Elektronika va sxemalar fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


P-n o‘tishning teshilish turlari


Download 0.88 Mb.
bet12/15
Sana24.12.2022
Hajmi0.88 Mb.
#1060198
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
-6jubiWXR1LtJnc38dZCpBVFlOcyIpiy

P-n o‘tishning teshilish turlari. Yuqorida aytib o‘tilganidek, uncha katta bo‘lmagan teskari kuchlanishlarda I0 qiymati katta emas. Teskari kuchlanish ma’lum chegaraviy qiymatga UChEG yetganda, teskari tok keskin ortib ketadi, o‘tishning elektr teshilishi yuz beradi.
O‘tishning teshilish turlari ikki guruhga bo‘linadi: elektr va issiqlik. Elektr teshilishining ikki mexanizmi mavjud: ko‘chkisimon va tunnel teshilish.


Ko‘chkisimon teshilish nisbatan keng p-n o‘tishlarda sodir bo‘ladi. Bunday o‘tishda teskari kuchlanishda elektron va kovaklar zarba ionizatsiyasi uchun yetarli bo‘lgan energiya oladilar va natijada qo‘shimcha elektron-kovak juftlar hosil bo‘ladi. Bu juftliklarning har bir tashkil etuvchisi, o‘z navbatida, elektr maydonida tezlashib, yana yangi juftlikni yuzaga keltiradi va x.z. Zaryad tashuvchilarning bunday ko‘chkisimon ko‘payishi natijasida o‘tishdagi tok keskin ortadi.
Tor p-n o‘tishga ega bo‘lgan yarim o‘tkazgichlarda tunnel effektiga asoslangan tunnel teshilish sodir bo‘ladi. UTES  UChEG yetganda zaryad tashuvchilarning bir sohadan ikkinchisiga energiya sarf qilmasdan o‘tishiga imkon yaratiladi (tunnel effekti). UChEGning yanada ortishi bilan shuncha ko‘p zaryad tashuvchilar tunnel o‘tishi sodir etadilar va teskari tok keskin ortib boradi.

5-Mavzu:Tiristor tuzilmasi va ishlash mexanizmi.


Reja:
1.Tiristor tuzilmasi haqida.
2.Ishlash mexanizmi.
Tiristor tuzilishi va ishlash prinsipi
Tiristor dinistorga o‘xshash tuzilmaga ega bo‘lib, baza sohalaridan biri oshqaruvchi bo‘ladi. Agar bazalardan biriga boshqaruvchi tok berilsa, mos tranzistorning uzatish koeffitsienti ortadi va tiristor ulanadi.


Boshqaruvchi elektrod (BE) joylashgan sohasiga m os ravishda tiristorlar katod bilan va anod bilan boshqaruvchilarga ajratiladi. BElam ing joylashishi va tiristorlarning shartli belgilanishi 6-rasm da keltirilgan

.6-rasm . Katod (a) va anod (b) orqali boshqariluvchi tiristor tuzilmasi va shartli belgilanishi.




BE ga signal berilganda yopiluvchi tiristorlar ham m avjud. Bunday tiristorlarning BE toki tiristor uzilayotganda asosiy kommutatsiyalanayotgan tokka qiymat jihatdan yaqinlashgani uchun chegaralangan hollarda qo’laniladi. Tiristorning ulanish sxemasi va VAXsi 5.7-rasmda keltirilgan. Tiristorning dinistordan farqi shundaki, ulanish kuchlanishi BE zanjiridagi tokni o‘zgartirib rostlanadi. Shunday qilib, tiristor ulanish kuchlanishi boshqariladigan dinistorga ekvivalent.

7-rasm . Tiristorning ulanish sxemasi (a) va VAXi (b)


Tiristor ulangandan so‘ng BE boshqarish xususiyatini yo‘qotadi, natijada u yordamida tiristorni o‘chirib bo‘lmaydi. Tiristorning o‘chirish sxemalari dinistornikidek. Dinistor va tiristorlarning asosiy statik parametrlari quyidagilardan
iborat:
— ruxsat etilgan teskari kuchlanish 
— berilgan to‘g‘ri tokda ochiq holatdagi asbobdagi kuchlanish Pasayishi , ;


— ruxsat etilgan to‘g‘ri tok Dinistor va tiristorlar asosan o‘zgarmas va o'zgaruvchan toklarni qayta ulovchi sxemalarda elektron kalit sifatida qo‘llaniladi.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling