Elektron tijorat. Zamonaviy biznesni avtomatlashtirish konsepsiyalari


Elektron tijoratning an’anaviy savdo turlaridan farqi


Download 28.05 Kb.
bet2/4
Sana13.01.2023
Hajmi28.05 Kb.
#1091116
1   2   3   4
Bog'liq
ZAKT 2

Elektron tijoratning an’anaviy savdo turlaridan farqi. Elektron tijoratning an’anaviy savdo turidan quyidagi harakterli xususiyatlari bilan farqlanadi:

    1. xaridor o‘ziga qulay vaqt, joy va tezlikda mahsulotni tanlash va sotib olish imkoniyatiga ega;

    2. savdo-sotiq faoliyatini ish faoliyati bilan birga parallel ravishda, ya’ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati mavjud;

    3. ko‘p sonli xaridorlarning bir vaqtning o‘zida bir nechta firmalarga murojaat qila olishi. Bu ko‘p sonli xaridorlarning aloqa vositalari yordamida sotuvchilar bilan muloqotda bo‘lish imkoniyati;

    4. kerakli mahsulotlarni tezlikda izlab topish va shu mahsulotlari bor firmalarga murojaat qilishda texnika va transport vositalaridan samarali foydalanish, mahsulotlarni bir joyga yig‘ish va ularni sotib olishda aniq manzillarga murojaat qilish. Ortiqcha vaqt va harajatlarni kamaytiradi;

    5. xaridorning yashash joyi, sog‘lig‘i va moddiy ta’minlanish darajasidan qat’iy nazar hamma qatori teng huquqli mahsulot sotib olish imkoniyati;

    6. hozirgi kunda chiqqan jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlarni tanlash va sotish imkoniyati;

    7. elektron tijorat sotuvchining mahsulotlarini (ish, xizmatlarini) sotish jarayonidagi imkoniyatini yanada kengaytiradi va yangilaydi. Endi sotuvchi mahsulotlarini sotish jarayonini tezlashtirishi, yangi va sifatli mahsulotlarni muntazam almashtirishi, mahsulotlarning aylanma harakatini tezlashtirishi kerak bo‘ladi.

Elektron tijoratda savdoni tashkil qilish firmalarning raqobatini kuchaytiradi, monopoliyadan chiqaradi va mahsulotlarning sifatini oshirish imkoniyatini beradi.
Xaridorlar kundalik hayotida kerakli mahsulotlar ichida sifatlilarini tanlashi mumkin bo‘ladi va shu bois bevosita xorij firmalariga chishi mumkin.
Virtual bank. Virtual bank – bu faqatgina Internet orqali faoliyat ko‘rsatadigan va o‘z yuridik maqomiga ega bo ‘lgan bank hisoblanadi.
Birinchi virtual bank 1995-yil noyabr oyida tashkil etilgan va SFNB (Security First Network Bank) deb nomlangan. Keyinchalik, 1996-yilda “Advance Bank”, 1999-yilda “BankDirect” va “E-bank”. Hozirgi kunda dunyoda 1000 dan ortiq virtual bank mavjud. Keyinchalik bank tizimida raqobatning kuchayishi natijasida oddiy banklar Internet-banking tizimini faol qo‘llashni boshladilar.
1998-yil 24-noyabrda Internet tizimida tovar va xizmatlar bozori ishtirokchilari o‘rtasida hisob-kitoblarni xavfsiz real vaqt oralig‘ida muntazam ravishda amalga oshirish, shuningdek xususiy pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi WebMoney Tranfer elektron to‘lov tizimi o‘z faoliyatini boshladi.
WebMoney Tranfer – bu elektron hisob tizimi bo‘lib, unda barcha foydalanuvchilar universal hisob birliklari bilan ayira boshlashlari mumkin, ya’ni WebMoney (WM) titul belgilari bilan. WM titul belgilari bilan Internet tizimida tovar va xizmatlar uchun to‘lov sifatida qabul qilinishi mumkin, undan tashqari WM titul belgilarini keng tarqalgan WM ayira boshlash shahobchalari orqali bank yoki pochta o‘tkazmalariga, boshqa titul belgilariga ayira boshlash mumkin.
O‘z kompyuterida WM Keeper mijozlik dasturiy ta’minot tizimini o‘rnatish bilan WebMoney Tranfer tizimi foydalanuvchisi maqomini oladi. Har bir WebMoney Tranfer tizimi foydalanuvchisi o‘z shaxsiy WM-hamyonni ochadi (yoki turli hildagi WM titul belgilari uchun bir necha hamyonlarni), bu hamyondan boshqa bir istalgan hamyonga tovar va xizmatlar uchun to‘lov sifatida mablag‘larni bir zumda o‘tkazishi mumkin, yoki xususiy o‘tkazmani amalga oshirishi mumkin. Bunda o‘tkazma uchun foiz – o‘tkazma miqdoridan 0,8%, biroq mutanosib ravishda 50 dollardan oshmagan holda. Titul belgilarining hisobi, saqlanishi va bir zumda bir foydalanuvchining hisobidan boshqa foydalanuvchi hisobiga o‘tkazilishi WM Keeper mijozlik dasturiy ta`minot tizimi tomonidan olib boriladi. WebMoney Tranfer tizimida moliyaviy va huquqiy kafolatni tizim garantlari ta’minlaydi.
Xavfsizlik tadbirlari majmuasi foydalanuvchilarning mablag‘laridan noqonuniy foydalanish holatlarinig oldini oladi va ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi. Maxfiy xabarlar orqali boshqa foydalanuvchilar bilan yopiq muloqot olib borish, shartnoma qismlarini muhokama qilish, to‘lovlarni sharhlab borish mumkin. Amalda ko‘rsatilganidek, WebMoney Tranfer tizimining himoyalanganlik darajasi boshqa to‘lov tizimlari nisbatan ancha yuqori hisoblanadi.
WebMoney Tranfer tizimida foydalanuvchilar o‘rtasidagi bahsli holatlarni hal etish uchun Hakamlik xizmati va foydalanuvchining xohish-istagiga qarab uning shaxsini tasdiqlovchi elektron raqamli attestatlar beruvchi WM-attestatlash xizmatlari mavjud.

Download 28.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling