Elektronika va asbobsozlik” kafedrasi «Elektronikaning fizik asoslari»


-rasm. Fermi kvazi satxlari va demarkatsion satxlarning yarimo’tkazgichning taqiqlangan zonasida joylashishi


Download 1.6 Mb.
bet24/27
Sana09.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1470195
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Elektronikaning fizik asoslar fanidan ma\'ruzalar kursi

13.2-rasm. Fermi kvazi satxlari va demarkatsion satxlarning yarimo’tkazgichning taqiqlangan zonasida joylashishi
Rekombinatsiya jarayonida energiya qanday turda ajralishiga karab rekombinatsiya mexanizmlari ikki asosiy turga bo’linadi:
a) nurlanishli rekombinatsiya;
b) nurlanishsiz rekombinatsiya.
Birinchi xolda rekombinatsiyada ajraladigan energiya yorug’lik kvantlari (fotonlar) ko’rinishida nurlanib
ketadi. Ikkinchi xolda esa rekombinatsiyalanayotgan zaryad tashuvchilarning ortiqcha energiyasi panjaraga (uyg’otilgan fononlar kurinishida) yoki biror uchinchi zarraga (elektronga yoki kovakka) uzatilishi mumkin. Shunga muvofiq ravishda nurlanishsiz rekombinatsiyaning:
a) fononlar ishtirokidagi rekombinatsiya,
b) zarbdan rekombinatsiyalanish degan turlari mavjud.
Xajmiy rekombinasiya bilan bir katorda s i r t i y (namuna satxlarida kechadigan) rekombinatsiya ham mavjuddir. Yarimo’tkazgichlarda tez va sekin sirtiy xolatlar bo’lishi ma'lum. Tez sirtiy xolatlar deb yarimo’tkazgichning sirtida taqiqlangan zonada joylashgan va erkin elektronlar xdmda kovaklarni ushlab oladigan satxlarni aytiladi. Bu satxlarning qayta zaryadlanishi — relaksatsiya vaqti nisbatan kichik bo’ladi. Sekin sirtiy uolatlar deb dielektrikning yupqa qatlamida joylashgan va o’tkazuvchanlikning sekin relaksatsiyasiga sababchi bo’ladigan erkin elektronlar va kovaklarni tutib oladigan satxlarni aytiladi.
O’tkazuvchanlik zonasi tubiga va valent zona shipiga yaqin joylashgan tez sirtiy xolatlar (markazlar) yopishish markazlari bo’ladi, taqiqlangan zona o’rtarog’idagilari esa rekombinatsiya markazlari bo’ladi. Ana shu markazlar orqali yuz beradigan rekombinatsiya sirtiy rekombinatsiya deb ataladi.
Nazorat uchun savollar.
1. Rekombinatsiya deb nimaga aytiladi?
2. Rekombinatsiya mexanizmlari nechchiga bo’linadi?
3. Sirtiy rekombinatsiya haqida nimalarni bilasiz?
4. Zonalararo rekombinatsiya nima?

14-MAVZU: Xoll-Shokli-Rid formulasi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling