Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Yuqori chastota induktivlik g‘altaklari
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
8.3. Yuqori chastota induktivlik g‘altaklari
Yuqori chastota induktivlik g‘altaklari chulg‘am ko‘rinishida ishlanadi va yuqori chastotali elektromagnit maydonni to‘plashga mo‘ljallanadi. Chastotalar diapazoniga qarab induktivlik g‘altak- lari uzun to‘lqinli — UT, o‘rta to‘lqinli — O‘T, qisqa to‘lqinli — QT va ultraqisqa to‘lqinli — UQT bo‘ladi va shunga bog‘liq holda ularning konstruksiyasi shakllari, ishlab chiqarish materiali va texnologiyasi tanlanadi. Vazifasiga qarab kontur induktivlik g‘altaklari, aloqa g‘altak- lari, variometrlar va yuqori chastota drossellarga bo‘linadi. Tuzilishiga ko‘ra g‘altaklar karkassiz yoki karkasli, o‘zakli yoki o‘zaksiz, ekranli yoki ekransiz, bir qatlamli yoki ko‘p qatlamli, silindrsimon, yassi yoki toroidal, texnologik ishlani- shiga qarab esa kuydirilgan, o‘ralgan, bosma va yupqa pardali bo‘lishi mumkin. Yuqori chastotali induktivlik g‘altagi nostandart buyum bo‘- lib, alohida hol uchun ularning konstruksiyasi berilgan elektr parametrlari bo‘yicha hisoblab chiqiladi. Bu parametrlarning asosiylari nominal induktivlik, induktivlikning ruxsat etilgan chetlanishlari, asillik, temperaturaga barqarorlik va xususiy sig‘imdan iborat. G‘altakning nominal induktivligi u qo‘llanilayotgan to‘lqin- lar diapazoniga bog‘liq. UQT g‘altaklari uchun induktivlik mikro- genrining o‘ndan, yuzdan bir ulushlariga, qisqa to‘lqin va o‘rtacha to‘lqin g‘altaklari uchun — bir va yuzlab mikrogenri, uzun to‘lqin g‘altaklari uchun esa — birlik genrilarni tashkil etadi. Qandaydir zanjirlarda yuqori chastota tokini kamaytirishga mo‘ljallangan drossel induktivligi o‘nlab mikrogenrini tashkil etadi. 167 Cheksiz uzun solenoid (g‘altak) yoki toroid g‘altak induk- tivligi (mk Gn) l N D L / 10 3 2 2 2 formula orqali hisob- lanadi (bu yerda, D — karkas diametri (sm); l — o‘ram uzunligi (sm); N — o‘ramlar soni). Amalda g‘altak o‘ramining diametri va uzunligi bir-biriga yaqin bo‘ladi, natijada ularning magnit maydoni to‘la berk bo‘lmaydi va magnit energiyaning bir qismi fazoga tarqaladi. Buni hisobga olish uchun keltirilgan formulaga sochilish koeffitsiyenti kiritiladi: 3 2 0 3 2 2 3 2 2 2 10 10 ) / ( / 10 DN L DN l D k l N D k L , bu yerda L 0 — g‘altak shakli, ya’ni l/D nisbatga bog‘liq bo‘lgan o‘lchamsiz koeffitsiyent. Bir qatlamli g‘altaklar uchun L 0 koef- fitsiyentning l/D ga bog‘liqligi 8.1-rasmda ko‘rsatilgan. 8.2- 8.1-rasm. Bir qatlamli g‘altaklar uchun L 0 koeffitsiyentining l/D nisbatga bog‘liqligi. L 0 L 0 3 5 7 9 11 13 15 17 19 0,1 0,2 0,3 0,4 0,5 0,6 0,7 0,8 0,9 1 2 3 4 5 6 7 8 9 168 rasmda shunga o‘xshash bog‘lanish ko‘p qatlamli g‘altaklar uchun keltirilgan. Bundagi bog‘lanish l/D nisbatning o‘zgari- shiga moslab berilgan, bu yerda t — chulg‘amning chuqurligi (qalinligi) (sm); t D D 2 0 — chulg‘amning tashqi diametri (sm); D 0 — chulg‘amning karkas diametriga teng bo‘lgan ichki diametri (sm). Induktivlik uchun ruxsat etilgan chetlanishlar g‘altak qan- day ishga mo‘ljallanganligiga bog‘liq. Masalan, kontur g‘al- takning induktivlik uchun ruxsat etilgan chetlanishlar (0,20,5)% ni, bog‘lanish g‘altagi va yuqori chastota drosseliniki (1015)% ni tashkil etadi. Kontur g‘altaklarini tayyorlashda qo‘shimcha choralar ko‘rmasdan turib, bunday aniqlikka erishish mumkin emas. Aytaylik, yaxlit bir qatlamli g‘altak diametri 5 mm bo‘lsin. Shuningdek, ma’lumki, induktivlikdagi xatolik g‘altakning geo- Download 4.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling