Elektron tijorat. Zamonaviy biznesni avtomatlashtirish konsepsiyalari
Download 28.05 Kb.
|
ZAKT 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektron pul birliklari.
- Zamonaviy biznesni avtomatlashtirish kontsepsiyalari
- MS Project” rejalashtirish tizimi.
- Project Expert” rejalashtirish tizimi.
- Audit Expert” moliyaviy tahlil tizimi.
- Forecast Expert” bashoratlash tizimi.
- Marketing Expert” qaror qabul qilish tizimi.
- Project Questionnaire Project Risk” modullari.
- Project Expert - Biz Planner” dasturi.
Elektron pullar tushunchasi. Elektron pul – bu pul birligiga tenglashtirilgan belgilar hamda kupyura va tanga rolini bajaruvchi juda katta son yoki fayllardir. Bunday tizimning faoliyat ko‘rsatish harajatlari boshqalaridan ancha kam. Bundan tashqari, elektron pullar to‘liq anonimlikni ta’minlashi mumkin, chunki uni ishlatgan mijoz haqida hech qanday ma’lumot berilmaydi.
Elektron pul birliklari. WMY – O‘zbekiston zonasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun UZSning Y-hamyondagi ekvivalenti. WMR – rubl zonasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun RURning R-hamyondagi ekvivalenti, WMR operatsiyalarining kafili bo‘lib WebMoney Transfer ning Rossiya hududidagi vakili “BMP” MCHJ xizmat qiladi. WMZ – AQSH dollarida operatsiyalarni amalga oshirish uchun USD ning Z-hamyondagi ekvivalenti. WME – YEVRO da operatsiyalarni amalga oshirish uchun EURning E-hamyondagi ekvivalenti, WMZ va WME operatsiyalarining kafili bo‘lib Amstar Holdings Limited, S.A. xizmat qiladi. WMU – Ukraina zonasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun UAHning U-hamyondagi ekvivalenti, WMU operatsiyalarining kafili bo‘lib “Ukrainskoye Garantiynoye Agentstvo” MCHJ xizmat qiladi. WMB – Bellorusiya zonasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun BYRning B-hamyondagi ekvivalenti. WMG – 1 gramm oltinning G-hamyondagi ekvivalenti. WBC va WMD – WMZningn C va D hamyonlaridagi kredit operatsiyalari uchun ekvivalenti. Zamonaviy biznesni avtomatlashtirish kontsepsiyalari Hozirgi kunda korxona faoliyatini rejalashtrishda va uning moliyaviy holatini tahlil qilishda ko‘pgina axborot tizimlari ishlab chiqilgan, Bularga quyidagilarni misol qilib olish mumkin: MS Project, Project Expert, Audit Expert, Forecast Expert, Marketing Expert va Biz Planner. Ushbu dasturlarning imkoniyatlarini qisqacha berib o‘tamiz. “MS Project” rejalashtirish tizimi. Loyihadagi ishlarni bajarish uchun resurslar talab etiladi. Ushbu resurslar loyihaning qiymatini va uni bajarish uchun imvestisiyalarni muddatini belgilab beradi. Shu bois bu yerda ikki ko‘rinishdagi bloklar qollaniladi: personal\texnika va mablag‘. Personal resursini qiymatini aniqlashda umumiy ma’lumotlar talab etiladi, masalan, ish kuni grafigi, ish haqi (asosiy, ishdan tashqari, stavka uchun ajratilgan ish haqi va boshlar) va qo‘shimcha ma’lumotlar. Har bir ish turi uchun 5 xildagi to‘lovlar amalga oshirilishi mumkin, ya’ni bir ishchi har xil ishlarni bajarishi mumkin bo‘ladi. Ushbu tizimda loyihalarni boshqarishni endi o‘zlashtirishga kirishganlar uchun soddalashtirilgan imkoniati ham “MS Project Map” mavjud. Bundan tashqari yaratilgan fayllarni har xil formatlarda saqlash mumkin, masalan, Excel va Access formatlarida. Loyiha ishtirokchilari o‘rtasida aloqani o‘rnatish uchun elektron manzillardan (Resource Information) foydalanish joriy etilgan. Team Assign buyrug‘i yordamoda qanday ishlar amalga oshirilganini va Team Status buyrug‘i orqali ishtirokchilar bajaradigan ishlar holati kuzatilishi mumkin. “Project Expert” rejalashtirish tizimi. Ushbu tizim korxonaning moliyaviy ishlarini rejalashtirish va ularni nazorat qilish, korxona faoliyatini samaradorligini tahlil qilish kabi ishlarni bajarishga mo‘ljallangan. Unda moliyaviy hisobotlar bevosita xalqaro “International Accounting Standards“ standartiga amal qilingan holda chop etiladi. Ushbu dastur quyidagi muammolarni hal qilishga qaratilgan: korxonani moliyalashtirish sxemasini aniqlash; omillarni o‘zgartirish orqali eng maqbul moliyaviy natijaga erishish uchun kompyuterli modellashtirish jarayonlarni tashkillashtirish; tashqi muhit omillarini e’tiborga olgan holda (inflyasiya, soliqlar, valyuta kursi va boshqalar) istalgan korxona faoliyatini qadamba-qadam loyihalash; moliyaviy hisobotlarni tayyorlash (mablag‘lar harakati bo‘yicha hisobot, balans, daromad va foyda bo‘yicha hisobotlar va boshqalar) va investisiyali loyihaning biznes rejasini shaklllantirish; korxonani rivojlantirish rejasini ishlab chiqish, marketing strategiyasini yaratish, korxona strategiyasini ishlab chiqish; korxonani to‘liq tahlil qilish. Bulardan tashqari Project Expert ma’lumotlarni *.txt va *.dbf formatlarga o‘girtirib beradi. Shu bilan birga jadvallar va matnlar Word, Excel va boshqa Windows ilovalarga ko‘chirilishi mumkin. Dastur shu sohadagi boshqa dasturlar bilan ham ma’lumotlar almashuvini amalga oshiradi, masalan, MS Project, Primavera, Project Planner, Audit Expert, Marketing Expert va Sure Truck. “Audit Expert” moliyaviy tahlil tizimi. Ushbu tizim korxonaning moliyaviy holatini va uning faoliyatining natijalarini to‘liq tahlil qiladi. Tuzilgan hisobotlar xalqaro standartlarga mos kelishi bilan u barcha uchun tushunarli ko‘rinishda bo‘ladi. Tahliliy jadvallarda keltirilgan ma’lumotlar quyidagi ishlarni amalga oshirishga imkon beradi: korxonaning oldingi faoliyatini va joriy holatni batafsil tahlil qilish: korxonaning rentabellik va faolligini belgilab beradigan ko‘rsatkichlarni hisoblash; balans tarkibini baholash; balans tarkibini har xil variantlarda dinamik o‘zgarishlarini tahlil qilish. Umumiy holda 70 dan ortiq ko‘rsatkichlar orqali korxonaning moliyaviy holati tahlil qilinadi va baholanadi. “Audit Expert” dasturining asosiy imkoniyatlari quyidagilardan iborat: Balansni qayta baholash. Buxgalteriya hisobotlarini tahlil qilish va ular asosida balansni birlamchi baholashni amalga oshiradi. Ma’lumotlarni kiritish. Audit Expert dasturida ma’lumotlarni kiritish oddiy va avtomatik rejimlarda amalga oshiriladi. Avtomatik rejim – bu boshqa dasturlardan ma’lumotlarni import qilib olishni nazarda tutadi. Unda mavjud buyruqda foydalanuvchi qadamba-qadam ko‘rsatmalarga amal qilib, ma’lumotlarni istalgan formatdan yuklab olishi mumkin bo‘ladi. Grafika va diagrammalar. Jadvallarda keltirilgan istalgan ma’lumotlardan grafika va diagrammalar yaratish mumkin. Ushbu tasvirlar alohida saqlanishi va keyinchalik tahlil qilinishi mumkin. Hisobotlarni shakllantirish. Audit Expert dasturida hisobotlarni shakllantirish va ularda o ‘zgartirishlar kiritish mumkin. Hisobotlarni MS Word formatida ham saqlash imkoni mavjud. Moslashtirish. Dasturda mavjud shablonlar va ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari orqali foydalanuvchi dasturni o‘ziga moslashtirib olishi mumkin, masalan, istalgan shakldagi ma’lumotlarni qayta ishlash, istalgan tahlil usulini. Ma’lumotlar almashuvi. Audit Expert dasturida istalgan jadval MS Excel yoki shu kabi dasturlar formatiga o‘girtirilishi mumkin. Audit Expert dasturi ma’lumotlari Project Expert dasturi uchun boshlang‘ich balansni hisoblashda ishlatilishi mumkin. “Forecast Expert” bashoratlash tizimi. Ushbu tizim amaliy bashoratlashning universal tizimi bo‘lib, unda korxonaning ishlab chiqarish sohasi yoki pul mablag‘larining aylanmasi, aviachiptalarni sotilishi va shu kabi istalgan sohasi bo‘yicha bashoratlash imkoni mavjud. Bashoralash ko‘rsatilgan ehtimol darajasidagi aniqlik bilan beriladi. Unda mavsumiy parametlarini ta’sirini ham kiritish nazarda tutilgan. “Marketing Expert” qaror qabul qilish tizimi. Ushbu tizim marketing sohasida qo‘llanib kelinmoqda. Unda quyidagi masalalar yechiladi: Marketing faoliyatini audit qilish. Firmaning bozordagi holatiga baho berish, raqobatchilar bilan taqqoslash, salbiy va ijobiy jihatlarni aniqlash. Marketingni rejalashtirish. Firmaning bozordagi siyosatini optimal variantini ishlab chiqish. Bu yerda quydagi usullarni qo‘llash nazarda tutilgan: GAP-tahlil, SWOT-tahlil, Portfolio-tahlil va boshqalar. Mahsulotning rentabelliginni baholash. Mahsulot bozorining hajmini hisoblash. Mahsulot narxini hisoblash. Mahsulotlarni optimal taqsimlash. “Project Questionnaire & Project Risk” modullari. Ushbu modullar mustaqil ilova bo‘lishiga qaramay, ular Project Expert tizimini kengaytirishga ham qaratilgan. Samarali moliyaviy tahlilni o‘tkazish uchun matematik usullardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Lekin ko‘p hollarda parametrlarning ko‘pligi tufayli, sonli natijalarga erishish muammoli hisoblanadi. Shu bois, sifat nuqtayi nazar tajribalar o‘tkaziladi. Qayd etilgan modullar sifatli tahlilda qo‘llaniladi. Ekspertli baholash usullariga asoslangan ushbu modullar loyihaning har xil variantlarda baholash va uning rivojlanish shartlarini aniqlashga imkon beradi. “Project Expert - Biz Planner” dasturi. Ushbu dastur kichik va o‘rta korxonalarda investisiyalarni rejalashtirish va ularning samaradorligini aniqlashga qaratilgan. Dastur qisqa muddat ichida sifatli biznes loyihani ishlab chiqish imkonini beradi. Umumiy holda dastur yordamida quyidagi ishlarni bajarish mumkin: Davomiyligi 5 yilgacha bo‘lgan loyihalarni shakllantirish. Loyihani tanlangan valyuta birligida hisoblash. Har bir mahsulot va xizmat uchun qo‘shimcha xarajatlarni hisoblash. Har bir mahsulot uchun marketing strategiyasini mustaqil ishlab chiqish. Loyihani moliyalashtirish strategiyasini aniqlash. · Balansni tuzish, daromadlar bo‘yicha hisobot tuzish, “cash-flow” pul mablag‘larinni harakatini hisoblash. Xalqaro qabul qilingan ko‘rsatkichlar bo‘yicha hisoblashlarni amalga oshirish. Hisobotlarni bir necha tillarda tuzish. Natijalarni chop qilish yoki MS Word dasturiga uzatish. Download 28.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling