Elektron kuchaytrigichlar, ularning klassifikasiyasi, parametrlari va xarakteristikalari. Kuchaytirgichlarning asosiy texnik koʻrsatgichlari


Download 249.12 Kb.
bet5/6
Sana17.06.2023
Hajmi249.12 Kb.
#1526698
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-ma\'ruza

A rejimda sokinlik rejimida ishchi nuqta uzatish xarakteristikasi kvazichiziq soha o‘rtasida joylashadi (7 - rasm).



a) b)
7 - rasm

Kirish signalining ikkala yarim davri uzatish xarakteristikasining kvazichiziq sohasida joylashganligi sababli nochiziqli buzilishlar eng kichik (KG 1%) bo‘ladi. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, agar ; bo‘lsa, u holda (6.8)ni o‘rniga qo‘yib, quyidagini olamiz


, (ya’ni 25 %).


V rejimda sokinlik rejimidagi ishchi nuqta tranzistorning berk holatiga mos keluvchi kvazichiziq soha chegarasida joylashadi. Tranzistor faqat musbat yarim davr mobaynida ochiq holatda bo‘ladi (6.8 – rasm).
V rejimda KG 70 % atrofida bo‘ladi. (7.1) ifodaga YeM va larni qo‘yib, quyidagini hosil qilamiz
(ya’ni 78 %).
V rejimda nochiziqli buzilishlarni kamaytirish maqsadida musbat yarim davrni, ikkinchisi – manfiy yarim davrni kuchaytiradigan, ikkita kuchaytirgichdan tashkil topgan ikki taktli sxema qo‘llaniladi.



a) b)
8 – rasm.


AV sinfi A va V sinflari oralig‘idagi holatni egallaydi va ikki taktli qurilmalarda qo‘llaniladi. Bu yerda sokinlik rejimida bir tranzistor berk bo‘lganda, ikkinchisi ochilish arafasida bo‘ladi, lekin bu holat asosiy ishchi yarim davrni kichik inersiyaga ega bo‘lgan VAX sohasiga olib chiqishga imkon yaratadi. koeffitsient A sinfiga nisbatan yuqori, KG 3 % bo‘ladi.


Emitter qaytargich

Kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti birga yaqin bo‘lgan, kirish signal qutbini o‘zgartirmaydigan va katta kirish va kichik chiqish differensial qarshilikka ega bo‘lgan kuchaytirgichlar – qaytargich deb ataladi.


Emitter qaytargich klassik sxemasi 9 – rasmda keltirilgan. Tranzistorga o‘zgarmas kirish kuchlanishi berilganda (A rejim), emitter zanjirida RE rezistorda kuchlanish pasayishini yuzaga keltiruvchi o‘zgarmas tok oqib o‘tadi. Chiqish kuchlanish Uchiq shunday o‘rnatiladiki, baza – emitter kuchlanishi ga teng bo‘lsin.
Ukir kirish signali kattalikka ortadi (kamayadi) va emitter tokini ortishiga (kamayishiga) olib keladi. Natijada UChIQ chiqish kuchlanishi qiymatga ortadi (kamayadi). Bu vaqtda chiqish kuchlanishi kirish kuchlanishi kabi ortadi, kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti esa quyidagiga teng bo‘ladi
.

9 – rasm.

Emitter qaytargichning kirish qarshiligi UE sxema va tok bo‘yicha MTA sxemalari kirish qarshiligidan farq qilmaydi va quyidagiga teng bo‘ladi


.

Chiqish qarshiligi rChIQ (RE orqali amalga oshirilgan) 100 % manfiy teskari aloqa hisobiga kamayadi. Bu holat shu sababli sodir bo‘ladiki, chiqish kuchlanishining har bir kuchayishi emitter tokini oshiradi, demak baza toki ham ortadi. Unga esa RG qarshilik ko‘rsatadi. Lekin baza zanjiridagi tok emitter zanjiridagi tokka nisbatan marta kichik bo‘ladi, shu sababli chiqish qarshiligi


.

Emitter – baza soha qarshiligini ham hisobga olsak, u holda




.

Mikroelektronikada FIK juda kichik bo‘lganligi sababli A sinfi qo‘llanilmaydi. V va AV sinfiga mansub ikki taktli kuchaytirigichlar ancha ommabop hisoblanadi. Va biz ularni o‘rganishga o‘tamiz.



Download 249.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling