A sinf kuchaytirgichlar. A sinf kuchaytirgichlarda sokinlik rejimida ishchi nuqta uzatish xarakteristikaning kvazichiziqli sohasi o‘rtasida joylashadi (6.4a va b-rasmlar). Ushbu rejimda kirish signalining to‘liq davri davomida tranzistor chiqish zanjiridan tok oqadi. Nochiziq buzilishlar minimal (KG 1 %), chunki kirish signalining ikkala yarim davri uzatish xarakteristikasining kvazichiziqli sohasida yotadi. Agar (6.9) formulaga ; qo‘yilsa, FIK qiymati , ya’ni 25 % ni tashkil etadi.
a) b)
6.4-rasm. A sinf kuchaytirgichlarning uzatish (a) va o‘tish (b) xarakteristikalari.
A rejim kuchaytirgichlarda qyimati kichik bo‘lgani sababli, u kichik quvvatli kirish kaskadlarda ishlatiladi. Bunday kuchaytirgichlar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega emas, ularda KG muhim hisoblanadi.
Ikki taktli chiqish kaskadlari.
Chiqish quvvati katta ChKlarda faqat ikki taktli kuchaytirgich kaskadlar V va AV sinf rejimlarida tranzistorlarning ketma-ket ishlatiladi. Bunday kuchaytirgichlar ishlashi bilan ta’minlanadi.
V sinf kuchaytirgichlar. Ushbu rejimda ishchi nuqta tranzistorning berk holatiga mos keluvchi kvazichiziqli soha chegarasida joylashadi. Bunda tranzistor berk rejimda bo‘ladi (6.5,a va b-rasmlar). Tranzistor chiqish zanjiridan tok faqat kirish signali o‘zgarishining yarim davrida oqadi. Shuning uchun chiqish kuchlanishi sinusoidadan keskin farq qiladi, ya’ni ko‘p sonli gar-monik tashkil etuvchilarga ega bo‘ladi.
a) b)
6.5-rasm. V sinf kuchaytirgichlarning uzatish (a) va o‘tish (b) xarakteristikalari.
Hisoblashlar ko‘rsatishicha, V sinf kuchaytirgichlarda signal amplitudasiga bog‘liq bo‘lmagan holda KG 70 % ga yaqin bo‘ladi, kaskadning FIK ni 0,7 gacha olib chiqish mumkin. Shuning uchun o‘rta va katta quvvatli kuchaytirgichlarda ishlatish uchun V sinf afzalroq.
Kirish signalining musbat va manfiy yarim davrlarini kuchaytirish uchun ikki taktli sxemalardan foydalaniladi. Ikki taktli sxema har biri V sinfda ishlovchi ikkita kuchaytirgichdan iborat bo‘ladi. V sinf kuchaytirgichlarning kuchaytirilgan signallarida signal buzilishlari katta bo‘lgani sababli kuchaytirgichlarda V sinf amalda ishlatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |