Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Karkas. U o‘ram uchun asos bo‘lib xizmat qiladi va o‘ram-
ning mexanik mustahkamligi va bikirligini, chiqishlar va o‘zak- ning mahkamligini hamda shassiga qulay mahkamlanishini ta’minlashi kerak. Karkas uchun material induktivlik g‘altagiga qo‘yilayotgan talablardan kelib chiqqan holda tanlanadi, ya’ni karkas dielektrigidagi yo‘qotishlarning ruxsat etilgan qiymati va tashqi ta’sirlar (temperatura, namlik va boshqalar) natijasida karkas geometrik o‘lchamlari o‘zgarishi. Katta quvvatli tebranma konturlarda ishlatiladigan induktivlik g‘altaklari yana elektr jihati- dan ham mustahkam bo‘lishi talab qilinadi. 163 Induktivlik g‘altaklari konstruksiyasi va karkas o‘lchamlari turlicha bo‘lishi mumkin. Karkaslar yuqori chastotali press kukunlar, keramika, polistirol va yuqori chastotali dielek- triklardan tayyorlanadi. Keramikadan yasalgan yig‘ma karkaslar glazur yordamida yopishtiriladi, so‘ngra kuydiriladi. Keramik karkaslar uchun radiofarfor, ultraradiofarfor va steatit qo‘lla- niladi. Karkasdagi kanavkalar o‘ramlarni siljishiga olib keladigan mexanik ta’sirlarni kamaytirish natijasida induktivlik barqaror- ligini oshirishga olib keladi. Kanavkali karkaslarda o‘ramlar uchun yo‘qotishlarning ortishiga olib keladigan misli kumushlangan izo- latsiyasiz simlar qo‘llaniladi. Sim chiqishlarini mahkamlash uchun karkasda yoki tirqish, yoki montajli lepestok hosil qilinadi. O‘ram. O‘rta va uzun to‘lqin diapazonida ishlaydigan g‘altaklar, odatda, linsentrat sim, qisqa to‘lqinli g‘altaklar uchun esa bir tolali emallangan simlar qo‘llaniladi. Linsentrat — bu iðak bilan izolatsiyalangan, emal bilan qoplangan diametri 0,07—0,2 mm bo‘lgan katta miqdordagi (7 tadan 119 tagacha) mis simlardan o‘ralgan o‘ram. Ekran. Ba’zi alohida tizimlar orasidagi parazit aloqalarni va tashqi magnit maydonlar ta’sirini kamaytirish maqsadida, in- duktivlik g‘altaklari berk metall elektr o‘tkazuvchi ekranlar bilan himoyalanadi. O‘zgaruvchan magnit maydoni ta’sirida ekranda uyurma toklar induksiyalanadi. Ular o‘z navbatida dastlabki maydonga qarama-qarshi yo‘nalgan magnit maydon hosil qiladilar. Natijada g‘altak tashqi magnit maydonining ta’siri sustlashadi. Ekran materialining solishtirma elektr qarshiligi qancha kichik bo‘lsa, bu maydon shuncha katta bo‘ladi. Ekran ta’sirida yo‘qotishlar va g‘altakning xususiy sig‘imi ortadi, induktivligi esa kamayadi. 164 Ekran tayyorlashda kichik elektr qarshilikka ega bo‘lgan mate- riallar — mis, latun va aluminiy qo‘llaniladi. Radio qabul qilgich va uzatish qurilmalarida ko‘pincha induktivligi boshqariladigan g‘altaklar qo‘llaniladi. Chunki ular keng diapazon polosasida tebranma konturni sozlovchi asosiy qism hisoblanadilar. Bunday g‘altak o‘ramlarining bir qismi katta diametrli o‘zakka, qolgan qismi esa — kichik diametrli karkasga o‘raladi. Kichik g‘altak kattasining ichiga joylashtiriladi va o‘qi katta g‘altak o‘qiga perpendikular joylashgan valikka mah- kamlanadi, o‘ram chiqishlari esa ketma-ket ulanadi. Valik bural- ganda g‘altaklarning o‘zaro ta’siri o‘zgaradi va natijada induk- tivlik ham o‘zgaradi. Download 4.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling