Elektron tijorat biznes samaradorligini oshiruvchi manba sifatida


Download 19.28 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi19.28 Kb.
#257914
Bog'liq
elektron tijorat


ELEKTRON TIJORAT BIZNES SAMARADORLIGINI OSHIRUVCHI MANBA SIFATIDA

Sh.Xalikulova, TFI, MKT(BHA)-70 guruh talabasi

Ilmiy rahbar: Z.Toshmatov

Elеktron tijorat faoliyati O’zbеkiston Rеspublikasining “Elеktron tijorat to’g’risida”gi 2004 yil 29 aprеldagi 613-II son Qonuni bilan bеlgilanadi va amalga oshiriladi. Elеktron tijorat Intеrnеt tarmog’idagi tijorat sohasiga oid faollikni, unda oldi-sotdini amalga oshirilishini ifodalash uchun qo’llaniladi. U kompyutеr tarmog’idan foydalangan holda xarid qilish, sotish, sеrvis xizmatini ko’rsatishni amalga oshirish, markеting tadbirlarini o’tkazish imkoniyatini ta'minlaydi.

Elеktron tijoratda savdoni tashkil qilish firmalarning raqobatini kuchaytiradi, monopoliyadan chiqaradi va mahsulotlarning sifatini oshirish imkoniyatini bеradi. Xaridorlar kundalik xayotida kеrakli mahsulotlar ichida sifatlilarini tanlashi mumkin. Chеt el firmalariga murojaat qiladi.

Istiqlol yillarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda sun’iy to‘siqlarni oldini olish maqsadida samarali tadbirlar amalga oshirildi. Qayd etish lozimki, zamon talablariga mos ravishda kun sayin yangilanib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida savdo va xizmat ko‘rsatish turlarining keng joriy etilishi – qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish bilan birga, biznesni rivojlantirishda ham muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekistonda davlat organlari va xo‘jalik subyektlari, shu­ningdek, aholining kundalik faoliya­tiga axborot-texnologiyalarining keng tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratilib davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Shubhasiz, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini hamda ular orqali ko‘rsatiladigan xizmatlarni samarali tatbiq etish ijtimoiy-iqtisodiy sohaning barcha jabhalarini, shu jumladan, biznesni rivojlantirishning asosiy omillaridan biridir. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiyoti tizimiga integratsiyalashuvi mamlakat biznesi tomonidan tegishli texnologiyalarni nafaqat tashqi, balki ichki bozorlarda ham joriy etilishini taqozo etadi.

Ta’kidlash joizki, elektron tijoratni rivoj­lantirish mamlakatimizda amalga oshiri­layotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohot­larning ajralmas bo‘lagi hisoblanadi. Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi, «Elektron to‘lovlar to‘g‘risida»gi, «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi Qonunlari mazkur yo‘nalishdagi islohotlarni amalga oshirishning muhim asosi sifatida xizmat qilmoqda. Elektron tijorat sohasining bugungi rivojlanish bosqichi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan 2015-yilda «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi Qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi bilan bevosita bog‘liqdir. Qonunning qabul qilinishi elektron tijoratning texnologik va telekommunikatsion rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish bilan birga, mahalliy xo‘jalik subyektlarining samarali faoliyati uchun qulay sharoit yaratish borasidagi tizimli ishlarning takomillashuviga olib keldi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat siyosati darajasida olib borilgan tizimli va tadrijiy chora-tadbirlar natijasida davlat organlari, tadbirkorlik subyektlari, jismoniy shaxslar va tijorat banklari o‘rtasida tezkor aloqa o‘rnatilib, masofaviy boshqaruv orqali bank hisob raqamlarini boshqarish, zamonaviy elektron ilovalar va to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yangi axborot texnologiyalari keng joriy qilingani, bu esa o‘z o‘rnida, telekommunikatsiya infratuzilmasining keskin rivojlanishida muhim omil bo‘lmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining iqtisodiyot sohasiga keng joriy etilishi ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasida tovar va xizmat ko‘rsatishdagi aloqalarning yangi rivojla­nish bosqichini boshlab berdi. Ayni paytda O‘zbekistonda elektron tijoratni xo‘jalik texnologiya jarayonlariga faol joriy etish va undan samarali foydalanish, mijozlar­ning Internet global tarmog‘i va mobil aloqa vositalari orqali interaktiv xizmat ko‘rsa­tishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Iqtisodiy integratsiya­lashuv va globallashuv sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlar, xususan, kichik biznes vakillari va tadbirkorlarning o‘z faoliyatida elektron to‘lov va elektron tijoratni joriy etishi ularning raqobatbardoshligini oshi­rish bilan birga, milliy iqtisodiyotda yuqori iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishishlari uchun xizmat qilmoqda.

Mamlakatimizda internet va mobil banking tizimlarini joriy etilishi bank uchun ham, mijoz uchun ham qo‘shimcha qulayliklar yaratdi. Jumladan, mijoz o‘z hisob-varag‘i bo‘yicha bank amallarini bankka bormasdan, Internet orqali xohlagan joyidan, xohlagan vaqtda bajarish imkoniyatiga ega bo‘lib, hisob-varag‘ining holati, mablag‘ning kelib tushishi, to‘lovlarning aks ettirilishi kabi amallar haqida ma’lumotlarni olishi mumkin. Bu esa mijozni o‘z vaqti va mablag‘ini tejashga, manzilning uzoq-yaqinligiga qaramasdan, bankni ixtiyoriy ravishda tanlashi va o‘z mablag‘larini tezkor boshqarish afzalliklarini yaratadi. Natijada bunday qulayliklardan foydalanuvchilar soni ko‘paymoqda. Hozirda axborot texnologiyalari sohasi subyektlari tomonidan elektron to‘lovlar va elektron tijoratni amalga oshirishni avtomatlashtirish imkonini beruvchi xilma-xil texnologik yechimlar taklif etilmoqda. Xususan, Internet tarmog‘ida plastik kartalar bilan to‘lovlarni amalga oshirishni imkon beruvchi dasturiy ta’minot ishlab chiqilib, joriy etildi. Internet tarmog‘ining «uz» domenida internet-do‘konlar mavjud bo‘lib, foydalanuvchilariga masofadan turib, muayyan vaqt rejimida ehtiyoj tovarlarini xarid qilish va xizmatlardan foydalanishlari uchun xizmat tashkil etilganligi keng aholi qatlamlariga bu yo‘nalishdagi imkoniyatlardan darak beradi.

Bugungi kunda respublika bank tizimida zamonaviy interaktiv xizmat turlaridan biri onlayn kreditlash turini keng miqyosda yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Adliya vazirligida 2000-yil 7-martda 907-raqam bilan ro‘yxatga olingan «Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklarini, shuningdek, kichik biznes subyektlarini milliy valutada kreditlash Tartibi»ga tegishli o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Shu o‘rinda, zamonaviy interaktiv xizmatlarini mamlakatimiz bank tizimida muhim ahamiyat kasb etayotganligini «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan mamlakatimiz bank tizimi fao-liyati yuzasidan o‘rganilgan jamoatchilik fikridan ham bilib olish mumkin. Jumladan, respondentlar mamlakatimiz bank tizimida to‘lovlarni amalga oshirishda mijozlarga qulayliklar yaratilayotganligiga, bankomat, infokiosk va boshqa o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish qurilmalari tarmog‘i faoliyatiga ijobiy munosabat bildirib, ularning qulayligini, to‘lovlar va operatsiyalar bir zumda bajarilishini mamnunlik bilan qayd etishgan.

Shu bilan birga, bank operatsiyalarini masofadan boshqarish xizmatlari — internet-banking, SMS-banking, mobil-banking xizmatlari haqida o‘z munosabatini bildirgan respondentlar ushbu qulayliklar pul mablag‘larini tezkor tarzda boshqarish va vaqtni tejash imkonini berishini, banklarga ortiqcha qatnashga ehtiyoj yo‘qligidan mamnun ekanliklarini hamda bunday qulay xizmat turlarini yanada kengaytirish zarurligini qayd etib o‘tishgan.



Xulosa o‘rnida aytish joizki, mustaqilligimizning keyingi yillarida respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar barcha banklar tomonidan tizimli amalga oshirilishi, Elektron to‘lovlar va elektron tijorat bo‘yicha axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish bank mijozlariga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatishni ta’minlash bilan birga, O‘zbekiston bank tizimining muqarrar yuksalishiga ham o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatishi shubhasiz.
Download 19.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling