Elektron jadval muharrirlari. Ms excel dasturi


Download 0.59 Mb.
bet1/12
Sana07.02.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1174119
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
4 mavzu


4-MAVZU: Elektron jadvalar bilan ishlash texnologiyasi.
ELEKTRON JADVAL MUHARRIRLARI. MS EXCEL DASTURI. ELEKTRON JADVAL MUHARRIRLARI, ULARNING VAZIFASI VA IMKONIYATLARI.
R E J A:



  1. Elektron jadval muharrirlari, ularning vazifasi va imkoniyatlari.

  2. Grafik va diagrammalarni shakllantirish va ularni bezash.

  3. Excel qiymatlar ustida amallar. Excelda formula va funksiyalar bilan ishlash formula berilishi.



B oshlang’ich ma’lumotlar

E lektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan, avvalambor hisoblash va iqtisodiy masalalarni echishda, jumladan, berilganlarni tez o'zgartirib turuvchi masalalarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda, masalan, bank hujjatlari bilan ishlash kabi keng ko'lamli masalalarni yechishda qo'llaniladigan o'ta quvvatli vosita hisoblanadi. Hisoblash elektron jadvalining dastlabki dasturi 1979-yili Visicals (Visiblencalculators - ko'rinib turuvchi kalkulyator) nomi bilan Software Arts firmasida chiqqan. Bu dastur Apple II kompyuteri uchun ishlab chiqilgan va ko'p jihatdan uning bozorda ommabopligi aniqlandi. 1981 yil IBM PS kompyuteri paydo bo'lishi bilan bu tipdagi kompyuterlar uchun elektron jadvallar ishlab chiqila boshlandi. Visicals va Supercals dasturlarining yangi ko'rinishlari paydo bo'ldi, shu bilan birgalikda Microsoft- Multiplan firmasining birinchi amaliy dasturi paydo bo'ldi va u elektron jadvallar yangi avlodining yorqin yulduziga aylandi. Hisoblashlar natijalarini ko'rgazmaliroq tasvirlash uchun joylashtirilgan grafik rejimlarining paydo bo'lishi, bu elektron jadval rivojlanishining navbatdagi qadami bo'ldi. 1983-yil LOTUS firmasining 1-2-3 paketlari chiqib, kutilgandan ham ziyodroq muvaffaqiyatga erishdi.


Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi dastur bo’lib, u Windows operatsion tizimi boshqaruvida ma’lumotli elektron jadvallarni tayyorlash va qayta ishlashga mo’ljallangan.
Excel da tayyorlangan har bir hujjat (ma’lumotli jadval) ixtiyoriy ism va .XLS kengaytmadan iborat fayl bo’ladi. Excel da odatda bunday fayl «Ish kitobi» (Workbook) deb yuritiladi.
Microsoft Excel ning asosiy ish sohasi - bu «Ish kitobi» bo’lib, u bir yoki bir nechta ish Varaqlaridan iborat. Ish Varaqi buxgalter (hisobchi) kitobi kabi, sonlar, mantlar, arifmetik ifodalar, hisoblar va qator va ustunlarda joylashgan bo’ladi. Excel ning buxgalter kitobidan asosiy farg’i barcha hisob ishlarini uning o’zi bajaradi, lekin ma’lumotlarni kiritish foydalanuvchi zimmasida qoladi.
Excel elektron jadvali 16384 qator (row) va 256 ustun (solumn) dan iborat. Qatorlar 1 dan 16384 gacha bo’lgan butun sonlar bilan tartiblangan, ustunlar esa lotin alifbosining bosh harflari (A, B ..., Z, AA, AB, ..., IV) bilan belgilangan. Qator va ustun kesishmasida elektron jadvalning asosiy tarkibiy elementi - yacheyka (cell) joylashgan. Har bir yacheykaga son, matn yoki formula tarzidagi ma’lumotlar kiritiladi. Ustun kengligini va qator balandligini o’zgartirish ham mumkin. Jadvalning tanlangan yacheykasiga o’tish uchun aniq manzil (adres) ko’rsatilishi kerak. U qator va ustun kesishmasida, masalan A1, B1, F 9, AB3 kabi ko’rsatiladi.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling