Elektron tijorat. Zamonaviy biznesni avtomatlashtirish konsepsiyalari


Download 28.05 Kb.
bet1/4
Sana13.01.2023
Hajmi28.05 Kb.
#1091116
  1   2   3   4
Bog'liq
ZAKT 2


MA’RUZA № 7


ELEKTRON TIJORAT. ZAMONAVIY BIZNESNI AVTOMATLASHTIRISH KONSEPSIYALARI

Reja:
1.Kirish.
2.Web texnologiyasi dasturiy vositalari.
3.Html tili va uning operatorlari.
4.Html hujjati ctrukturasi. Rasm va multimyedia ob’yektlari.
5.Web sahifaga bir nyecha hujjatlarni joylashtirish.
6.Web sahifada jadvallar hosil qilish
7.FrontPage dastur vositasida Web sahifa yaratish.
8.Nazorat savollari.


Tayanch iboralar:
Web texnologiya, web sahifa, web sayt, web portal, brauzer, gipermatn, gipermurojaat, Html, FrontPage, Flesh, html teglari, va h.k.

Elektron tijorat faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi 2004-yil 29-apreldagi 613-II son Qonuni va 2015-yil 22-maydagi O‘RQ-385-sonli qonunida kiritilgan o‘zgartirishlar bilan belgilanadi va amalga oshiriladi. Ushbu Qonunning maqsadi etib elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solish belgilab qo‘yilgan. Ushbu qonunning 3-moddasida Elektron tijoratga quyidagi ta’rif berilgan:


Elektron tijorat - axborot tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishga doir tadbirkorlik faoliyati elektron tijoratdir.
Demak, elektron tijorat Internet tarmog‘idagi tijorat sohasiga oid faollikni, unda oldi-sotiqni amalga oshirilishini ifodalash uchun qo‘llaniladi. U kompyuter tarmog‘idan foydalangan holda xarid qilish, sotish, servis xizmatini ko‘rsatishni amalga oshirish, marketing tadbirlarini o‘tkazish imkoniyatini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2016-2018 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2016-yil 4-dekabrdagi qaroriga binoan elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan va unga binoan 2016-2018 yillar davrida quyidagi asosiy vazifalar belgilab berilgan:



  1. elektron tijorat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish;

  2. kelgusida ushbu biznes-segmentda rivojlangan mamlakatlarga yaqinlashgan darajaga erishishni nazarda tutgan holda elektron tijorat sohasida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

  3. elektron tijorat infratuzilmasini, shu jumladan telekommunikatsiyalar tarmog‘ini yanada rivojlantirish va modernizatsiyalash;

  4. tovar aylanmasini, mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, iste’mol bozori talabiga muvofiq ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish;

  5. integratsiyalashtirilgan savdo va marketing platformalarini, internet-magazinlarni, yanada takomillashtirilgan to‘lov tizimlarini, shuningdek elektron tijoratda logistika tizimini yaratish;




  1. tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, xalqaro standartlarga yo‘naltirilgan holda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash;




  1. elektron tijorat sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, tahlil qilish va qo‘llash.


Download 28.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling