Elektronika va avtomatika“ fakulteti
Download 1.07 Mb.
|
3-variant
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arduino turlari .
- Mikroprotsessor va ularni ularni ishlatish tamoyillari
Asosiy qism
Arduino — professional boʻlmagan robototexnika ishqibozlari (foydalanuvchilar) uchun dasturiy va texnik taʼminotlar yigʻindisi. Arduino mutloq ochiq arxitektura. Undagi barcha loyihalar qismlari (asosan, dasturiy taʼminot) ochiq tarqatiladi. U oʻzining platasi va IDE-dasturlash muhitiga ega. Arduino platasi maxsus oʻzida microcontroller va boshqa elektronik qurilmalarni mujassamlashtirgan elektron qurilmadir. Uning ishlatilish maqsadiga qarab hozirgi kunda bir nechta turlari mavjud. Arduino turlari . Arduino Uno ko‘rinishi Arduino Nano ko‘rinishi Arduino Mega ko‘rinishi Arduino Mini ko‘rinishi Arduino Uno platformasining texnik ko’rsatkichlari Mikrokontroller: ATmega328; • Ishlash kuchlanishi: 5 V; • Kirish kuchlanishi(tavsiya etilgani): 7-12 V; • Kirish kuchlanishi(eng yuqori): 6-20 V; • Raqamli kirish/chiqish: 14 ta • Analog kirish: 6 ta; • Kirish/chiqish orqali o'zgarmas tok: 40 mA; • 3.3 V kiritish uchun o'zgarmas tok: 50 mA; • Flesh xotira: 32 KB(ATmega328) undan 0.5 KB yuklovchi sifatida foydalaniladi; • Tezkor xotira: 2 KB(ATmega328); • EEPROM: 1 KB(ATmega328); • Chastota: 16 MGs; Mikroprotsessor va ularni ularni ishlatish tamoyillari Mikroprotsessor (MP). Bu, Shahsiy Kompyuter(ShK)dagi markaziy blok bo’lib, mashinaning barcha bloklari bajaradigan ishlarni boshqarish hamda axborot bilan arifmetik va mantiqiy operatsiyalar bajarish uchun mo’ljallangan. Mikroprotsessor tarkibiga quyidagilar kiradi: Boshqaruv Qurilmasi (BQ) – oldin bajarilgan operatsiyalarning natijalari va ayni fursatda bajarilayotgan operatsiyadan kelib chiqadigan muayyan boshqaruv signallarini (boshqaruv impulslarini) shakllantirib, mashinaning barcha bloklariga zaruriy fursatlarda uzatib boradi, bajarilayotgan operatsiyada foydalaniladigan xotira uyalarining manzillarini shakllantirib, ularni EHMning tegishli bloklariga uzatadi, mazkur boshqaruv qurilmasi impulslarning asosiy izchilligini taktli impulslar generatoridan oladi; Arifmetik-Mantiqiy Qurilma (AMQ) – sonli va belgili axborot bilan bajariladigan barcha arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan (ShKning ayrim modellarida operatsiyalar ijrosini jadallashtirish uchun AMQga qo’shimcha matematik soprotsessor ulanadi); Mikroprotsessor Xotirasi (MPX) – mashina ishining bevosita taktlarida bajarilayotgan hisob ishlarida qo’llaniladigan axborotni qisqa muddatga yozib olish va aks ettirish (uzatish) uchun xizmat qiladi. Negaki, asosiy xotira qurilmasi (AXQ) doim ham tez ishlovchi mikroprotsessor samarali ishlashi uchun zarur bo’ladigan axborot yozish, qidirish va hisoblab chiqarish tezligini ta’minlay olmaydi; Registrlar – uzunligi turlicha bo’la oladigan tez ishlovchi xotira uyalari (standart uzunligi 1 bayt ga teng va ish tezligi ancha past bo’lgan AXQ uyalaridan farq qiladi); Mikroprotsessorning Interfeys Tizimi – ShKning boshqa qurilmalari bilan ulanib, aloqa bog’lashni ta’minlaydi; o’z ichiga MPning ichki interfeysi va xotirada saqlovchi bufer registrlarni hamda kiritish-chiqarish portlari (KChP) va tizim shinasini boshqarish sxemasini mujassam etadi. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling