘limi
deb ataladi), Toshkent shahrida esa — Toshkent shahar qurilish Bosh boshqarmasiga (keyingi
o‘rinlarda qurilish Bosh boshqarmasi deb ataladi) yuboradi.
17. Shaharsozlik hujjati mavjud bo‘lgan taqdirda qurilish bo‘limi, qurilish Bosh boshqarmasi
uch ish kuni davomida yig‘ma jildni ko‘rib chiqadi, ajratiladigan yer uchastkasi bo‘yicha xulosa
tayyorlaydi va tegishli ravishda uni tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligiga yuboradi.
Xulosada shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etish talablari bayon etiladi.
18. Shaharsozlik hujjatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda, tuman qurilish bo‘limi, qurilish Bosh
boshqarmasi tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligidan hujjatlar yig‘ma jildini olgandan so‘ng
kelgusi ish kunidan kechiktirmasdan uni ko‘rib chiqadi hamda kelishish uchun o‘z xulosasini ilova
qilgan holda, hududiy arxitektura shaharsozlik kengashiga (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi)
kelishish uchun yuboradi.
Kengash besh ish kunidan kechiktirmasdan navbatdagi majlisda hujjatlar yig‘ma jildini ko‘rib
chiqadi hamda materiallarni elektron raqamli imzosini qo‘yish yo‘li bilan kelishadi.
Kelishilgan materiallar, ular kelishilgandan so‘ng keyingi kundan kechiktirmasdan tuman
(shahar), Toshkent shahar hokimligiga taqdim etish uchun Kengash tomonidan qurilish bo‘limiga,
qurilish Bosh boshqarmasiga yuboriladi.
19. Qurilish bo‘limi, qurilish bosh boshqarmasi xulosasi va kengash tomonidan kelishilgan
materiallar “YERELEKTRON” AAT orqali elektron shaklda tuman (shahar), Toshkent shahar
hokimligiga raqamli imzo bilan tasdiqlangan hujjat shaklida yoki nusxasi ko‘chirilgan shaklda
yuboriladi. Bunda xulosa ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin.
Ijobiy xulosada yer uchastkasidan foydalanish huquqi egasiga nisbatan shaharsozlik va
boshqa normalar hamda qoidalarga rioya etish talablari bayon etiladi.
Salbiy xulosada qonunchilikning muayyan normalariga tayangan holda, yer uchastkasini
ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi hamda tegishli yer uchastkasini
boshqa, ko‘proq mos keladigan joydan ajratish haqida taklif beriladi.
Kengash materiallarni kelishishdan bosh tortgan taqdirda, qurilish bo‘limi, qurilish bosh
boshqarmasiga Kengash yig‘ilishining bayonnomasi rad etishni asoslagan va me’yoriy-huquqiy
hujjatning aniq normasini ko‘rsatgan holda, yer uchastkasi ajratish joyini ko‘chirish haqidagi taklif
bilan yuboriladi.
20. Qurilish bo‘limi, qurilish bosh boshqarmasi salbiy xulosa bergan yoki Kengash bilan
kelishish rad etilgan taqdirda, tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligi yer uchastkasi ajratish
materiallarini qayta ishlash, shu jumladan berilgan xulosaga muvofiq ajratiladigan uchastkasi
joylashuvini o‘zgartirish (kelishishni rad etish sabablarini asoslagan holda) huquqiga ega.
Bunda, tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligi ikki ish kuni mobaynida qurilish bo‘limi,
qurilish bosh boshqarmasining salbiy xulosasida yoki Kengashning kelishishni rad etish bayon
qilingan taklifni ko‘rib chiqadi hamda hujjatlar yig‘ma jildini Kengash yig‘ilishining xulosasi yoki
bayonnomasini ilova qilgan holda davlat korxonasi filialiga, Toshkent shahar davlat korxonasiga
qayta ishlash uchun yuboradi.
Davlat korxonasi filiali, Toshkent shahar davlat korxonasi o‘n ish kuni davomida yer
uchastkasi ajratish materiallarini qayta ishlaydi, hujjatlar yig‘ma jildini shakllantiradi va uni tuman
(shahar), Toshkent shahar hokimligiga takroran yuboradi. Bunda yangilangan yer uchastkasi
ajratish materiallarini qayta ishlash va tayyorlash bo‘yicha ishlar uchun haq undirilmaydi.
Tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligi hujjatlar yig‘ma jildini olgandan keyingi ish
kunidan kechiktirmasdan uni qurilish bo‘limiga, qurilish bosh boshqarmasiga mazkur Nizomning


08.04.2023, 16:19
63-сон 28.01.2019. Yer uchastkalari berish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishning zamonaviy va shaffof mexa…
https://lex.uz/ru/docs/-4182210?ONDATE=29.01.2019
21/28
17-18-bandlarida 
belgilangan tartibda xulosa olish yoki Kengash kelishuvini olish uchun takroran
yuboradi.

Download 283.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling