Elektronika va sxemalar fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 0.88 Mb.
bet1/15
Sana24.12.2022
Hajmi0.88 Mb.
#1060198
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
-6jubiWXR1LtJnc38dZCpBVFlOcyIpiy




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI
KOMPYUTER INJINIRINGI YO’NALISHI
KI-11-21S-GURUH TALABASI
Qudratov Shavkatning
ELEKTRONIKA VA SXEMALAR
FANIDAN TAYYORLAGAN

MUSTAQIL ISHI-7



Bajardi: Qudratov.Sh

Qabul qildi:
Qarshi – 2022.

1-Mavzu:Ideal diodning matematik modeli.


2-Mavzu:Shotki barerli diodlar.
3-Mavzu:n-p-n va p-n-p BTlarning ishlash mexanizmi va tuzilishi.
Sxemada belgilanishi.
4-Mavzu:BT tuzilmalarining energetik diagrammalari.
5-Mavzu:Tiristor tuzilmasi va ishlash mexanizmi.
6-Mavzu:Tiristor-tranzistorli ekvivalent sxemasi.

1-Mavzu:Ideal diodning matematik modeli.


Reja:
1.Ideal diodlar haqida.
2.Matematik ta’rifi.


Yarimo‘tkazgich diod deb bir (yoki bir necha) elektr o‘tishlarga ega ikki 
elektrodli elektron asbobga aytiladi. Diodlar radioelektron qurilmalarda ishlatilishi 
va bajaradigan vazifasiga muvofiq tasniflanadilar. 
Barcha yarimo‘tkazgich diodlarni ikki guruhga ajratish mumkin: 
to‘g‘rilovchi va maxsus vazifalarni bajaruvchi. To‘g‘rilovchi diodlar o‘zgaruvchan 
tokni o‘zgarmas tokka o‘zgartirish uchun qo‘llanadi. To‘g‘rilanuvchi tok shakli va 
chastotasiga bog‘liq holda ular past chastotali, yuqori chastotali va impuls 
diodlarga ajratiladi. Maxsus vazifalarni bajaruvchi diodlarda p-n o‘tishlarning 
turli elektrofizik xususiyatlaridan, masalan, teshilish hodisalaridan, fotoelektrik 
hodisalardan, manfiy qarshilikka ega sohalari mavjudligidan va boshqalardan 
foydalaniladi. Maxsus vazifalarni bajaruvchi diodlar, xususan, o‘zgarmas 
kuchlanishni barqarorlash, optik nurlanishni qayd etish, elektr sxemalarda 
signallarni shakllantirish va boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladi.
12.1 – rasm.
Yarimo‘tkazgich diodlarning elektr sxemalarda shartli belgilanishi 12.1 a - 

rasmda, uning tuzilmasi ko‘rinishi b – rasmda keltirilgan. Rasmlarda diodning 


chiqishlari A va K ko‘rsatilgan bo‘lib, ular diodning elektrodlari deb ataladi. 
Diodning p – tomoniga ulangan elektrod anod deb, n – tomoniga ulangani esa – 
katod deb ataladi. Diodning statik VAXi v – rasmda keltirilgan. 
YArimo‘tkazgich diodning to‘g‘ri va teskari yo‘nalishlaridagi qarshiliklari 
bir – biridan keskin farq qiladi: to‘g‘ri yo‘nalishda siljitilgan diodning qarshiligi 

qiymati kichik, teskari siljitilgan diodniki esa – katta bo‘ladi. Shu sababdan diod 


bir tomonga elektr tokini yaxshi o‘tkazadi, ikkinchi tomonga esa – yomon 
o‘tkazadi. 
Diodni asosiy parametrlari: 
1. Statik qarshilik
YUqorida aytib o‘tilanidek, uncha katta bo‘lmagan teskari kuchlanishlarda I
qiymati katta emas. Teskari kuchlanish ma’lum chegaraviy qiymatga U
etganda, teskari tok keskin ortib ketadi, o‘tishning elektr teshilishi yuz beradi. 

O‘tishning teshilish turlari ikki guruhga bo‘linadi: elektr va issiqlik. Elektr


teshilishining ikki mexanizmi mavjud: ko‘chkisimon va tunnel teshilish. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling