Elektron to’lov tizimining tahlili


Download 158.48 Kb.
bet4/5
Sana24.01.2023
Hajmi158.48 Kb.
#1116847
1   2   3   4   5
Bog'liq
Elektron pullar

Bu to’lov tizimi 2010 yilda O’zbekiston Savdo-sanoat Palatasi, ATB “Mikrokreditbank” va «Beeline» uyali telefon operatori hamkorligida yaratilgan va boshida «SMS-TO’LOV» degan nom olgan edi. Ishlash prinsipi Click.uz tizimiga o’xshash. Ushbu to’lov tizimlari orqali hozirgi kunda telefon, kommunal, internet xizmatlari, soliq, sug’urta to’lovlari, temir yo’l va avia-chiptalariga buyurtmalar berish operatsiyalarini amalga oshirish mumkin. Mamlakat hududida nnternet banking operatsiyalarini amalga oshiradigan yangi tizimlardan bitta bu WEBSUM.UZ tizimidir. WEBSUM – bu Internet tarmog’i orqali bir zumda tovar yoki hizmatlarni sotish yoki xarid qilish imkonini beruvchi elektron to’lov tizimidir.

Raqamli pullar va Internet muhiti

Raqamli pullarni Internet muhitidagi to‘lov tizimining asosi sifatida, ularga amal qilishini tashkillashtirish, xavfsizlik darajasi va hisob-kitob usuliga ko‘ra tasniflash mumkin.

Foydalanish turiga ko‘ra raqamli pullar quyidagicha guruhlanadi:

• zaruriy ma’lumotlar bilan ochiq tarzda almashinuv;

• ma’lumotlar almashinuv bosqichida shifrlangan ma’lumotlar tizimi;

• guvohnomalardan foydalanishni ko‘zda tutadigan tizimlar;

• Internet tarmog‘ida kliring tizimlari;

• raqamli naqd pullar (ShK ko‘rinishidagi);

• raqamli naqd pullar (Smart card ko‘rinishidagi).

Internetdagi oddiy savdo turi

Internetdagi oddiy savdo turi – bu turli ma’lumotlar (matnlar, grafika va boshqalar), dasturiy ta’minot va xizmatlar (masalan, xususan Internetga kirish) bilan shug‘ullanishdir. An’anaviy tarzda bunday maqsadlar uchun kredit kartochkalaridan foydalaniladi. Ammo Internetda 99,9 foiz qilinayotgan bu turdagi kichik xaridlar uchun ushbu turdagi to‘lov tizimini qulay va xavfsiz deb bo‘lmaydi. Ayni vaqtda, (qoidaga ko‘ra o‘zi umuman bilmagan va ishonishga yetarli asosi bo‘lmagan) sotuvchiga kartochkasi va o‘zi haqida, barcha raqam va amal qilish muddati, ismi va manzilgohi ko‘rsatilgan holda ma’lumotlarni taqdim qilishi kerak. Bunda xaridor o‘z kartochkasidan 1$ emas, balki undan bir necha barobar ortiq summani yo‘qotishiga tavakkal qiladi, chunki kartochka hisob raqamida, odatda, bir necha ming dollar bo‘ladi. Bunda xaridor to‘g‘risidagi ma’lumotlar istalgan odamga tarqalishi mumkin. Haqiqiy sotuvchi uchun ham bu holat noqulay bo‘lishi tabiiy hol, albatta.


Download 158.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling