Elektronika asbobsozlik
Bug’ yordamida o‘chirish
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
signallarni sinxron detektorlash usuli yordamida qayd qilishni organish
Bug’ yordamida o‘chirish. Ba’zi bir sanoat korxonalarida juda ko‘p
miqdorda bug’ hosil bo‘lishi mumkin. Bunday korxonalarda yong’in chiqqan taqdirda bug’dan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bug bilan o‘chirishning asosiy moxiyati, bug’ning xonalarga yuborilishi natijasida u bu xonadagi kislorodga boy havoni siqib chiqarib, uning o‘rnini egallashiga asoslangan. Bug’ning o‘t o‘chirish samaradorligi uning ma’lum bir xonaga yuborilgan miqdoriga bog’lik bo‘ladi. Bunda bug’ yonayotgan xonadagi
57
asosiy bo‘shliqlarning hammasini to‘ldirib, kislorodli havoni butunlay siqib chiqarishi kerak. Bunda hosil bo‘ladigan ortiqcha namlik o‘t o‘chirishning asosiy vositasi bo‘la olmaydi. Yuqori bosimga mo‘ljallangan vodoprovod sistemasida esa hisoblangan miqdordagi suvni stvollar yordamida binoning eng yuqori nuqtasidan kamida 10 m uzoqlikka otib berishi kerak. Bunday vazifalarni bajarish uchun vodoprovod baklarini yetarli darajadagi balandlikka o‘rnatish bilan yoki ayrim hollarda nasoslar yordamida amalga oshiriladi. Sanoat korxonalarida o‘t o‘chirish uchun kerak bo‘ladigan suvning miqdori sanoat korxonasining yong’in kategoriyasi va bu binoning o‘tga chidamlilik darajasiga va uning umumiy hajmiga qarab belgilanadi. Mashinasozlik sanoat korxonalarida yong’inni o‘chirish uchun suvning miqdori 10 l/s dan 40 l/s gacha belgilanadi. Agar vodoprovod sistemasidan yong’inni o‘chirish uchun suv olishi texnik tomonidan mumkin bo‘lmasa (masalan ichimlik suvni ingichka vodoprovod quvurlari orqali keltirilayotgan bo‘lsa) unda sanoat korxonalarini territoriyasida suv saqlovchi qurilmalar tashkil qilinadi. Bundan suv saqlovchi qurilmalarning hajmi yong’in vaqtida undan olinadigan suvning maksimal miqdori 3 soatga etadigan bo‘lishi kerak. Yong’inga qarshi qurilgan vodoprovod sistemalari aylanma vodoprovod sistemasiga suv ikkita trubopprovod bilan umumiy sistemaga ulanadi. Yong’inga qarshi gidrantlar sanoat korxonasi maydonida bir-biridan 100 m dan ortiq bo‘lmagan masofada joylashtiriladi va ular bino devoriga va ko‘chalar kesishgan joylarga 5 m dan yaqin bo‘lmasligi kerak. Ko‘pik bilan o‘chirishning asosiy xususiyati, u yengil alangalanuvchi suyuqlik yuzasini yoki qattiq jism yuzasini yupqa ko‘pik qavati bilan qoplashi natijasida, yonayotgan modda bilan havodagi kislorod o‘rtasida to‘siq hosil qiladi. Bu to‘siqning mustahkamligi ko’pikning turg’unlik xossasiga bog’liq bo’ladi chunki ko‘pik yengil alangalanuvchi suyuqlikdan ancha yengil bo’lganligi sababli uning yuzasida muxofaza qobig’i tashkil qiladi va bu qobiq suyuqlik parlari hosil
58
bo’lishiga to‘sqinlik qiladi va shuningdek, kislorod kirmasligini ta’minlaydi. Agar ko’pikning turg’unligi kam bo’lsa, unda suyuqlik yuzasida uzilish hosil bo‘lishi mumkin, ya’ni tarang tortilib turgan parda ochilib ketishi mumkin, bu esa albatta alangalanishning qaytadan boshlanishiga sharoit yaratadi. Bundan tashkari ko‘pikning issiqlik o‘tkazish xususiyati juda past bo‘lganligidan, yonayotgan yuzadan issiqlikni suyuqlik yuzasiga ta’sir etishiga to‘siqlik qiladi. Ximiyaviy ko‘piklar asosan qo‘lda ishlatiladigan o‘t o‘chirgichlarda keng qo‘llaniladi. Ularning muqim o’rnatiladigan turlari ham bor. Mexanik ko‘piklar esa 4 - 6 ko‘pik xosil qiluvchi poroshoklar yoki rastvorlarni suv va xavo bilan aralashtirilishi xisobiga ko‘pik generatorlari, ko‘pik xosil qilish stvollarida ko‘pikka aylantirib ishlatiladi. O‘chirish uchun ishlatiladigan ko‘piklarning xarakterli belgilari, ularning turg’unligi va ko‘pik hosil qilish darajasi hisoblanadi. Ko‘pik xosil qilish darajasi bu xosil bo‘lgan ko‘pikning uni xosil qilish uchun sarflanadigan moddalarga nisbatan xisoblanadi. Ko‘pik xosil qilish darajasi ximiyaviy ko‘piklar uchun 5, mexanik ko‘piklar uchun 8-12 bo‘lishi mumkin. Yuqori ko‘piruvchi mexanik ko‘piklarda bu miqdori 100 va undan katta bo‘lishi mumkin. Ko‘pikning turg’unligi esa uning katta xaroratda so‘nmasdan ma’lum vaqtgacha chidab berishi xisoblanadi. Ximiyaviy ko‘piklar suyuqlik yuzasida 1 soatgacha PO-1 yordamida olingan mexanik ko‘piklar 30 min, PO-6 yordamida xosil qilingan ko‘piklar esa 40-45 minut turg’unlikka ega bo‘lishi mumkin. Sanoat korxonalaridagi o‘t o‘chirish sistemalarining asosiy qismini suv va ko‘piksimon moddalar tashkil qiladi. Shuni xam ta’kidlash kerakki, suv va ko‘pik bilan hamma yerda va xar qanday yong’inlarni o‘chirish mumkin emas. Chunki ba’zi bir xolatlarda ximiyaviy reaksiyalar sanoat chiqindilari ta’sirida yetarli darajada unumdor ko‘pik ajratmasdan, ulardan boshqa moddalar ajralib chiqishi yong’inni kuchaytirishga olib kelishi mumkin. Ko‘pikni xilma-xil qurilmalarda xosil qilish mumkin: bular doimiy o‘rnatilgan, ko‘chirib yuborish mumkin bo‘lgan yoki xarakatlanuvchi qurilmalar va qo‘lda ishlatiladigan o‘t o‘chirgichlardir.
59
Qo‘lda ishlatiladigan ko‘pikli o‘ch o‘chirgichlar juda keng tarqalgan o‘ch o‘chirish sistemalari hisoblanadi. Ularning keng tarqalganligiga asosiy sabab, o’t o’chiruvchi moddani hohlagan vaqtda ishlatish mumkin. Uni ishlatish juda oson va uni bir odam bir necha sekund davomida ishga tayyorlashi va ishlatishi mumkin. Bundan tashqari undan ajralib chiqadigan ko‘piksimon modda oqim sifatida anchagina bosim yordamida (6-8 atm.) bir necha metr masofadagi yonayotgan zonaga (6-8 m) yo‘naltirilishi mumkin. Bu esa uni samarali ishlatish imkoniyatini beradi. Adabiyotlar: 1. I. Nigmatov «Hayot faoliyati xavfsizligi» Darslik.Toshkent.2011y. 2. O.R.Yuldashev «Hayot faoliyati xavfsizligi» Darslik.Toshkent.2014y. 3. O‘quv uslubiy majmua “Hayot faoliyati xavfsizligi”ToshdTU.2015y.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling