Elektronika va elektr o texnika


Ferrodinamik o‘lchash asboblari


Download 1.05 Mb.
bet2/3
Sana02.02.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1146381
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
Ferrodinamik o`lchov qurilmalari

Ferrodinamik o‘lchash asboblari

Ferrodinamik asboblar elektrodinamik asboblarining bir turi bo‘lib, ularda magnit maydonini kuchaytirish uchun qo‘zg‘almas g‘altak chulg‘amlari elektrotexnik po‘lat plastinkalar tarzida yig‘ilgan magnit o‘tkazgichda joylashtiriladi.


Ferrodinamik asboblarining afzalliklari – aylantiruvchi momentning kattaligi, tashqi magnit maydoni ta’sirining va quvvat iste’molining kamligidir.
Kamchiliklari– magnit o‘tkazgich mavjudligi tufayli aniqligi nisbatan past, chastota va harorat o‘zgarishiga sezgirligi nisbatan yuqori. Ferrodinamik asboblar aylantiruvchi moment ikatta bo‘lganligi sababli ular o‘ziyozar asboblarda keng
qo‘llaniladi. Chunki bunday asboblarda yozuvchi peroning qog‘ozga ishqalanishini
engish uchun ancha katta moment talab qilinadi. Ferrodinamik asboblar o‘zgaruvchan tok zanjirlarida qo‘zg‘almas va ko‘chma ampermetr, voltmeter va vattmetrlar sifatida ishlatiladi. Elektrodianmik va frrodinamik logometrlar amaliyotda faza siljishi, chastota, sig‘im, induktivlik va ko‘pgina noelektrik kattaliklarni o‘lchashda keng foydalaniladi.
Elektrodinamik va ferrodinamik vattmetrlar. O‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok zanjirlarida quvvatni o‘lchash uchun elektrodinamik va ferrodinamik vattmetrlar keng qo‘llaniladi. Buning uchun asbobning qo‘zg‘almas g‘altagi zanjirga ketmaket, qo‘zg‘aluvchan g‘altak esa unga ketma-ket ulangan qo‘shimcha qarshilik Rq bilan birga zanjirga parallel ulanadi. Vattmetr o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok zanjirlariga ulanganda tok va kuchlanish g‘altaklarining qutblariga e’tibor beriladi. Shu maqsadda g‘altaklarning tegishli qismalari yulduzcha bilan belgilanadi. Bu qismalar asbobning generator qismalari deb ataladi va ular zanjirning manbasiga ulanadi.
Ferrodinamik vattmetrlar ham zanjirga xuddi elektrodinamik vattmetrlar singari ulanadi. Ularda kuchli magnit maydoni hosil qilinganligi tufayli tashqi maydonning ta’siri deyarli sezilmaydi. Lekin gisterezis hodisalari asbobning metrologik tavsiflarining yomonlashishiga olib keladi.


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling