Elektron komponentalar. Rezistorlar. Svetodiodlar. Tranzistorlar. Relelar


Download 283.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana28.12.2022
Hajmi283.91 Kb.
#1014315
  1   2
Bog'liq
resources-9



3-MA’RUZA 
ELEKTRON KOMPONENTALAR. REZISTORLAR. SVETODIODLAR . 
TRANZISTORLAR. RELELAR. 
 Reja 
1. ARDUINO platasida kontrollerlari turlari. 
2. Komponentlar umumiy tuzulishi. 
3. Komponentlarning ishlash yo‘llari. 
Tayanch so‘z va iboralar: ARDUINO platasi, mikrokontroller, asosiy bloklar, PLC 
qurulmasi, funksional sxemalar. 
Modellashtirish – moddiy olamni bilishning usullaridan biridir. Identifikatsiya tushunchasi 
tor va keng ma'noda. 
Normal ishlash tartibida identifikatsiya va aktiv identifikatsiya. Ushbu kursning vazifasi 
va tarkibi. Matematik model olamni bilish, boshqarish va oldindan aytib berishning kuchli usulidir 
Modellashtirish deganda obe'kt (sistema) ning modelini qurish va uning yordamida shu obe'ktning 
xossalarini tadqiq qilish jarayonlari tushuniladi.
Model nima uchun kerak degan savolga quyidagi javobni berish mumkin. Model 
 ob'ekt (jarayon)ning tarkibi, tuzilishi, asosiy xossalari, rivojlanishi qonunlari va 
tashqi dunyo bilan o’zaro ta'sirini tushunish uchun; 
 ob'ekt(jarayon)ni boshqarishni o’rganish va berilgan maqsad va me’zonlarda 
boshqarishning eng yaxshi usullarini aniqlash uchun; 
 ob'ektga ta'sir qilishning berilgan usullarini va formalarini ishga solishning to’gri 
va bilvosita oqibatlarini oldindan aytib berish uchun kerak.
Identifikatsiyalash lotincha identifiko so’zidan olingan bo’lib tenglashtirish, mos qo’yish 
ma’nosini anglatadi. 
Identifikatsiyalash juda ko’p soxalarda ishlatiladi. Tizimlarni boshqarish nazariyasida 
identifikatsiyalash deganda tizimga kirish ma’lumotlari va chiqish ma’lumotlarini taxlil qilish 
yo’li bilan tizim strukturasi va uning parametrlarini aniqlash tushiniladi. 
Tajribaviy tadqiqotlar natijasi bo’yicha matematik modellar aniqlash usuli 
identifikatsiyalash nazariyasining predmetidir.
Identifikatsiyalash quyidagi xususiyatlar bo’yicha sinflarga ajratiladi.
Chiziqli-nochiziqli 
Diskret-uziliksiz 
 Kirish ta’siri bitta – kirish ta’siri ko’p
 Determinanlangan jarayon – stoxastik jarayon 
 Statik jarayon – dinamik jarayon 
 Statsionar-nostatsionar 
 Aprior axborot ko’p- aprior axborot oz yoki yo’q 


Identifikatsiyalashning qiyinchilik darajasi yuqoridagilar orqli aniqlanadi: 1-tur bo’yicha 
oson, 2-tur bo’yicha qiyin. 
Tizim haqida aprior axborotlar xajmi bo’yicha identifikatsiya masalasi tor va keng 
ma’nodagi turga ajratiladi. 
(Aprior axborot- 
tajribaga asoslanmagan, faktlarga asoslanmagan, tekshirilmagan, 
tajribada ko’rilmagan, tajribadan qat’inazar ) 
Keng ma’nodagi identifikatsiya masalasi tizim haqida aprior axborotlar kam yoki mutloqo 
yo’q bo’lganda xal etiladi. Bu xolda qo’shimcha masalalar: modellar sinfini tanlash, statsionarligi, 
chiziqliligini baholash kabilarni xal etish zarur bo’ladi. Keng ma’nodagi identifikatsiya masalasi 
yeterlicha o’rganilmagan.
Tor ma’nodagi identifikatsiya masalasi tizim haqida aprior axborotlar yetarlicha keng 
bo’lganda xal etiladi. Bunda tizim strukturasi va u taaluqli bo’lgan modellar sinfi aniq deb 
hisoblanadi. Tor ma’nodagi identifikatsiya masalasiga doir juda ko’p ishlar nashr etilgan. 
 Identifikatsiyalash masalasi deb, o’rganilayotgan ob'ekt operatori F ni tajriba 
tadqiqotlari asosida shunday qurish yoki aniqlashtirish tushiniladiki, u biror-bir ma'noda 
ob'ektga yaqin F≈F
o
bo’lgan matematik ifoda ko’rinishida bo’lsin. 
Demak, identifikatsiya masalasi shundan iboratki, shunday operatori F ni tuzish kerakki, 
tashqi muxit ta’siri X ga real ob'ekt reaksiyasi qanday bo’lsa, F(X) ham xuddi shunga o’xshash 
ta’sirni ko’rsatsin, ya’ni model operatori F shunday bo’lishi kerakki, bunda U
M
~ U, U
M
=F(X) 
Indentifikatsiyalash masalasini qo’yishda va yechishda asosan 2 ta qiyinchilik mavjud 
bo’ladi. 
Birinchisi operator sinfini aniqlash va unda yechimni topish. Bunday qiyinchilikni 
xozirgi davrda to’la shaklan (formal) yechib bo’lmaydi. Chunki operator sinfini aniqlash 
bosqichida boshqarish maqsadida indentifikatsiyalash predmeti bo’lgan ob'ekt xaqidagi aprior 
axborotdan foydalanish kerak. Bu bosqich juda shakillantirilishi murakkab bo’lgan masala bo’lib, 
ko’pgina xollarda evristik usuldla yechiladi. 
Bunday yechimlarni faqat inson qabul qila oladi. 
Ob'ekt operatori qaysi sinfga tegishli ekanligini topish uchun quyidagilarni hisobga olish 
kerak: 
 Boshqariladigan ob'ekt strukturasi 
 Ob'ektni ishlash mexanizmi. 
 Boshqarish maqsadi. 
 Boshqarish algoritmi
Ikkinchi qiyinchilik qo’yilgan masalani yechishda foydalanuvchi (istemolchi) uchun eng 
kam sarf xarajat bilan yechish talab etiladi. Bu xol esa o’z navbatida indentifikatsiya algoritmini 
tanlashda ma'lum chegaralar qo’yadi. 
Birinchi qiyinchilik asosan inson qarori orqali xal etiladi, shuning uchun u shu kunda ham
mavjud, ikkinchisini kompyuter orqali xal etish mumkin bo’lgani uchun dasturiy vositalar 
takomillashib borgan sari yo’qolib bormoqda. 
Texnologik jarayonlarni identifikatsiyalash usullari aktiv va passiv turlarga ajratiladi. 
Aktiv identifikatsiyalash usuli tadqiq qilinayotgan jarayon xossasini o’rganish uchun 
oldindan maxsus rejalashtirilgan eksperiment o’tkazishga asoslangan. Passiv identifikatsiyalash 
usuli esa tadqiq qilinayotgan jarayonni normal ishlash tartibida o’rganishga asoslangan. Bunda 
zaruriy ma’lumot yig’ishga ketadigan vaqt uzayadi, lekin eksperiment o’tkazish xarajati kamayadi. 
Umuman, identifikatsiyalash 2 etapdan iborat. 1-etapda zaruriy bog’lanish xarakteri va 
unung matematik tavsifi aniqlanadi. 2-etapda bu tavsif parametrlarining muayyan qiymati 
aniqlanadi. 
1-etap strukturaviy identifikatsiyalash, 2-etap perametrik identifikatsiyalash deyiladi. 
Matematika fanida turli funksiyalarning umumiy ko’rinishlari bilan tanishgansiz, masalan,



Download 283.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling