Elektron jadval muharrirlari. Ms excel dasturi
Tez Kiruvchi Instrumentlar panelini sozlsh
Download 0.59 Mb.
|
4 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Formula paneli bilan behuda vaqt ketqazish
Tez Kiruvchi Instrumentlar panelini sozlsh.
Excel 2010 dasturi ilk ishga tushirilganda Tez Kiruvchi Instrumentlar paneli faqatgina quyidagi tugmalardan iborat bo’ladi: Save (Saqlash) – Xar qanday bajarilgan ishlarni xozirgi fayl nomi, fayl formatida xozirgi joylashuviga saqlab qo’yadi. Undo (Bekor qilish) – Foydalanuvchi tomonidan qilingan oxirgi qilingan o’zgartirishni, format almashinishini bekor qiladi. Redo (Qaytalash) – Foydalanuvchi bekor qilgan o’zgartirishni yoki format almashinishini qayta tadbiq qiladi. Tez Kiruvchi Instrumentlar paneliga xoxlagan lenta buyrug’ini qo’shish mumkin bo’lgani uchun sozlashga juda qulay xisoblanadi. Bundan tashqari, foydalanuvchi buyruq beruvchi tugmalarni Lentaga qo’shish bilangina cheklanib qolmaydi va u xoxlagan Excel buyrug’ini instrumentlar paneliga qo’shish imkoniyatiga ega bo’ladi, xattoki, xech qaysi yorliqda ko’rinish bermaydigan noaniqlarini ham. ( Tez Kiruvchi Instrumentlar panelini sozlash haqidagi qo’shimcha ma’lumotlar 1-Kitobning, 3-bobida berilgan). Odatda, Tez Kiruvchi Instrumentlar paneli Fayl menyusining va Lenta ilovasining o’ng taraf yuqorisida joylashgan bo’ladi. Instrumentlar panelini Lenta dan pasda hamda Formula panelidan yuqorida aks ettirish uchun Tez Kiruvchi Instrumentlar panelini sozlash ( Gorizontal instrumentlar panelining o’ng tarafida joylashgan uch nuqtali ochiladigan ro’yxat) ni bosing, so’ngra ochilgan ro’yxatdagi “Lentadan pastda ko’rsatish” tugmasini bosish zarur. Ushbu sozlanma foydalanuvchiga instrumentlar panelining o’ng tarafida joylashgan ish paneli nomining joylashuvi o’zgarib qolishidan asraydi. Formula paneli bilan behuda vaqt ketqazish Formula paneli yacheyka manzili va xozirgi yacheyka tarkibini aks ettiradi. Yacheyka manzili yacheykaning ustun harfi va uning ortidan satr raqami bilan belgilanadi, misol uchun A1 – bu ikkala ish sahifasining birinchi yacheykasi hamda A ustun bilan 1 satrning kesishmasi hisoblanadi, yoki XFD1048576 yacheyka Excel 2010 dasturida ikkala ish sahofasining oxiri va XFD ustun bilan 1048576 satrning kesishmasi xisoblanadi. Yacheykaning tarkibi unga foydalanuchi kiritgan belgisiga (harf yoki raqam) qarab aniqlanadi, agar foydalanuvchi u yerda hisoblashni amalga oshirishi zarur bo’lsa u holda mahsus qiymat yoki formula kiritishi zarur bo’ladi. Formula paneli uch qismga bo’linadi: Name box (Nom qutisi): Eng chapda joylashgan qism yacheykaning xozirgi manzilini ko’rsatadi. Formula paneli tugmalari : Ikkikchi, o’rta qismda Insert Funksiyali (fx – sifatida joylashtirilgan) satr boshida boshlanuvchi dumaloq tugma bor va u nom qutisini kengaytirishda foydalaniladi. Shuningdek, Bekor qilish ( x sifatida) va Kiritish ( Tekshirish belgisi) tugmalari ularning o’rtasida joylashadi. Yacheyka tarkiblari. Uchinchi, Funktsiya ustasi tugnasining o’ng tarafida joylashgan oq maydon qolgan barcha qismlarni egallaydi va foydalanuvchiga normal maydon ga sig’maydigan keraklicha uzun yacheykalarni aks ettirishga yordam beradi. Yacheyka tarkiblari bo’limi juda muhim hisoblanadi, chunki bu qism har doim mehnat sahifasi yacheyka tarkibini aks ettirmagan taqdirda ham uni foydalanuvchiga taqdim etadi. ( Formulalar bilan ishlanayotgan paytda Excel yacheykada faqatgina xisoblangan natijani taqdim etadi halos, natijaga qaysi formula orqali erishilganini emas). Foydalanuvchi ushbu bo’limda, xar qanday vaqtda yacheyka tarkibini o’zgartirishi mumkin. Shu bilan bir qatorda, agar yacheyka tarkibi bo’sh bo’lsa, foydalanuchi ushbu yacheykada hech nima yo’qligini bilib oladi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling