Elektron jadvallar bilan ishlash bo’yicha dasturiy ta’minotlar
Download 0.6 Mb.
|
3-mustaqil ishi elektronlar jadvallar bilan ishklashda dasturiy taminot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 MS EXCEL dasturi. Umumiy ma`lumotlar
ELEKTRON JADVALLAR BILAN ISHLASH BO’YICHA DASTURIY TA’MINOTLARReja:
1. MS EXCEL dasturi. Umumiy ma`lumotlar 2. EXCEL menyu bandlari , funksiya va diagrammalar bilan ishlash 3. Excelda iqtisodiy masalalar (APP- amali programmalar paketi)
Masalan, terimchilarning kunlik tergan paxtasi uchun mehnat haqini hisoblash talab qilinein. U holda terilgan paxta miqdori - A, bir birlik (1 kg) paxta uchun to`lanadigan ish haqi bahosi (sumda) - B boshlang`ich ma`lumot sifatida va har bir terimchining bir kunlik jami tergan paxtasi uchun ish haqi miqdori (summasi) hosilaviy ma`lumot bo`lib hisoblanadi. Katta hajmli tekshirish natijalarini jadval ko`rinishida tasvirlash maqsadga muvofiqdir. Ma`lumotlarni jadval ko`rinishida tasvirlash ularni tahlil qilishni ancha soddalashtiradi. SHuning uchun ko`pchilik hollarda hisob kitoblar samaradorligi va sifatini oshirish uchun avtomatlashtirilgan hisoblashlarni joriy qilish maqsadga muvofiqdir. Jadval ko`rinishida tasvirlanadigan masalalarni echish uchun maxsus amaliy dasturlar paketlari ishlab chiqilgan bo`lib, ular elektron jadvallar yoki jadval protsessori deb ataladi. Elektron jadvallar, avvalo, iqtisodiy masalalarni echish uchun mo`ljallangan, lekin uning yordamida muxandislikka doir masalalarni hal qilishda ham, masalan, formulalar bo`yicha hisob-kitoblarda muvaffaqiyatli ishlatilmoqda. elektron jadvallar qo`llanilayotgan sohalar juda ko`p: moliyaviy buxgalteriyaga oid, xususan ish haqini hisoblash, har xil iktisodiy-texnik hisoblar, kundaliQ xo`jalik tovarlari va mahsulotlarni sotib olish va xokazolar. Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi dastur bo`lib, u Windows operatsion sistemasi boshqaruvida ishlovchi hamda ma`lumotli elektron jadvallarni tayyorlash va qayta ishlashga mo`ljallangan amaliy dasturdir. Excel da tayyorlangan har bir hujjat (ma`lumotli jadval) ixtiyoriy nom va .xls kengaytmadan iborat fayl bo`ladi. Excelda, odatda, bunday fayl "Ish kitobi" (Workbook) deb yuritiladi. Excel ning asosiy ish sohasi - bu "Ish kitobi" bo`lib, u bir yoki bir necha ish varaqlaridan iborat. Ish varag`ida buxgalter (hisobchi) kitobi kabi, sonlar, matnlar, arifmetik ifodalar, hisoblar qator va yctynlapda joylashgan bo`ladi. Excel ning buxgalter kitobidan asosiy farqi barcha hisob ishlarini uning o`zi bajaradi, lekin ma`lumotlarni kiritish foydalanuvchi zimmasida qoladi. Excel elektron jadvali 16384 qator (row) va 256 ustun (column)dan iborat. Qatorlar 1 dan 16384 gacha bo`lgan butun sonlar bilan tartiblangan, ustunlar esa lotin alifbosining bosh harflari (A, V, ... , Z, M, AV, .., , IV) bilan belgilangan. Qator va ustun kesishmasida elektron jadvalning asosiy tarkibiy elementi yacheyka (sell) joylashgan. Har bir yacheykaga son, matn yoki formula tarzidagi ma`lumotlar kiritiladi. Ustun kengligini va qator balandligini o`zgartirish-ham mumkin. . Jadvalning tanlangan yacheykasiga o`tish uchun aniq manzil (adres) ko`rsatilishi keraq U qator va ustun kesishmasida, masalan Al, V4, R9, AV3 kabi ko`rsatiladi. Excel dasturini yuklash va ishini tugallash. Exсel dasturini yuklashdan oldin Windows dasturini yuklash lozim. Bu esa sodda, ya`ni xozirgi paytda komp’yuter yuklanishi bilan amalga oshadi. Excel dasturini yuklash jarayoni quyidagicha: 1. Komp’yuter yoqiladi. ekranda muloqot oynasi paydo bo`lib, Foy dalanuvchi nomi va paroli so`ralsa, ular kiritilib Enter klavishi bosiladi. 2. Sichkoncha ko`rsatkichi ekranning quyi qismida joylashgan Pusk (Start) tugmasiga kelirilib, chap tugmasi bosiladi. 3. Sichqoncha ko`rsatkichi Programmo` bandiga keltiradi. (1-rasm). -rasm 4. Dasturlar ro`yhatidan Microsoft Excel tanlanadi sichqoncha tugmasi uning ustida bosiladi, natijada Excel zarvarag`i ekranga chiqadi. (2-rasm). 2-rasm 3-rasm So`ngra Excelning ish jadvali ekranga chiqadi (3-rasm). E s l a t m a. Windows 3.1 da Excel 5.0 versiyasini yuklash yuqoridagidan farqli o`laroq, Microsoft Office dasturida Excel piktogrammasi ustida "sichqoncha" tugmasini ikki marta bosish orqali amalga oshiriladi.
Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling