Elektronika 1
Umumlashgan uch nuqtali generator shemai
Download 1.08 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tebranish tavsiflari
Umumlashgan uch nuqtali generator shemaiYuqorida ko‘rilgan induktiv bog‘lamali sxemalar va boshqa ko‘p mavjud bo‘lgan generatorlar sxemasi umumlashgan uch nuqtali sxema (48-rasm) deyiladiganga keltirilishi mumkin. 62-rasm O‘z-o‘zini qo‘zg‘atish shartlari bajarilishi uchun bu sxemada quyidagi talablar qondirilishi lozim: 1. X1 va Х2 qarshiliklar har xil belgilarga ega bo‘lishi kerak. 2. X1 qarshiligi absolyut qiymati bo‘yicha Х2 dan katta bo‘lishi kerak. 3. Х2 va Х3 qarshiliklar har xil belgilarga ega bo‘lishi kerak. Birinchi va ikkinchi talablar bajarilganida fazalar balansi ta’minlanadi, chunki Ub teng bo‘lgan tranzistor bazasidagi kuchlanish I[X1+X2] teng bo‘lgan kollektordagi kuchlanishga nisbatan 1800ga surilgan bo‘ladi. Uchinchi talab bajarilganida X1+X2 ga teng bo‘lgan uchinchi shoxning qarshiligi va o‘ng tomonidagi shoxning qarshiligi Х3 har xil belgilarda bo‘ladi va tebranuvchi Lcni hosil qiladi, va uning rezonans chastotasi generatsiyalanayotgan tebranishlar chastotasini ainqlaydi. Tebranish tavsiflariKuchaytirgichli bo‘g‘in uchun tokning birinsi garmonikasi KI qo‘zg‘otish kuchlanishiga Ukir bog‘lamasi tebranishli tavsif deyiladi nochiziqli elementi (tranzistorning) mavjudligi sabali kollektor tokining oniy qiymati o‘zgarmas tarkibini yog‘indisi va yuqori garmoniklar bilan aniqlanadi: I=I0+Ikimcost+Ik2mcos2t+Ik3mcost+...... Bunda I0 – kollektor tokining o‘zgarmas tarkibi, Ikim, Ik2m, Ik3m – kollektorning birinchi va yuqori garmoniklar amplitudasi. Yuklanishdagi kuchlanish (konturda) Uk tokning birinchi garmonikasi uchun konturning rezonksli qarshiligi bilan aniqlandi: Uk=IkimRэкв 63-rasm.
Tebranish tavisfi nochiziqli, chunki u nochiziqli elementiga ega kuchaytirgichli bo‘g‘in hususiyatlarini ta’riflaydi va kuchaytirgichning amplitudaviy tavsifiga o‘xshash. Tebranish tavsifi teskari bog‘lama 1/v tavsifi bilan barqarorlashgan tebranishlar amplitudasini aniqlashga yordam beradi.
Bu tranzistor bazasiga berkituvchi kuchlanish bilan bog‘liq. Qattiq rejim sharoitida teskari bog‘lama chizig‘i 1/v tebranuvchi tavsifi bilan 0,1,2,3. Nuqtalarda kesishadi. O nuqta turg‘un holatni ta’riflaydi, ya’ni kichik boshlang‘ich amplitudalarda o‘z-o‘zini qo‘zg‘onish yo‘qligi, chunki tranzistor yopuvchi siljish kuchlanish bilan berk. Uвх1 dan oshgan (nuqta2) amplitudalarda qo‘zg‘otish sodir bo‘lishi mumkin, shundan keyin amplituda oshib boradi va barqarorlashgan rejimga yotadi. Nuqta 2 generatorning beqaror holatini ta’riflaydi, chunki Uk ni kamayish tomoniga tasodifiy o‘zgarishi mos ravishda Ukir kamayishiga olib keladi, o‘z navbatida Uk ni kamaytiradi, natijada sxemadagi tebranishlar so‘nadi. Kirish signal Ukir amplitudasini birmuncha ko‘payishi (2 nuqtada) Uk ni ko‘payishiga olib keladi, bu esa nuqta 3 bilan tariflanadigan, barqarorlashgan tebranish holatiga Ukir o‘sib borishini keltiradi. Agar bunday generatorda teskari bog‘lama qiymatini v kamaytirilsa, bunda nuqta 3 га to‘g‘ri keladigan tebranishlar amplitudasida undagi teskari bog‘lama tavsfi tebranishlar tavsifiga tegsa (urilsa), bunda tebranishlar uziladi. Demak, qattiq rejimda teskari bog‘lama qiymatini kamaytirib, tebranishlar amplitudasini ravon kamaytirish mumkin emas. Bundan tashqari, tavsifi nochiziqli bo‘lgani uchun kollektor tokining shakli ancha buzilgan bo‘lishi mumkin. Biroq, generator sxemasida tebranuvchi konturni ishlatilishi kollektor tokining birinchi garmonikasini ajratishga va chiquvchi sinusoidal kuchlanishni olishga imkon yaratadi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling