Ilmiy tadqiqot


Download 47.17 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi47.17 Kb.
#1580100
Bog'liq
Ilmiy tadqiqot tushunchasi predmeti va ob(1)


Ilmiy tadqiqot tushunchasi predmeti va ob’yekti
Reja:

  1. Ilmiy bilish va tadqiqot tushunchalari.

  2. Ilmiy tadqiqot turlari.

  3. Ilmiy tadqiqot strukturasi

  4. Ilmiy bilish darajalari va shakllari


Ilmiy tadqiqot - yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri. Unga obʼyektivlik, ishonchlilik, aniqlik xos. Ilmiy tadqiqot hamma shartlarga amal qilib takrorlanganda hamisha birdek natija berishi, bahs etilayotgan masalani isbotlashi lozim. Ilmiy tadqiqot bir-biri bilan bog‘langan ikki kiyim — tajriba va nazariyadan iborat. Ilmiy tadqiqotning asosiy komponentlari: mavzuni belgilash, mavjud axborotni, tadqiqot sohasidagi shart-sharoit va metodlarni, ilmiy farazlarni oldindan tahlil etish, tajriba oʻtkazish, olingan natijalarni taxlil etish va umumlashtirish, kelib chiqqan farazlarni olingan dalillar asosida tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish, ilmiy bashorat yuritish. Ilmiy tadqiqotlarni fundamental va amaliy, miqdoriy va sifatiy, noyob va kompleks tadqiqotlarga ajratish keng tarqalgan. Ilmiy tadqiqotlarning metod va tajribalari fanning oʻzidagina emas, balki koʻpgina iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal qilishda ham keng qoʻllaniladi.
Ilmiy bilish va tadqiqot tushunchalari.
Inson qanday faoliyat ko‘rsatmasin, birinchi navbatda u tevarak-atrofdan axborot oladi. Axborot tafakkurda obraz va tasavvur shaklini oladi, fikrlash jarayonida hukmlar tuziladi, mulohaza yuritiladi. Shu yo‘l bilan hosil bo‘lgan bilim insonning har qanday harakati yoki faoliyatini intellektual zaminini tashkil qiladi.
Hosil bo‘lgan bilim voqelikni inson ongida u yoki bu aniqlik darajada in’ikos etadi. Bu yerda «voqelik» tushunchasi keng ma’noda olingan bo‘lib, moddiy, madaniy va ma’naviy olamlardagi xolatlar, jarayonlar va jabxalarni ifodalaydi.
Shunday qilib, bilish inson faoliyatini tarkibiy qismi bo‘lib, tushunchalar, g‘oyalar va nazariyalar ishlab chiqish orqali voqelikni ongda in’ikos etish jarayonini bildiradi.
Soha va faoliyatni xususiyatiga qarab, bilish mifologik, diniy, badiiy, falsafiy, maxsus ilmiy va boshqa turlarga bo‘linadi.
Tabiiyki-ki, murakkab faoliyatni amalga oshirish uchun maxsus bilim kerak. Shunga muvofiq bilish jarayoni ham murakkablashadi. Bunday bilish o‘rganilayotgan va uzlashtirilayotgan ob’ektning har tomonlama va chuqur in’ikosini (tasvirini, modelini) beradi.
Aniqlik, chuqur va har tomonlama asoslanganlik mezonlaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, ixtisoslashmagan va ixtisoslashgan bilishni farqlash mumkin.
1. Ixtisoslashmagan bilish asosan kundalik hayot va muloqot ehtiyojlarini qondiradi, aniqlik va mantiqan asoslanganlik nuqtai nazaridan ilmiylik mezonlariga javob bera olmaydi.
2. Ixtisoslashgan bilish faoliyatida narsa va xodisalarning xossalari, harakat va o‘zgarish qonuniyatlari maxsus til, vosita va usullar yordamida o‘rganiladi, ob’ekt mohiyatini tushuntirib beradigan g‘oyalar, ta’limotlar va nazariyalar ishlab chiqiladi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning turli sohalarida,xususan, madaniyat, san’at, menedjment, texnologiya, fan va boshqa jabxalarda mehnat qilayotgan mutaxassislar ixtisoslashgan bilimga ega bo‘ladilar.
Ixtisoslashgan ilmiy bilish– bu o‘rganilayotgan ob’ektning xossasalari, tuzilishi, harakati va o‘zgarishi qonuniyatlarini ilmiylik mezonlariga asoslangan holda tushuntirib beradigan g‘oyalar, tasavvurlar va nazariyalarni ishlab chiqarish faoliyatidir.
Ilmiy bilishni muntazam asosda tashkil qilish tadqiqot faoliyatini namoyon etadi. Demak, ilmiy bilish olib borilayotgan tadqiqotning mazmuni va mohiyatini anglatadi.
Tadqiqot va ilmiy bilish tushunchalarini umumlashtirib ilmiy tadqiqot tushunchasini hosil qilamiz. Ilmiy tadqiqot-bu inson va jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan,sohalar bo‘yicha ixtisoslashgan yangi bilim va texnologiyalarni ishlab chiqish faoliyatidir.
Ilmiy tadqiqot tushunchasini tarix va zamon nuqtai nazarida turib ham talqin qilish mumkin. Bunday tadqiqot intellektual faoliyatning bir ko‘rinishi bo‘lib, tarixan ijtimoiy taraqqiyotning ma’lum bosqichida, ya’ni birinchidan, yangi bilim va texnologiyalarga katta ehtiyoj tug‘ilganda, ikkinchidan fanning institutsional tuzilmalari (olimlar hamjamiyati, ilmiy to‘garaklar, oliy o‘quv yurtlari va akademiyalar qoshidagi tadqiqot bo‘limlari, laboratoriyalar va hokazolar) shakllanganda vujudga keladi.
Ilk bor tom ma’nodagi ilmiy tadqiqotlar Pifagor maktabi, Platon akademiyasi, Aristotel litseoni,hamda, Aleksandriya shahridagi Muzeon kabi ilm maskanlarida olib borilgan. O‘rta asr musulmon Sharqida Ma’mun akademiyasi, Bog‘doddagi «Bayt ul hikma» deb atalgan ilm dargohi va Ulug‘bek akademiyasida muntazam ilmiy tadqiqotlar olib borilgan.Yangi zamonda Galileo Galiley faoliyatidan boshlab eksperimental tabiiy-ilmiy tadqiqotlarga asos solindi.
XVIII asrdan boshlab fan bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanadi. Tadqiqotchi kasbi ommaviy kasblar qatoridan o‘rin ola boshlaydi. Bunday sharoitda tadqiqot asosini tashkil qilgan ilmiylik tamoyillari va mezonlarini ishlab chiqish fan taraqqiyotini muhim sharti va omili bo‘lib qoldi.
Ilmiylik mezonlarini amal qilishi ilmiy bilishni boshqa turdagi bilimlardan farq qiluvchi hislatlarga ega bo‘lishni taqazo etadi. Bular quyidagilardan iboratdir:
-ob’ektivlik;
-aniqlik;
-isbotlanganlik;
-mantiqan asoslanganlik;
-doimo yangi bilimga yo‘naltirilganlik;
-olingan natijalarni (shu jumladan usuli, yo‘li va mazmunini) boshqa muassasa yoki laboratoriyada qayta tiklash mumkinligi.
Hozirgi paytda ilmiy tadqiqot, uninig nazariy va texnologik natijalari globallashuv jarayonlar tarkibiga kiradi. Fan jamiyatda ma’lum darajada oqibatini bashorat qilsa bo‘ladigan ilmiy, ma’naviy, madaniy va texnologik qadriyatlar yaratadigan muhim va salohiyati infratuzilmaga aylangan.
Gipoteza (grek. asos, faraz) – haqiqatni ijodiy izlash, yangi
bilimlar hosil qilishning navbatdagi shakli boʼlib, ilmiy tadqiqot
jarayonida ilgari suriladi. U haqiqatni bilish yoʼlidagi dastlabki
taxmin, hali yetarlicha tadqiq etilmagan, mantiqiy va empirik
asoslarigina ochilgan, ammo isbotlanmagan ilmiy bilimdir.
Gipoteza ilmiy ijodda oldindan koʼrish va amaliyotni uzviy
bogʼlovchi rolь oʼynaydi, obʼekt ichidagi mavjud aloqa va oʼzaro
munosabatlar hamda bilishning turli obʼektlari toʼgʼrisidagi ilmiy
asoslangan faraz hisoblanadi.
Gipoteza – bu, hali haqiqat emas, balki taxmin qilinayotgan, ehtimol
tutilayotgan, real mumkin boʼlgan va kutilayotgan yangi ilmiy bilimdir. Bu
bilimning haqiqiyligi yoki yolgʼonligini isbotlash ilmiy ijodning
asosiy vazifasidir.
Mavjud ilmiy bilimlarning umumashmasi sifatida vujudga kelgan
gipoteza ilmiy ijod jarayoniga faol taʼsir koʼrsatadi: xayol, tasavvur,
intuitsiyani qoʼzgʼaydi, harakatga keltiradi, tadqiqotchining hushyorligini
oshiradi. Tadqiqotchini yangi ilmiy gʼoyalarga olib boradi.
Gipotezani isbotlash yoʼlida argument(dalil)lar izlash mavjud
bilimlarni kengaytiradi va chuqurlashtiradi. Tadqiqotchini yangi ilmiy
gʼoyalarni ilgari surishga va asoslashga undaydi. Dastlabki ilmiy faraz
xddi uzoqdan charaqlagan nur singari tadqiqotchi tafakkurida intuitiv
xarakterga ega boʼladi, baʼzan xuddi moʼʼjiza singari roʼy beradi.
Ilmiy tadqiqotning vazifasi gipotezaning haqiqiyligi yoki
yolgʼonligini isbotlash, ilmiy gipotezani ilmiy analiz va izlanishga
tatbiq etish mumkinligini asoslashdir. Binobarin, gipoteza oʼzida
bilimning oʼz-oʼzidan rivojlanishi uchun evristik potentsialni
mujassamlashtiradi. Garchi gipoteza taxminlari ehtimolli xarakterga ega
boʼlsa-da, gipotezaning oʼzi goʼyo tadqiqot jarayonidan ilgarilab ketadi,
tadqiqotchi esa uni isbotlash uchun yangi ilmiy faktlar izlaydi,
tajribalar oʼtkazadi, kuzatadi, fanning oʼz sohasi va yaqin sohalaridagi
bilish natijalarini tahlil qiladi.
Gipoteza xuddi qor uyumlari singari oʼzining fan strukturasida
yashash huquqini himoya qilib, oʼsib boradi. Tadqiqotchi oʼzining ilmiy
ijodiy laboratoriyasida gipoteza oʼzining toʼliq mazmuni bilan boʼlmasada, hech boʼlmaganda uning biron bir qismi ishonchli ilmiy bilimga
aylanadi, degan umid bilan ilmiy gipotezani ilgari suradi.
Jorj Styuart Millь oʼzining “Logika sistemasi” asarida shunday
deb yozgan edi: “Аftidan, ilmiy gipoteza mavjudligining sharti shundan
iboratki, u har doim gipotezaligicha qolishga mahkum etilmasligi, balki
kuzatilayotgan faktlar bilan qiyoslab, yo isbotlanishi, yoki rad etilishi
kerak”5
.
Sinchkovlik bilan tashkil etilgan eksperiment ilmiy gipotezadan
ishonchli ilmiy nazariyaga oʼtish imkonini beradi, yaʼni verifikatsiya
qiladi yoki uning haqiqiy emasligini koʼrsatadi, yaʼni gipotezani
falьsifikatsiya qiladi.
Binobarin, tajriba, eksperiment fanning haqiqiy faktlari
haqiqatga oʼxshash gipoteza bilan ishonchli ilmiy nazariya oʼrtasida
demarkatsion (aniq, qatʼiy) chiziq tortish vazifasini oʼtaydi.
Ilmiy bilishda gipotezalarni tasdiqlash yoki rad etishning
mezonlari quyidagicha:
- gipotezaning asosiy mazmuni boʼlgan ilmiy gʼoyani real predmet va
hodisalarda topish;
- deduktsiya (hulosa chiqarish) yoʼli bilan haqiqiy bilim, xulosalarni
gipotezaning oʼzidan keltirib chiqarish;
- bu xulosa va natijalarni voqelikdagi real ahvol bilan taqqoslash;

5 Millь J.St. Sistema logiki. Moskva, 1899. S. 389.


- gipotezani amaliyot, tajriba, vaqt orqali yo tasdiqlash, yoki rad
etish;
- gipotezani tekshirish uning haqiqiyligi yoki yolgʼonligini
isbotlashni anglatadi. Birinchi holatda isbotlash, ikkinchi holatda esa rad
etish haqida soʼz boradi.
Ilmiy tadqiqot, ilmiy izlanish mavjud gipotetik bilimning
voqelikka mos yekelishini tekshirishga qaratilgan boʼlib, bu yerda
paradoksal vaziyat vujudga kelishi, fanning ayni bir sohasidagi turli
faktlar qarama-qarshi gipotezalarni tasdiqlashi mumkin.
Tadqiqotchining gipotezalardan ilmiy tadqiqotning samarali
vositasi sifatida foydalanishi oʼrganilayotgan hodisa mohiyatining chuqur
ekanligidan guvohlik beradi.
Gipoteza evristik bilish rolini bajarishi uchun quyidagi
talablarga javob berishi lozim: 1) u mavjud bilim va faktlarga zid
boʼlmasligi; 2) uni tekshirish imkoniyati albatta mavjud boʼlishi;
3)nihoyatda oddiy boʼlishi; 4) ilmiy bilimlar keng sohasiga bemalol
taqdim etiladigan boʼlishi zarur.
Buning uchun:
- gipoteza konkret maʼno va mazmunga ega boʼlishi;
- ishonchli bilim va ilmiy haqiqatga zid boʼlmasligi;
- sof mulohaza xarakteriga ega boʼlmasligi va tajribada tekshirib
koʼrish imkoniga ega boʼlishi;
- kelajakni oldindan koʼrish, asoslash qobiliyatiga ega boʼlishi;
- ilmiy dunyoqarash printsiplariga mos boʼlishi;
- ilmiy ijod mexanizmida faol ishlashi, polkalarda chang bosib
yotmasligi kerak.
Аgar ilmiy tadqiqotda yangi, Nilьs Bor taʼbiri bilan aytganda,
“aqlga sigʼmaydigan” gipotezalar ilgari surilmasa, bu – fanning
turgʼunlikka mahkumligini, ilmiy bilimlar rivojlanishdan
toʼxtaganligini koʼrsatadi. Аksincha, ilmiy bilish olamida yashab qolish
uchun bir-biri bilan raqobatlashuvchi gipotezalar kurashi mavjud boʼlsa, bu
– haqiqiy ilmiy ijodning mavjudligidan, ilmiy bilimlarning gurkirab
rivojlanayotganligidan guvohlik beradi.
Bir-biri bilan raqobatlashuvchi ilmiy gipotezalarni ijodiy analiz
qilish, qiyoslash muhim metodologik xulosalarga olib keladi. Darhaqiqat,
bizning bilishimiz uchun, narsalar tabiati uchun qarama-qarshiliklar
xosdir, yaʼni bilish ham, hayotning oʼzi ham statik emas, balki dinamik, oʼzoʼzidan rivojlanuvchi hodisadir.
Ilmiy tadqiqotda chuqur va mazmundor ilmiy gipotezalar ilmiy
bilimlar oʼsishining haqiqiy fundamenti, fanda istiqbolni oldindan
koʼrish, ilmiy qonuniyatlarni ochish va ilmiy nazariya yaratishning asosi
hisoblanadi.
Gipotezalar evristik bilishda bir-biridan quyidagicha farqlanadi:
1. Gipotezalar mazmuniga koʼra: a) xususiy, b) umumiy, v) eng umumiy
gipotezalar;
2. Obʼektni aks ettirish darajasiga koʼra: a) mikroobʼektlar
toʼgʼrisidagi; b) makroolam hodisalari toʼgʼrisidagi; v) megaobʼektlar
toʼgʼrisidagi gipotezalar;
3. Vaqt omiliga koʼra: a) oʼtmish toʼgʼrisidagi, b) hozirgi hodisalar
toʼgʼrisidagi, v) boʼlgʼusi hodisalar toʼgʼrisidagi gipotezalar.
4. Obʼekt mohiyatiga kirib borish darajasiga koʼra: a) tasvirlovchi,
b) izohlovchi, v) sistemali gipotezalar.
5. Hodisalarni ifodalash usuliga koʼra: a) mazmunli,
b) formallashgan, v) modal gipotezalar;
6. Ijodiy jarayondagi roliga koʼra: a) gumon-gipotezalar, b) ishchi
gipotezalar, v) konstruktiv gipotezalar.
Yuqoridagilardan shunday xulosaga kelish mumkin: gipoteza, bu –
oʼzida yangi bilimni mujassamlantirgan, ilmiy bilim erishgan daraja
tomonidan belgilanadigan, ammo hali amaliyotda tasdiqlanmagan taxminiy
bilimdir. Ilmiy ijodda gipoteza bilmaslikdan bilishga, toʼliqsiz
bilishdan toʼliq bilishga, faktlarni tadqiq etishdan mavjud obʼektning
ichki mantigʼini bilishga, bir ilmiy nazariyadan ancha yuqori darajadagi
ilmiy nazariyaga oʼtish shaklidir.
Ilmiy bilish ikki darajadan – empirik va nazariy bilish
darajasidan tashkil topgan boʼlib, faktlarning ham ikki tipi
mavjudligini eʼtirof etishga toʼgʼri keladi.
Empirik tushuncha va qonunlar doirasida talqin etiladigan, muayyan
hodisalarni bilish natijasida hosil qilingan faktlarni ilmiy faktlar
deb ataymiz. Shunga muvofiq ilmiy nazariya doirasida talqin etish
natijasida hosil qilingan faktlarni fanning nazariy faktlari deb
ataymiz.
Ilmiy ijodning muhim qirralaridan biri empirik faktlarni
hushyorlik va sinchkovlik bilan tanlay olish va ulardan toʼgʼri xulosalar
chiqara olish, ularni ilmiy bilimlar tarkibiga – ilmiy taxmin, gipoteza,
ilmiy nazariyaga kiritishdadir.
Ilmiy nazariyalar rivojlanishini tahlil qilishda “ilmiy fakt”
tushunchasi alohida metodologik ahamiyat kasb etadi. Bu yerda fakt ilmiy
nazariyaning haqiqiyligini, toʼgʼriligini, hodisani izohlash olish
qobiliyatini baholash mezoni hisoblanadi.
Hozirgi zamon fanida ilmiy kuzatishlar, eksperimentlar va
tajribalar ham, amaliyotda ishonchliligi tasdiqlangan nazariy qonunlar
ham fakt hisoblanadi. Ilmiy bilimning ishonchliligi, haqiqiyligi uning
faktga aylanishining zarur shartidir. Shu sababli faktning oʼta injiqligi
haqida gapiradilar. Uning tadqiqot uchun qulayligi yoki yoqimsiz,
noqulayligidan qatʼi nazar qabul qilishga toʼgʼri keladi. Faktning qolgan
barcha belgilari, masalan, uning invariantligi, yaʼni oʼzi mansub boʼlgan
sistemadan nisbiy mustaqilligi uning haqiqiyligi va ishonchliligidan
kelib chiqadi.
Muammo – bu yechilishi lozim boʼlgan masala yoki vazifa. Muammoni
qoʼyish hali anglab yetilmagan narsa yoki hodisaning mavjudligini
anglatadi. Аyni vaqtda bu narsa yoki hodisa muayyan tarzda tavsiflangan,
ajratilgan, yaʼni u haqda muayyan boshlangʼich bilim mavjud boʼlishi lozim.
Shunday qilib, muammoni bilish – bu alohida turdagi bilim: u “bilmaslik
haqidagi bilim”dir.
Аmaliyotda (ishlab chiqarish, ijtimoiy, tibbiy amaliyot va
hokazolarda) va fanning oʼzida yuzaga keluvchi muammoli vaziyatlar ilmiy
muammolarning manbai hisoblanadi. Ilmiy muammoni qoʼyish muammoli
vaziyat tahliliga tayanadi, lekin bunday tahlilning oʼzi bilangina
belgilanmaydi. Muammoli vaziyatga tushib qolgach, muammoni qoʼya bilish
lozim. Muammo nafaqat aniqlanishi, balki ilmiy taʼriflanishi ham
lozim. Buning uchun uni subʼektiv, individual, ruhiy jihatlardan mumkin
qadar tozalash va fan tilida ifodalash zarur.
Ilmiy tadqiqotlarning muayyan muammolari amaliyot va fanning
rivojlanish tendentsiyalarini teran tushunishni talab etadi. Bu ulkan
ahamiyat kasb etadi, chunki ilmiy tadqiqotlarning dasturlarini
belgilaydi. Katta va muhim muammolarning qoʼyilishi fan tarmoqlarining
rivojlanishini bir necha yillarga va hatto oʼn yilliklarga belgilab
berishi mumkin.
Olim muammoni baholashi va u shugʼullanishga arziydimi, degan
savolga javob berishi juda muhimdir. Predmetli bilimdan farqli oʼlaroq,
muammolar haqiqiy ham, soxta ham boʼlishi mumkin emas. Аmmo ularni
boshqa mezonlar – muhimlik, dolzarblik, yechish mumkinligi
(tadqiqotchilarni odatda muammoni mazkur vositalar bilan va mazkur
muddatda yechish mumkin yoki mumkin emasligi toʼgʼrisidagi masala juda
qiziqtiradi) nuqtai nazaridan baholaydilar. Muammoni qoʼyish – har
qanday ilmiy tadqiqotning dastlabki bosqichi. Аmmo muammo qoʼyilganidan
soʼng uni yechish metodlarini topish talab etiladi.
Ilmiy tadqiqot turlari.
Ilmiy tadqiqot maqsadi, amalga oshirish xususiyati va tatbiq qilish sohalariga qarab bir qator turlarga bo‘linadi.
Aytaylik, hozirgi texnologiyalar ko‘p bosqichli jarayon va ko‘p parametrli tizimlardan iborat bo‘lib, ularni loyihalashtirish va kompyuterli modellashtirish uchun chuqur nazariy va texnik bilimga ega bo‘lish kerak.
Fundamental-nazariy teoremalar, aksiomalar va yondashuvlarga asoslangan holda texnologik loyihalar ishlab chiqish rejalashtiriladi. Ko‘p turdagi funksional, texnik moslamalar loyihalarini tayyorlash maqsadida texnologik tadqiqotlar o‘tkaziladi. Tadqiqotlar texnologik modellarni yaratish bilash yakunlanadi. Modellarni sinash eksperimental tadqiqotlarni amalga oshirishni taqozo etadi.
Muhitni ekologik holatini tadqiq qilish uchun bir qancha fan yo‘nalishlari mutaxassislari faoliyat ko‘rsatishlariga to‘g‘ri keladi. Bunda nazariy, tajribaviy va eksperimental tadqiqotlar birlashtiriladi. Bu esa kompleks (ko‘p tomonlama) tadqiqotlar guruhiga kiradi. 
Xuddi shunday holat global muammolarni tadqiqot qilish sohasida kuzatiladi. Global muammolar tarkibiga kosmik, ekologik, xalqaro iqtisodiy, texnologik, geosiyosiy vaziyatlar, holatlar va masalalar kiradi. Mashhur Rim klubi, AQShda Forrester guruhi, Rossiyadagi Globalistika yo‘nalishi mutaxassislari bir necha yildan beri sivilizatsiyamiz taraqqiyoti dinamikasining ijobiy va salbiy oqibatlari, ularni bashorat qilish masalalari bo‘yicha tadqiqotlar olib borishgan.
Shunday qilib, o‘ziga xos xususiyatiga ega bo‘lgan quyidagi ilmiy tadqiqot turlarini farqlash mumkin:
-fundamental-nazariy tadqiqotlar;
-empirik tadqiqotlar;
-eksperimental tadqiqotlar;
-amaliy-tajribaviy tadqiqotlar;
-texnologik tadqiqotlar;
-texnik-loyihalashtirish tadqiqotlari;
-kompleks tadqiqotlar va boshqalar.
Fanda tadqiqotlar qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, ularning nazariy, amaliy va ijtimoiy ahamiyati olingan natijalarni ishlab chiqarishga tatbiq qilish miqyosi bilan belgilanadi.


3. Ilmiy tadqiqot strukturasi
Ilmiy tadqiqot tarkibi va jarayonlar ketma-ketligi jihatidan murakkab strukturaga ega. Har bir strukturaviy unsur yoki daraja o‘ziga xos tuzulish, funksiya va mazmun bilan ajralib turadi.
Rossiyalik olim V.P.Branskiyni fikricha tadqiqot strukturasi 3 ta o‘zaro bog‘langan qismlardan iborat:
-sub’ekt;
-tadqiqot qurollari va sharoitlari;
-ob’ekt
Sub’ekt va ob’ektning izlanish jarayonida sodir bo‘ladigan o‘zaro ta’sirlari tadqiqot qurollari va sharoitlari orqali amalga oshadi.


Tadqiqot qurollari – bu turli asboblar, o‘lchagichlar, eksperimental uskunalar, kompyuterlar va hokazo. Sharoitlar-moddiy va instrumental ta’minot, bino, ish joyi, adabiyotlar, kuzatish va axborot yig‘ish vositalari bo‘lib, tadqiqot ob’ektlari murakkablashib borar ekan, ularni roli ham tobora ortib boradi.
Tadqiqot ob’ekti – o‘rganilishi lozim bo‘lgan narsa, xossa, jarayon yoki tabiiy va sun’iy harakterdagi tizim. Izlanish ob’ekti tanlangan muammo va ishlab chiqilgan ilmiy-tadqiqot dasturi asosida belgilanadi. Klassik va noklassik fanlarda ob’ekt sifatida alohida olingan xossalar, munosabatlar va strukturalar o‘rganilgan bo‘lsa, hozirgi postnoklassik ilmiy izlanishlarda ko‘p sifatli hislatga ega bo‘lgan, o‘zida nomuvozanat holat va kooperativ (jamoaviy) harakatni namoyon etadigan ob’ektlar tadqiq qilinmoqda.
Sub’ekt faol izlanish olib boradigan tadqiqotchi, u maxsus tadqiqot usullaridan, mavjud bilim va axborot bazasidan foydalanib ilmiy-nazariy va amaliy-tajribaviy muammolar ustida ish olib boradi.
Ilmiy tadqiqotni ko‘p bosqichli jarayon ekanligini ko‘zda tutib,uning boshqa turdagi strukturaviy modelini ko‘rsatish mumkin:
-yo‘nalish va mavzuni tanlash,uning dolzarbligini asoslash;
-tadqiqot maqsadi,vazifalari va masalalarini belgilash;
-tadqiqot rejasini tuzish,zarur usul,vositalar va ta’minot
masalalarini aniqlash;
-tadqiqotni o‘tkazish;
-tadqiqot jarayonini tavsiflash;
-tadqiqot natijalarini muhokama qilish;
-xulosa chiqarish,olingan natijalarni baholash.
Izlanishning qayd etilgan strukturaviy darajalari tadqiqotni bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan,izchil va ko‘p tomonlama hislatga ega bo‘lgan faoliyat ekanligini ko‘rsatadi.
Ilmiy bilish darajalari va shakllari
Ilmiy tadqiqotning asosan ikki-empirik va nazariy izlanish darajalari mavjud. Empirik yoki hissiy-tajribaviy bilish darajasida jonli mushohada, hissiy bilish birlamchi rol o‘ynaydi. Shu bilan birga hissiy bilish darajasidagi empirik izlanish faoliyati nazariy ko‘rsatma yoki dasturiy tamoyillar tomonidan yo‘naltiriladi, olingan ma’lumotlar qayta ishlanadi.
Demak, tadqiqotchi hissiy bilish ob’ekti va jarayoniga «aql ko‘zi» bilan qaraydi, faktlarni nazariy bilish doirasiga kiritadi. Shunday bo‘lsada, tadqiqotning boshlang‘ich bosqichida hissiy-tajribaviy bilish ustuvor vazifa va muammo bo‘lib qolaveradi.
Faktlarni yig‘ish, ularni tafsilotini berish va birlamchi umumlashtirish, kuzatish va eksperimentdan olingan materiallarni tartibga solish, tasniflash va tavfislash empirik bilishning assiy belgilari hisoblanadi.
Empirik bilish darajasida tadqiq qilinayotgan ob’ektning tashqi belgilari, o‘zgaruvchan xossalari, hissiy qabullash va jonli mushohada qilsa bo‘ladigan xossalari va tomonlari in’ikos etiladi. Bunda foydalaniladigan turli priborlar va o‘lchagichlar tadqiqotchining hissiy qabullash qobiliyatini kuchaytirgichlari rolini o‘ynaydilar. Masalan, mikroskop tadqiqotchining ko‘rish, analizator esa sezish qobiliyatini 10,100 karra kuchaytirib ma’lumot beradi.
Empirik bilish darajasida qo‘llaniladigan usullar qatoriga asosan kuzatish, o‘lchash, taqqoslash, tajriba va eksperiment o‘tkazish, tasniflash kiradi.
Nazariy bilish darajasi. Bu darajada tushuncha, tamoyil, aksioma, nazariya kabi tafakkur shakllari bilan ishlash ustuvor tadqiqot faoliyatiga aylanadi. Empirik bilish darajasida olingan faktlar, ma’lumotlar tahlil qilinadi, umumlashtiriladi, ob’ektdagi kuzatilmagan xossalar tushuntiriladi, qonun yoki qonuniyat kashf etiladi. Shu yo‘sinda mexanika, elektr xodisalari qonunlari ochilgan, mohiyati tushuntirilgan.
Ilmiy bilish shakllari: muammo, g‘oya, gipoteza va nazariya.
Ilmiy tadqiqotning ijodiy tomoni muammo, undan kelib chiqadigan masalalar va savollarni qo‘yish qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Ilmiy tadqiqot muammoni belgilashdan boshlanadi.
Muammo hal qilinishi kerak bo‘lgan murakkab nazariy yoki amaliy-texnologik masalalar majmuasidir. Muammo belilanganda biz bilishimiz kerak bo‘lgan hodisa, vaziyat haqidagi bilim masalalar shaklida qo‘yiladi va anglaniladi.
Muammo savol yoki masala tarzda tuzilgan hukmlar ketma-ketligini tashkil qilib, ulardan hosil bo‘lgan mulohazalarda biz hozirgacha bilmagan narsa (xossa, hodisa, mohiyat), uni bilish yo‘llari aniqlanadi.
Ilmiy bilishning yana bir muhim shakli g‘oyadir. G‘oya – intuitiv (nogahon) ravishda hosil bo‘ladigan ilmiy faraz va nazariyaning konseptual asosini ifodalagan bilish shakli bo‘lib, u masalani qo‘yish, tajribaviy ma’lumotlarni umumlashtirish, murakkab muammoli vaziyatni tushunish imkoniyatini beradi.
G‘oyaning asosiy vazifasi o‘rganilayotgan narsa va hodisalarni tushunish va tushuntirishga yordam berishdir. G‘oya ruhiyatda yangi fikr tarzida vujudga keladi. Paydo bo‘lish shakliga ko‘ra g‘oya ijodiy tafakkur hosilasidir. Har qanday yangi fikr, faraz, muammoni qo‘yilishi va yechimi dastlab g‘oya shaklida hosil bo‘ladi.
Gipoteza. Gipoteza faraz qilish orqali namoyon bo‘ladigan ilmiy bilish shaklidir.
Gipoteza –isbotlash kerak bo‘lgan, o‘rganilayotgan predmet xususida cheklangan faktlar asosida qilingan faraz, taxminiy fikrdir. Haqiqiy ilmiy gipoteza bir qator talablarga javob berishi lozim.
1. Fandagi oldin kashf etilgan qonunlarga zid kelmasligi kerak.
2. Gipoteza cheklangan doirada bo‘lsa ham faktik ma’lumotlarga mos kelishi lozim.
3. Gipoteza shakliy mantiqiy ziddiyatlardan holi bo‘lishi kerak.
4. Gipoteza tasdiqlash yoki rad etilishi imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. 
Keyingi izlanishlarda yangi faktlar yig‘iladi, umumlashtiriladi, natijada gipoteza tasdiqlanadi yoki rad etiladi. Tasdiqlangan gipoteza ishlab chiqiladigan nazariyani tarkibiy qismiga aylanadi.
Nazariya. Ilmiy tadqiqotning eng muhim natijasi nazariyadir. Nazariya ilmiy bilishning eng murakkab, bir butun shaklidir.
Mohiyatan nazariya ob’ektlarning sababiy aloqadorliklari, xossalari va funksiyalarini tushuntirib beradigan g‘oyalar, fan qonunlari, tamoyillari va tushunchalar tizimidir.
Nazariya darajasiga erishgan bilim tushunish, tushuntirish va va bashorat qilish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Ishlab chiqilgan nazariya asosida tadqiqotlar amalga oshiriladi, texnologik tuzilmalar loyihalashtiriladi, tadqiqot qilingan ob’ektning keyingi holati yoki o‘zgarish qonuniyati bashorat qilinadi. Shu bois, nazariyani bilish va amaliyotdagi roli, izlanishdagi metodologik ahamiyati nihoyatda katta desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bunda nazariyaning tarkibiy unsurlari – tushuncha, aksioma, tamoyil turli harakterdagi metodologik vazifalarni bajaradi.
Ilmiy tadqiqot turlari muayyan bir ketma-ketlikda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Fundamental va amaliy tadqiqotlar quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi: 1-bosqich. Tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslash va ifoda etish: – bo‘lajak tadqiqotlarga taalluqli muammolar bilan mamlakat va xorijiy adabiy manbalar bo‘yicha tanishish, uning dolzarbligini asoslash; – muammolar bo‘yicha tadqiqotlarning muhim yo‘nalishlarini belgilash va tasniflash; – mavzuni ifodalash va tadqiqot annotatsiyasini tuzish; – texnikaviy topshiriqni ishlab chiqish va ilmiy tadqiqot ishlari (ITI) umumiy kalendar rejasini tuzish; – kutilayotgan iqtisodiy yoki boshqa foydali samarani oldindan belgilash. 2-bosqich. Tadqiqotning maqsadi va vazifasini ifodalash: – mamlakat va xorijiy nashrlar bibliografik ro‘yxatini tanlash va tuzish (monografiya, darsliklar, maqolalar, patentlar, kashfiyotlar va b.), shuningdek, tanlangan mavzu bo‘yicha ilmiy-texnikaviy hisobot tuzish; – mavzu bo‘yicha manbalar va referatlar annotatsiyasini tuzish; – mavzu bo‘yicha masalalarning ahvolini tahlil qilish; – tadqiqot maqsad va vazifalarining bayonini tuzish. 3-bosqich. Nazariy tadqiqotlar: – obyekt va tadqiqot predmetini tanlash, fizik mohiyatini o‘rganish va tadqiqot topshirig‘i asosida ishchi farazni shakllantirish; – ishchi farazga muvofiq modelni aniqlash va uni tadqiq etish; – tadqiq etilayotgan muammo nazariyasini ishlab chiqish, tadqiqot natijalarini tahlil qilish. 4-bosqich. Eksperimental tadqiqotlar (tasdiqlash, to‘g‘rilash yoki nazariy tadqiqotlarni inkor etish uchun): – eksperimental tadqiqotlar maqsad va vazifalarini aniqlash; – eksperimentni rejalashtirish va uni o‘tkazish metodikasini ishlab chiqish; – eksperimental qurilmalarni va eksperimentning boshqa vositalarini yaratish; – o‘lchov usullarini asoslash va tanlash; – eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish va ularning natijalarini ishlab chiqish. 5-bosqich. Ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilish va rasmiylashtirish: – nazariy va eksperimental tadqiqotlar natijalarini taqqoslash, ularning farqlarini tahlil qilish; – tadqiqot obyekti nazariy modelini aniqlashtirish va xulosalar; – ishchi farazni nazariyaga yoki uning raddiga aylantirish; – ilmiy va ishlab chiqarish xulosalarini shakllantirish, tadqiqot natijalarini baholash; – ilmiy-texnikaviy hisobot tuzish va uni retsenziya qildirish. 6-bosqich. Joriy etish va iqtisodiy samaradorlik: – tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish; – iqtisodiy samarani belgilash.
Download 47.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling