Elektron teodolitlarda ishlash tartibi. Reja


Download 1.98 Mb.
bet5/6
Sana19.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1710430
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Elektron teodolitlarda ishlash tartibi

b = v'– s'
Agar shu burchak teodolitning doira o‘ng (DO‘) vaziyatida, ya’ni ver­tikal doira ko‘rish trubasiga nisbatan o‘ng tomonda turganda o‘l­changan bo‘lsa, bu birinchi yarim priyomni tashkil qiladi. Natija to‘g‘riligiga qanoat hosil qilish uchun, hamda asbobdagi kol­li­matsion va boshqa xatolar ta’sirini kamaytirish uchun burchak ikkinchi yarim pryomda, ya’ni teodolitning doira chap (DCh) vaziyatida, ikkin­chi marta o‘lchanadi. Buning uchun ko‘­rish trubasini zenit orqali aylan­ti­rib, limbni bo‘shatib taxminan 90° ga buriladi va limb mahkamlangandan keyin b burchak yuqoridagi tar­tibda o‘lchanadi. Burchak o‘lchashning yuqoridagi ikkita yarim priyom usuli (DO‘ va DCh) bitta to‘la pryomni tashkil qiladi.
Burchakning ikkala yarim priyomida aniqlangan qiymatlari so­lish­tirib ko‘riladi. Agar qiymatlar orasidagi farq sanoq olish aniq­ligining ikkilanganidan oshmasa, o‘lchangan burchakning o‘rtacha uzil-kesil arifmetik qiymati hisoblab chiqariladi.
Agarda, burchakning ikki yarim qabuldagi qiymatlari sanoq olish aniqligining ikkilanganidan, masalan, 2T30P teodolit uchun 1' dan ko‘pga farq qilsa, burchak qayta o‘lchanadi.
2. Limb va alidadaning ”no‘llarini” to‘tashtirish usuli. Bu usulda limbning alidada “no‘llari” tutashtirilib va limb harakatlantirilib, to‘rlar markazini oldingi nuqtaga to‘g‘irlanadi va limb qotirilib, alidada bo‘shatilib teodolit aylantirilib ko‘rish nuqtasi keyingi nuqtaga vizirlanadi. Mikroskopdan sanoq o‘lchanayotgan burchak kattaligi aniqlanadi.
3. Takrorlash usuli bilan burchak o‘lchash. Limbda o‘lchanayotgan burchak kattaligini n- marotaba ketma - ket qo‘yish, bu usulning asosini tashkil qiladi. Buning uchun vizir o‘qini oldingi nuqtaga qaratib, limbdan v sanog‘i olinadi, so‘ngra alidada bo‘shatilib, ko‘rish trubasi keyingi nuqtaga qaratiladi, so‘ngra esa limb bo‘shatilib, yana oldingi nuqtaga qaraladi. Alidada bo‘shatilib, truba keyingi nuqtaga qaratiladi shu bilan birga limbda ikkinchi martta o‘lchanayotgan burchak kattaligi qo‘yiladi. Bunday o‘lchash ishlari bir necha marta takrorlanadi. Shunday takrorlashda v sanog‘ini limbdan oldingi nuqtaga qarab olingan kattalik, a sanog‘ini esa keyingi nuqtadan olingan kattalik desak, u holda o‘lchanayotgan burchak quyidagi ifoda bilan hisoblanadi:

Bu yerda a – birinchi nuqtadagi limbdan dastlabki olingan sanoq; v – keyingi nuqtadagi so‘ngi sanoq; n – takrorlashlar soni.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling