Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshorish tartibi


Download 28.9 Kb.
bet1/2
Sana16.01.2023
Hajmi28.9 Kb.
#1096497
  1   2
Bog'liq
elektron



ELEKTRON TIJORATDA BITIMLARNI AMALGA OSHORISH TARTIBI

ANNOTATSIYA
Maqolada "raqamli iqtisodiyot" toifasining ta'rifi va uni rivojlantirishga turli yondashuvlar keltirilgan. Raqamli iqtisodiyotning bir qismi hisoblangan elektron tijoratning mohiyati, tasnifi va elektron tijoratda bitimlar qay tartibda tuzilishi bo’yicha so’z brogan. Elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Kalit so’zlar: Elektron tijorat, electron savdo maydonchasi, onlayn-do'konlar, blokcheyn, electron shartnoma, IT-texnologiyalar, bitim, elektron xabar, elektron vosita, elektron hujjat.
KIRISH
So‘nggi yillarda axborot texnologiyalari va global Internet rivojlanishining sezilarli o‘sishi inson hayotining turli sohalarida yangi yo‘nalishlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Elektron tijorat xozirgi vaqtda Internet jamiyatning kundalik hayotiga yuqori tezlik bilan kirib keldi va uning ajralmas qismiga aylanmoqda.
Elektron tijorat termini juda keng tushuncha bo‘lib, unga ko‘pgina ta’riflar berilgan. Keltirilgan ta’riflarni aksariyatida internet orqali amalga oshirilgan har qanday savdoga yoki tranzaksiyaga elektron tijorat deb aytiladi.
Elektron tijorat deganda kompyuter tarmoqlari yordamida amalga oshiriladigan barcha moliyaviy va savdo operatsiyalari va bunday operatsiyalar bilan bog‘liq biznes jarayonlarini o‘z ichiga olgan iqtisodiyot sohasi tushuniladi.
Methods
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ham elektron tijoratga quyidagicha ta’rif berilgan «Axborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan shartnomaga (bundan buyon matnda elektron tijoratdagi shartnoma deb yuritiladi) muvofiq amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisi elektron tijoratdir».
Elektron tijorat elektron to‘lovlarni amalga oshirish, mijozlar va yetkazib beruvchilarni qidirish, reklama tarqatish, internet ilovalari orqali tovarlarni sotib olish va sotish kabi ko‘plab biznes operatsiyalarni bajarishga imkon beradi. Elektron tijoratning ushbu turi o‘tgan asrning 60-yillarida paydo bo‘lganiga qaramay, so‘nggi o‘n yil ichida global o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Global axborotlashtirish va arzon raqamli gadjetlarning paydo bo‘lishi aholi sonining ortib borayotganiga elektron tijoratning tezkor imkoniyatlaridan foydalanish imkonini beradi. Elektron tijoratning afzalliklari haqida quyidagilarni aytish mumkin: Vaqt va tirik mehnat xarajatlari bilan bog‘liq tranzaksiya xarajatlarining kamayishi; Xaridlarga, to‘lovlarga tezkor kirish, istalgan joydan va istalgan qulay vaqtda kirish imkoniyati; Xaridor o‘ziga qulay vaqt, joy va tezlikda mahsulotni tanlash va sotib olish imkoniyatiga ega; Savdo-sotiq faoliyatini ish faoliyati bilan birga parallel ravishda, ya’ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati; Ko‘p sonli xaridorlarning bir vaqtning o‘zida bir nechta firmalarga murojaat qila olish imkoniyati; Kerakli mahsulotlarni tezlikda izlab topish va ushbu mahsulotlar mavjud bo‘lgan korxonalarga murojaat qilishda texnika va transport vositalaridan samarali foydalanish imkoniyati; Xaridorning yashash joyi, sog‘lig‘i va moddiy ta’minlanish darajasidan qat’iy nazar hamma qatori teng huquqli mahsulot sotib olish imkoniyati; Hozirgi kundagi mavjud jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlarni tanlash va sotish imkoniyati; Elektron tijoratda savdoni tashkil qilish korxonalarning raqobatini kuchaytiradi, monopoliyadan chiqaradi va mahsulotlarning sifatini oshirish imkoniyatini beradi.
Elektron tijorat-bu onlayn sotib olish va sotish jarayoni. Bu mablag’lar va ma’lumotlar elektron tarmoq orqali uzatiladigan biznes bitimi. Shunday qilib, jismoniy va raqamli mahsulotlarning barcha turlarini sotish va xizmatlar bitimning ikki ishtirokchisi o’rtasida tashkil etiladi. Ushbu ishtirokchilarga qarab, elektron tijorat bir necha turdagi bitimlarni o’z ichiga oladi:

  • Biznes uchun biznes (B2B)

  • Mijozga biznes (B2C)

  • Mijozga xaridor (C2C)

Elektron tijorat kompaniyalar va shaxslarga ushbu ulkan bozorga qo’shilishga va har ikki tomon uchun ham katta afzalliklarga ega bo’lgan savdo modelidan foydalangan holda o’z bizneslarini rivojlantirishga imkon berdi. Ushbu biznes modelining asosiy foydasi qulaylikdir. Elektron tijorat har doim ishlaydi, kuniga 24 soat, haftaning yetti kuni. Bu shuni anglatadiki, xaridorlar ish soatlari, joylashuvga qanday etib borish va shunga o’xshash narsalarni o’ylamasdan, mahsulotni qulay deb topganda olishlari mumkin.
Results
elektron tijoratning obyektlari va subyektlari, ularning xuquq va majburiyatlari aniqlashtirildi, bitimlarni amalga oshirish va ularning ijrosini ta'minlash mexanizmlari belgilandi, elektron savdo maydonchalariga va elektron shartnomaga talablar, tovarlarni yetkazish va to‘lovlarni amalga oshirish masalalari, shartnoma shartlarini bajarishni rad etish tartibi hamda elektron tijoratda eksportni amalga oshirish xususiyatlari belgilanib berildi.
Hujjatga ko‘ra, elektron tijorat bilan amaldagi qonunchilikka muvofiq tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish xuquqiga ega tadbirkorlik subyektlari shug‘ullanishlari mumkin bo‘lib, bunda elektron tijorat bilan shug‘ullanganlik uchun qo‘shimcha ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat olinishi talab etilmaydi.
 Elektron tijoratdagi elektron hujjatlar qogʻozda rasmiylashtirilgan va oʻz qoʻli bilan imzolangan hujjatlarga tenglashtiriladi.
elektron tijoratda shartnoma taraflar oʻrtasida shartnoma shartlarini elektron hujjatlar va xabarlarni tasdiqlash yoʻli bilan kelishish orqali elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi.
Elektron tijoratda sotuvchilar quyidagilardan iborat:
Elektron savdo maydonchasida tovarlarni (ishlarni va xizmatlarni) chakana yoki ulgurji sotish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Elektron savdo maydonchasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) chakana sotish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar.
Sohada toʻlovlar quyidagi usullarda amalga oshiriladi:
Naqd pul mablagʻlari bilan;
Pul mablagʻlarini bank hisobvaragʻidan oʻtkazish orqali;
Elektron pullardan foydalangan holda.
Savdo maydonchalarining operatorlari, toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar va tovarlarni yetkazib berish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar oʻz axborot tizimlariga yoki bank hisobraqamlariga “eskrou” xizmatini joriy etishi mumkin.
Tovarlar uchun xaridor tomonidan toʻlovni amalga oshirish chogʻida “eksrou” xizmatini koʻrsatuvchi toʻlangan pul mablagʻlarini xaridor tovarlar olinganligining tasdigʻi olinguniga qadar saqlash huquqiga ega.
Agar tovar yetkazib berilmasa yoki tavsifga mos kelmasa, “eksrou” xizmatini koʻrsatuvchi pul mablagʻlarini xaridorga qaytaradi. Agar tovar xoridor tomonidan qabul qilingan boʻlsa, pul mablagʻlari sotuvchining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Maʼlumot uchun, eskrou xizmati bu moliyaviy bitim boʻlib, unda uchinchi tomon kelishuvda qatnashuvchi ikki tomon uchun zarur boʻlgan toʻlov mablagʻlari, kelishuv toʻliq amalga oshguniga qadar, oʻzida saqlash va boshqarishni oʻz zimmasiga oladi.
Bu oʻz navbatida mabagʻlarni shartli saqlash hisob raqamida ushlab turish orqali, kelishuvni yanada xavfsiz boʻlishiga imkon yaratadi. Toʻlov ishonchli kompaniyaning nazorati ostida faqat shartnomaning barcha shartlari bajarilganda ochiladigan xavfsiz hisob raqamda saqlanadi.
Quyidagilar elektron tijoratning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
elektron tijoratda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish erkinligi;
elektron tijoratda bitimlar tuzishning ixtiyoriyligi;
elektron tijoratda ishtirok etish sharoitlarining tengligi;
elektron tijorat sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
hujjatlarni, shu jumladan elektron hujjatlarni (xabarlarni) bir xillashtirish;
axborot xavfsizligini ta'minlash;
tovarlarning (ishlar va xizmatlar), tegishli sifatini ta'minlash;
elektron tijorat sohasidagi ochiqlik, shaffoflik va aniqlik.
Elektron tijoratda bitimlar ixtiyoriy asosda tuziladi.
Elektron bitim shartlari tomonlarning xohishiga ko‘ra belgilanadi, 
Elektron savdo maydonchasi - bu tashkiliy, axborot va texnik qarorlarning dasturiy-apparat majmui, shu jumladan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotish uchun axborot tizimi orqali sotuvchi va xaridorning (buyurtmachining) o’zaro xamkorligini ta’minlaydigan internet-do’koni deb belgilangan;
Elektron xabar - bu  axborotni jo’natuvchini identifikaciyalash imkonin beruvchi elektron shakld qayd etilgan axborot deb belgilangan;
Elektron vositabu elektron shaklda axborotni qayta ishlash, saqlash va uni ayirboshlashga mo’ljallangan kompyuter va (yoki) boshqa texnik asbob, shunigdek telekommunikatsiyalar tarmogi deb belgilangan;
Elektron shatnoma - bu tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisi uchun axborot tizimlaridan foydalangan holda sotuvchi va xaridor o’rtasida tuziladigan shartnoma deb belgilangan;
Elektron hujjat - bu electron shaklda qayd etilgan, electron raqamli imzo bila tasdiqlangan va electron hujjatning uni identifikatsiyalash imkonini beradigan boshqa rekvazitlarga ega bo’lgan axborot.
Discussion
"Elektron tijorat to’g’risida" gi qonunning 9-moddasiga binoan elektron hujjatlar va elektron shaklda qayd etilgan ma’lumotlar, ularning elektron manzilini (elektron xabarlar deb ataladigan) aniqlashga imkon beradi, qog’ozga asoslangan hujjatlar bilan yuridik kuchda teng deb tan olinadi, shuningdek: imzolangan va bitimlar dalili sifatida ishlatilishi mumkin. Hozirgi vaqtda O’zbekistonning amaldagi qonunlarida UNCITRAL hujjatlarida bo’lgani kabi, elektron tijorat doirasidagi qog’oz hujjatlar va elektron xabarlar o’rtasidagi tenglik belgilab qo’yilgan
Axborot texnologiyalarining global miqyosida rivojlanishi iqtisodiyot va jamiyatdagi o‘zgarishlar uchun dastakka aylandi. Bu jarayonlarning asosiy tarkibiy qismlaridan biri Internetning iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga kirib borishidir. So‘nggi paytlarda Internet orqali tijorat aloqalari doirasi sezilarli darajada kengaydi, u quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi:
– internet orqali tovarlarni sotish va sotib olish;
– elektron tarmoqlardan foydalanish orqali pul mablag‘larini o‘tkazish;
– elektron shaklda axborot savdosi va boshqalar.
Elektron tijorat zamonaviy iqtisodiyotda juda yuqori temp bilan rivojlanayotgan sohalardan biridir. Unga biror-bir kompaniyaning raqamli texnologiyalar va ular beradigan imtiyozlarga asoslangan, foyda keltiradigan faoliyati sifatida qaraladi. Yangi tijorat muhitiga jalb qilingan xaridorlar ma’lum imkoniyatlar va imtiyozlarga ega bo‘ladilar. Tashkilotlar oldida turgan vazifalar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda ancha tez va eng kam xarajat bilan hal etilmoqda.
Elektron tijoratni rivojlantirish imkoniyatlarini baholash uchun nafaqat Internet tarmog‘iga ulanish va tashkilotlarning zamonaviy komp’yuterlar bilan texnik jihozlanishi, balki veb-sayt va elektron pochta manzilining mavjudligi ham katta ahamiyatga ega. Tashkilotning shaxsiy veb-sayti elektron iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi:
– sayt tashkilot faoliyati bilan bog‘liq foydali ma’lumotlarni e’lon qiladi: tahlil va bozor yangiliklari, statistik tadqiqotlar, tendensiyalar, mijozlar bilan muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari, buning nazariy va amaliy asoslari;
– biznes, tashkilot yangiliklari joylashtiriladi;
– saytga portfolio yoki mahsulot tasviri joylashtiriladi. Iste’molchi taklif etilayotgan tovarlarni ko‘radi, bu e’lon qilingan sifatni, xususiyatlarini tasdiqlaydi, kompaniyaning professionalligini ko‘rsatadi;
– elektron shaklda axborot savdosi va boshqalar;
– sayt iste’molchiga kompaniya bilan aloqa o‘rnatish imkoniyatini beradi. Saytda taqdim etilgan yoki taqdim etilayotgan tovarlar va xizmatlar yuzasidan jamoatchilik fikrini aniqlash uchun so‘rovlar o‘tkazishi mumkin;
– reklamaga, kompaniyaning o‘ziga va mahsulotiga munosabat;
tezkor buyurtma
Ta’kidlash joizki, respublika miqyosidagi onlayn xaridlarning aksariyati mahalliy do‘konlardan amalga oshiriladi.
Xulosa:
Raqamli iqtisodiyot deganda faqatgina Blokcheyn (Blockchain) texnologiyasini va ulardan xalqaro moliya bozorlarida foydalanish masalalarini yoki kriptovalyutalarni tushunish kerak emas. Albatta, Blokcheyn texnologiyasi, kriptovalyutalar ham raqamli iqtisodiyotning bir bo’lagi. Lekin raqamli iqtisodiyot (Digital Economy) deganda, raqamli kommunikatsiyalar, IT yordamida olib boriladigan iqtisodiyot tushuniladi. Bunda, yashirin iqtisodiyotga barham berish vositasi sifatida ham qarash mumkin. Chunki birinchidan, barcha operatsiyalar elektron ro’yxatdan o’tilishiga, ikkinchidan shaffof bo’lishiga erishiladi. Qolaversa, ishlab chiqarishda yangi IT texnologiyalar qo’llanilishi tufayli mahsulot va xizmatlarning tannarxi pasayadi. Elektron tijorat bu har ikki tomon uchun ham foyda keltiradigan beznis faoliyat turi hisoblanadi. Elektron tijoratda bitimlarni har ikki tomon kelishgan holda shartnoma tuziladi va tuzulgan shartnoma qog’oz shartnoma bilan tenglashtiriladi

Download 28.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling