Elektron ta’limni boshqaruv tizimi Moodle kurs yaratish
Dasturlarni to’liq o’chiruvchi utilita — Revo Uninstaller
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektron ta’limni boshqaruv tizimi Moodle kurs yaratish.
Dasturlarni to’liq o’chiruvchi utilita — Revo Uninstaller
Kompyuter foydalanuvchilari, bilim darajalaridan kelib chiqib, kompyuterga o‗rnatilgan dasturlarni har xil ko‗rinishda o‗chirishadi. Kompyuter bilan endi ishlashni boshlagan foydalanuvchilar, dastur o‗rnatilgan katalogni topib o‗chirib tashlashadi(SHIFT DELETE) va dastur o‗chirildi deb o‗ylashadi. Bunda, agar dastur ishlab turgan bo‗lsa, dasturning ba‘zi fayllari o‗chirilmaydi, undan tashqari dastur «ярлык«lari, reyestrdagi fayllar ham qolib ketadi. Bunday o‗chirish umuman tavsiya qilinmaydi. Kompyuter bilan biroz ko‗proq ishlagan foydalanuvchilar esa, «Установка и удаление программ» utilitasi orqali kerakmas dasturlarni o‗chirishadi. Bu usulda, asosan reyestrda fayllar qolib ketadi, hamma dasturlarda emas, lekin ko‗plarida. Reyestrni tozalash biroz qiyinroq, bilmasdan, biror faylni o‗chirib yuborsangiz, tamom operatsion tizimni qayta qo‗yishga ham to‗g‗ri kelishi mumkin. Yuqoridagi muammo yechimini har xil utilitalar yordamida hal qilish mumkin. Shunday utilitalardan biri My Unistaller deb nomlanadi. Bu utilita — Revo Uninstaller deb nomlanadi. Revo Uninstaller orqali kerak bo‗lmagan dasturlarni to‗liq va xavfsiz o‗chirishingiz mumkin bo‗ladi. Utilita orqali o‗chirilgan dastur fayllari reyestrda ham qolmaydi. Dasturni o‗rnatib, uni ishga tushiramiz va biroz kutamiz, shundan so‗ng, kompyuterga o‗rnatilgan barcha dasturlar ro‗yxati chiqadi. O‗chirish kerak bo‗lgan dastur tanlanadi va sichqonchani o‗ng tugmasini bosgan holda «удалить» buyrug‗i tanlanadi. Shunday so‗ng, o‗chirilish darajasi aniqlashtiriladi. Rasmdan ko‗rinib turibdiki, o‗chirilish 4 ta o‗chirilish darajasi mavjud. Tanlashda muammo bo‗lishi mumkin emas, to‗liq o‗chirish uchun «расширенный» punkti tanlanadi va o‗chirilish uzoq lekin to‗liq amalga oshiriladi. Utilitani ishlatib, qolgan punktlarini ishlatib solishtirib chiqishingiz mumkin. Shundan so‗ng, dasturni o‗chirilish boshlanadi va 4 ta bosqichda amalga oshiriladi. Qayta tiklash nuqtasini yaratish, dasturni tahlil qilish, dasturni o‗chirish va reyestrni tozalash. Shu orqali o‗chirilgan dastur fayllari hech qayerda qolmaydi. Bu utilita sodda va juda ixcham hisoblanadi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling