jarayonlar markazi imkoniyatlaridan foydalaniladi. - Jarayonlar markazi – maxsuslashtirilgan servis tashkilot bo`lib, bank-ekvayerlaridan yoki xizmat ko`rsatish manzillaridan keladigan muallif so`rovnomalarni va tranzaksiya protokollarini qayta ishlashni ta’minlaydi. Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun jarayonlar markazi ma’lumotlar bazasini kiritadi. Bu ma’lumotlar bazasi to`lov tizimi, bank a’zolari va plastik karta sohiblari to`g`risidagi ma’lumotlarni o`z tarkibiga oladi.
- Plastik kartalar to`lov bo`yicha kreditli yoki debetli bo`lishi mumkin.
- Kreditli kartalar bo`yicha karta sohibiga ko`pincha muhlati 25 kungacha bo`lgan vaqtgacha qarz beriladi. Bularga Visa, Master Card, American Express kartalari misol bo`la oladi.
- Debetli kartalarda karta sohibining bank-emitentidagi hisobiga oldindan ma’lum miqdorda mablag` joylashtiradi. Ushbu mablag`dan xarid uchun ishlatilgan mablag`lar summasi oshib ketmasligi lozim.
- Ushbu kartalar faqatgina shaxsiy emas, balki korporativ ham bo`lishi mumkin.
- Xozirgi kunda mikroprosessorli kartalar ishlab chiqilmoqda. Ushbu kartalarning oldingilaridan asosiy farqi bu mijozning barcha ma’lumotlari unda aks ettirilgan bo`lib, barcha tranzaksiyalar, ya’ni ma’lumotlar bazasini bir xolatdan ikkinchi xolatga o`tkazuvchi so`rovnomalar, off-line rejimda amalga oshiriladi, shu bois, ular yuqori darajada himoyalangan deb e’tirof etilgan. Ularning narxi qimmatroq bo`lsa-da, telekommunikasiya kanallaridan foydalanilmaslik munosabati bilan undan foydalanish qiymati arzondir.
- Elektron to`lov tizimlarining quyidagi zaif qismlari mavjud:
- • bank va mijoz, banklararo, bank va bankomat orasida to`lov ma’lumotlarini jo`natish;
- • tashkilot doirasida ma’lumotlarni qayta ishlash.
- Bular o`z navbatida quyidagi muammolarni yuzaga keltiradi:
- • abonentlarning haqiqiyligini aniqlash;
- • aloqa kanallari orqali jo`natilayotgan elektron xujjatlarni himoyalash;
- • elektron xujjatlarining yuborilganligiga va qabul qilinganligiga ishonch hosil qilish;
- • xujjatning bajarilishini ta’minlash.
- Elektron to`lovlar tizimida axborotlarni himoyalash funksiyalarini ta’minlash maqsadida quyidagilar amalga oshirilishi kerak:
- tizimning chetki bo`g`inlariga kirishni boshqarish;
- axborotlarning yaxlitligini nazorat qilish;
- xabarlarning maxfiyligini ta’minlash;
- abonentlarni o`zaro autentifikasiyalash;
- xabarning muallifligidan voz kecha olmaslik;
- xabarning yetkazilganligini kafolatlash;
- xabar bo`yicha bajariladigan chora-tadbirlardan voz kecha olmaslik;
- xabarlar ketma-ketligini qayd qilish;
- ketma-ket xabarlar yaxlitligini ta’minlash.
- Mijoz tomonidan tanlaniladigan PIN kod quyidagi imkoniyatlarga ega:
- • barcha maqsadlar uchun yagona PIN kodni qo`llash;
- • xarflar va raqamlardan tashkil etilgan PIN kodni xotirada saqlashning yengilligi.
- PIN kodi bo`yicha mijozni identifikasiyalashtirishning ikki usuli bilan bajarish mumkin: algoritmlashgan va algoritmlashmagan.
- Algoritmlashmagan tekshirish usulida element kiritgan PIN kod ma’lumotlar bazasidagi shifrlangan kod bilan taqqoslaniladi.
- Algoritmlashgan tekshirish usulida esa mijoz kiritgan PIN kod, maxfiy kalitdan foydalangan xolda, maxsus algoritm bo`yicha o`zgartiriladi va kartadagi yozuv bilan taqqoslaniladi.
E`tiboringiz uchun raxmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |