Elektronika asbobsozlik
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
signallarni sinxron detektorlash usuli yordamida qayd qilishni organish
Suv bilan o‘chirish. Suv eng ko‘p tarqalgan arzon va shuning bilan birga
hamma bo‘lgan o‘t o‘chirish vositasi bo‘lib, uning bilan har qanday katta masshtabdagi va kichik miqdordagi yong’inlarni o‘chirish mumkin. Suvning o‘t o‘chirishdagi asosiy xususiyati uning ko‘p miqdorda issiqlik yutishiga asoslangan bo‘lib, u tushgan yonayotgan o‘choqning haroratini keskin
55
kamaytirib, yonmaydigan holatga olib keladi. 1 litr suvni 1 o C ga isitish uchun 4,2 kJ issiqlik sarflanadi. Demak, 1 litr suvni havo harorati 20 o C qaynash haroratigacha chiqarish uchun 335 kJ issiqlik sarflanadi. Uning parga aylanishi uchun esa 2260 kJ issiqlik sarflanadi. Bundan tashqari 1 litr suv 17000 l parga aylanishini hisobga olsak, unda yonayotgan zonadan kislorodni siqib chiqarishi hisobiga yana alanganing o‘chirishini qo‘shimcha ta’minlaydi. Suv bilan reaksiyaga kirishishi mumkin bo‘lgan moddalarni, masalan ishqoriy yer metallar: kaliy, natriylarni suv bilan o‘chirib bo‘lmaydi. Chunki bu metallar hattoki, 0 o C dan past haroratda ham suv bilan reaksiyaga kirishib suv tarkibidan vodorodni siqib chiqaradi, uning havo bilan aralashmasi portlashga xavfli aralashma hosil qiladi. Shuningdek, suv bilan kuchlanish ostida bo‘lgan elektr qurilmalarini ham o‘chirib bo‘lmaydi. Bunda o‘chiruvchi hayoti uchun xavfli vaziyat vujudga keladi. Chunki suv elektr tokini yaxshi o‘tkazadi. Bundan tashqari yonayotgan kalsiy karbidni ham suv bilan o‘chirish bo‘lmaydi, buning natijasida atsetilen ajralib chiqishi portlash xavfini vujudga keltiradi. Suv bilan o‘chirishda suvni kuchli oqim sifatida, purkash yo‘li bilan va mayda zarrachalar sifatida va shuningdek, ko‘piklantirilgan holatlarda qo‘llanilishi mumkin. Kuchli suv oqimi sifatida yonayotgan hududga yo‘naltirilgan suv birinchidan alangaga zarba beradi, ikkinchidan yonayotgan yuzani sovutadi. Bu yo‘l bilan alangalanayotgan yong’inlarni uzoqdan turib o‘chirish imkoniyatini tug’diradi. Bunday yong’inlarda yaqin kelish imkoniyati, olov tafti kuchli bo‘lganligidan deyarli bo‘lmaydi. Kuchli suv oqimi bunday yong’inga yo‘naltirilganda asosan sovutish hisobiga alanga susayadi va alanga tarmoqlari suv kuchi bilan uzib yuboriladi ammo kuchli suv oqimi bilan har qanday yong’inni ham o‘chirish imkoniyati bo‘lmaydi. Masalan, bunday usulda yengil alangalanuvchi suyuqliklarni o‘chirishda foydalanish aksincha zararli xulosaga olib keladi, chunki yengil alangalanuvchi suyukliklar kuchli suv oqimi ta’sirida katta maydonalarga tarqalib ketishi va suvdan yengil bo‘lganligi sababli suv yuzasida 56
o‘z yonishini davom ettirishi yong’inning katta maydonlarga tarqab ketishiga sababchi bo‘ladi. Agar suvni purkash yo‘li bilan ishlatilsa, bunda suv zarralarining kattaligi 0,1 mm dan kichkina bo‘lsa, unda suv zarralarining yonuvchi jismlar bilan tutashish yuzalari katta bo‘lganlari sababli yonayotgan zonadan issiqlikni yutish kattalashadi shuningdek, suv zarralari kichik hajmiga ega bo‘lganligi sababli uning buglanishi kuchayadi, bu o‘z navbatida o‘chirishning havoni siqib chiqarish omilini vujudga keltiradi va o‘chirish o‘z-o‘zidan ma’lumki, tezlashadi. Suv purkash usulida binolarning ichidagi yong’inlarni o‘chirish ham yaxshi natija beradi. Bu usul bilan xonadagi haroratni pasaytirish va tutunga qarshi kurashish mumkin. Bu usulni qo‘llashda suvni binoning yuqori qismiga purkash kerak. Purkashni shunday amalga oshirish kerakki, purkalgan suv iloji boricha ko‘proq yonish mahsulotlari bilan to‘qnashsin. Purkalgan suv zarrachalari pastga qarab yo‘naladi, ko‘tarilayotgan issiqlik bilan to‘qnashib bug’ga aylanadi va bu bug’ yo‘nalishini o‘zgartirib yuqoriga qarab yo‘naladi, buning natijasida, hosil bo‘lgan bug’ xonaning yuqori tomonini egallaydi va yonayotgan zonani bosadi. Yirikroq zarrachalar esa qizib, pastga qarab yo‘nalish davrida yonishdan hosil bo‘lgan mahsulotlar bilan birikib pastroqqa yonish o‘chog’iga yo‘naladi va bu erda parlanib yana havoning o‘rnini egallaydi. Bu bilan ajralayotgan tutunni bosimi xonani sovutadi, kislorodli havoning kirish yo‘lini bosim ortishi hisobiga kamaytiradi, bu esa yong’inni o‘chirish imkoniyatini yaratadi. Suv purkash yo‘li bilan 120 o C haroratdan yuqori haroratlarda chaqnashi mumkin bo‘lgan yonuvchi suyukliklarni o‘chirishda ham foydalanish mumkin. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling