Elektron hukumat tushunchasi, vazifa va prinsiplari 1-ma`ruza


Download 12.38 Kb.
bet3/6
Sana28.01.2023
Hajmi12.38 Kb.
#1135788
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Elektron hukumat tushunchasi, vazifa va prinsiplari-fayllar.org

Asosiy tushunchalar


  • Elektron davlat xizmatining reglamenti — elektron davlat xizmati ko‘rsatishga doir tartibni va talablarni belgilovchi normativ-huquqiy hujjat;

  • Elektron davlat xizmati — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilgan holda ko‘rsatiladigan davlat xizmati.

Elektron hukumat atamalarini quyidagi to‘rtta asosiy qismlari orqali umumlashtirish mumkin. Elektron hukumat quyidagicha tavsiflanadi


  • AKT dan foydalanish (kompyuter tarmoqlari, internet, faks va telefon).

  • Hukumat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash (axborot bilan ta’minlash, xizmatlar, mahsulotlar, mamuriy boshqaruv).

  • Fuqarolar bilan hukumat munosabatlarini rivojlantirish (yangi aloqa kanallarini yaratish, siyosiy yoki ma’muriy jarayonlariga fuqarolarni targ‘ibot va tashviqotlar orqali jalb qilish)

  • Belgilangan strategiyalarga mos ravishda ishtirokchilarni jarayonlarda qatnashish qiymatini belgilash.

Elektron hukumat ta’riflari

Birlashgan Millatlar Tashkiloti


  • Elektron hukumat fuqarolarga davlat organlari tomonidan axborot va xizmatlarini etkazib berish uchun Internet foydalanish deb ta’riflangan.

Jahon banki

Elektron hukumat davlat organlari axborot texnologiyalaridan foydalanib fuqarolar, tadbirkorlik sub’ektlari va boshqa davlat organlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yaxshilashni nazarda tutadi. Ushbu texnologiyalar turli maqsadlarga xizmat qilishi mumkin: fuqarolarga davlat xizmatlarini yaxshiroq etkazib berish, biznes va ishlab chiqarish bilan o‘zaro muloqotni takomillashtirish, kerakli ma’lumotlarni olish orqali fuqaro huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, yoki yanada samarali davlat boshqaruvini amalga oshirish.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti


  • Elektron hukumat termini xukumat tomonidan AKTdan foydalanib, bir qator amaliy funksiyalarini to‘laqonli bajarishi nazarda tutadi.

  • Xususan, Internet va tegishli texnologiyalar tomonidan taklif etilgan tarmoq salohiyati tuzilmalari va hukumatning ishlash jarayonini transformatsiyasi tushuniladi.

Download 12.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling